Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo O’qitish Metodikasi yo’nalishi 4- bosqich 01\19 gurux talabasi


Kimyo O’qitishning illyustrativ tushuntirish


Download 135.78 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi135.78 Kb.
#1402501
1   2   3   4
Bog'liq
Dilshoda

1. Kimyo O’qitishning illyustrativ tushuntirish.

Illyustrativ usuli ham tayyor bilimlar usuli hisoblanadi. Uning dogmatik usulidan farqi shundaki o’qituvchi o’quv matеrialini dalil-isbot, ko’rgazmali qurol bilan bayon etadi. O’qitishning ilyustrativ metodi o’qituvchi o’quvchiga tayyor bilimlarni tushintirib, har xil xususiy metodlarni qo’llaydi. Ular: o’qituvchining tushuntirishi,darslik bilan ishlash, magnitafon va hakozolar bilan ishlash. Bunday ko’rgazmalar eksperiment, modellar, ekran qo’llanmalari tablisalardan foydalaniladi.O’qituvchi laboratoriya tajribalarini ko’rsatib tushuntirib beradi.Ilyustrativ metodda o’qituvchi ayrim amaliy mashg’ulotlarni bajarish texnikasiva metodikasini bajarish tartibini qo’llaganda ham foydalanadi. Bu metod o’quvchilarda minimum bilimlar zapasi yig’ilgach kengroq qo’llaniladi.O’quvchilarda amaliy o’quv ko’nikmalarini shakllantirish, tajribalarni bajarib ko’rsatish texnikasini shakllantirishda M: probirkaga eritmani qo’yish, qoshiqchadagi eritmani bo’g’latish kabilarda tushuntirib ko’rsatish amalga oshiriladi. O’qitishning illyustrativ metodi – kimyo kursining boshlang’ich qismida ko’p qo’llanadi. Bu davrda o’quvchilarda ko’nikma va malakalar yetarli bo’lmaydi. Shu davrda o’qituvchi tajribalarni o’zi ko’rsatib tushintirib beradi.Bu metoddan o’quvchilar tajribalarni mustaqil bajarib izohlab berishda ham keng foydalaniladilar.O’qitishning evristik metodi - o’quvchilarning o’zlari qiladigan ish asosida tuziladi, talabalar bevosita o’qituvchining faol ishtiroki ostida kashfiyot qiladilar. Bu metodning «evristik» degan nomi «tadqiqot» metodi degan so’zdan kelib chiqqan.Masalan, galogenlar xossalarining chog’ishtirma tavsifi mohiyatini aniqlashda qo’llaniladi. Bu davrda o’quvchilar galogenlarning xossalarni chog’ishtirib izohlashini o’qituvchi tartibga solib turadi. Masalan, kaliy yodid eritmasiga kraxmal kleystrini qo’ysak rang sezilmaydi, alohida xlorli suvga kraxmal kleystrini qo’shsak yana rang o’zgarishi sezilmaydi. Uch komponentni birgalikda qo’shib aralashtirsak kraxmal ko’k tusga kiradi. Sababini esa talabalar o’zlari izohlab berishlsri lozim. Bu qisman izlanuvchanlikdir. Izlanuvchanlik metodi mustaqil ishlash, mustaqil izlanishning bir turi bo’lib hisoblanadi. O’quvchi nazariy bilimlar to’g’riligini amalda sinab ko’radi. Masalan,eksperimental masalalar yechishda bu metoddan foydalaniladi.Klassifikasiyalash asosiy xarakterga (nisbiy xarakter) ega. Amaliyotda metodlarning bir nechtasidan bir vaqtda foydalaniladi. Ular o’zaro bog’liqlikka ega. O'qitish usulini o'qituvchining o'zi tanlaydi va undan foydalanadi. Dars jarayonida o'qituvchi shaxsi o'qitishning muhim omili hisoblanadi. Ayniqsa, o'qituvchi shaxsiyati o'quvchilarni tarbiyalashning asosi hisoblanadi. O'qitish usullari juda ko'p va xilma-xil bo'lib, ular yildan yilga ko'payib bormoqda, takomillashmoqda. O'qitishning yangi vositalari yaratilmoqda. Jamiyatning madaniy darajasi oshishi bilan o'quvchilar ongining rivojlanish darajasi oshib bormoqda. Shuning uchun metodbrni sistemaga solish va sinflarga ajratish zaruriyati kelib chiqmoqda. Quyidagi belgilariga asosan o'qitish usullari tizimini yaratish mumkin. 1. O'quvchilarning fikrlash faoliyati xarakteri bo'yicha illyustrativ-tushuntirish, evristik, tekshirish usullari. 2. Bilimlar manbalarining turi bo'yicha: og'zaki so'zlab berish, ko'rgazmali vositalar asosida so'zlab berish. 3. O'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari shakli bo'yicha: ma'ruza, suhbat, tushuntirish, mustaqil ish, dasturli o'qitish. 4. O'quvchilar ta'lmni amalga oshirish bo'yicha: yangi pedagogik texnologiyalar. O'qitishning turli umumiy metodlarida o'qituvchi va o'quvchilarning faoliyatlari xususiyatlarini ko'rib chiqamiz. Illyustrativ - tushuntirish usulida o'qituvchi o'quvchilarga turli metodlardan foydalanib, masalan, o'qituvchining tushuntirishi, kitob bilan ishlash, magnitofon yoki kompyuterdan foydalanish kabilar yordamida tayyor bilimlarni bayon etadi. Bunda ko'rgazmali o'qitish vositalari – eksperimental jadvallardan foydalanadi. O'qituvchining tushuntirishi asosida laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Illyustrativ tushuntirishda o'quvchilarning ongli, lekin reproduktiv faoliyati yuzaga keladi. Bu metod o'qitishda keng qo'llaniladi, chunki bunda bilimlarning minimal bazasi tez to'planadi, ular asosida o'quvchilarning tadqiqot faoliyatlarini kuchaytirish mumkin. Ba'zi hollarda bu usulni amalga oshirish zarur hisoblanadi. Masalan, elementlarning kimyoviy belgilarini o'rganishda Международныйнаучныйжурнал №8(100), часть2 «Новостиобразования: исследованиев XXI веке» март, 2023г 598 o'qituvchi kimyoviy belgilarning yozilishi va nomlanishini ko'rsatadi so'ngra o'quvchilarga ularni qayta mashq qilib o'rganish taklif etiladi. Mashqlarni o'yin tariqasida, innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda bajarish mumkin. Illyustrativ tushuntirish metodi o'quvchilarda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishda ham qo'llaniladi. Masalan, o'qituvchi tajribani bajarish texnikasini ko'rsatadi. Probirkadagi eritmani bug'latish, probirkani shtativga o'rnatish, isitish qoidasi. Bunda o'qituvchi o'z harakatlarini namoyish etadi, so'ngra o'quvchilardan ularni aniq takrorlashni talab etadi. Illyustrativ tushuntirish metodidan kimyoni o'rganishning dastlabki bosqichlarida, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalari yetarli bo'lmaganda foydalaniladi. Bu usuldan hamma vaqt foydalanish o'quvchilar tafakkuri rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, ularning faolligini yo'qotadi. Shuning uchun zarur bo'lgan holatlarda tadqiqot usullaridan, ya'ni evristik va ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanish kerak bo'ladi. Bu usullar asosini muammoli o'qitish tashkil etadi.

Download 135.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling