Tabiiy fanlar fakulteti kimyo va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi


‘zbekiston terma jamoasining Xalqaro kimyo olimpiadalaridagi ishtiroki


Download 308 Kb.
bet6/6
Sana04.01.2023
Hajmi308 Kb.
#1077122
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Olimpiada 11

2.5 0‘zbekiston terma jamoasining Xalqaro kimyo olimpiadalaridagi ishtiroki

O‘zbekistonda kimyo fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun terma jamoani shakllantirishda viloyat va respublika miqyosida saralashlar o‘tkaziladi. Terma jamoa a’zolarini saralashning bu uslubi ko‘pgina davlatlarnikidan farq qiladi.Aksariyat davlatlarda terma jamoa milliy olimpiada g‘oliblaridan ’ shakllantiriladi. Bizda esa respublika va xalqaro olimpiadalar o‘t- kazilish muddati va qiyinlik darajasi mos kelmasligi sababli alohi- da saralashlar o‘tkaziladi. Shu oTinda yana bir holatni qayd etish kerak, ko‘plab davlatlarda olimpiadada hatto 9-sinf o‘quvchilari ham ishtirok etishadi (ta’lim 11 yillik o‘rta maktab tizimda olib bo- riladigan davlatlar). O‘zbekiston terma jamoasiga esa litsey va kollejlarning 1-kurs o‘quvchilari umuman qabul qilinmaydi. Terma jamoa qisman 2-kurs, asosan, 3-kurs o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi. Jamoa tarkibida, agar saralash bosqichlarida yaxshi natijalar qayd etsa hech bo‘lmaganda 1 nafar 1-kurs o‘quvchilari qabul qilinishi kelajakda shu o‘quvchining yuqori potensialga ega, juda kuchli qatnashchi bo‘lishiga zamin yaratadi. Kelgusi olimpiada- lardagi ishtiroki chog‘ida, balki yoshlarimizdan biri biz uchun hali-hanuz armon-bo‘lib qolayotgan-mutlaq-chempionLikni qo‘lga kiritishi mumkindir


IMChOda terma jamoamiz birdek natijalar qayd etmaydi, ba’zan juda yuqori. ko‘rsatkichni qayd etgan yoshlarimiz gohida o‘rtamiyo- na jamoalar kabi ishtirok qilishadi.

Quyidagi jadvalda 2005 - 2017-yillardagi IChMOda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari va olimpiadada sovrindori bo‘lganlar soni keltirilgan


Jadvaldan “o‘z uyingda devorlar ham yordam beradi” degan iboraning isboti ko‘rinib turibdi. Terma jamoa ishtiroki sekin-asta yuqorilashni qayd etmoqda, shu sur’atda davom etilsa, yaqin kelajakda yoshlarimiz olimpiadada doimiy yuqori o‘rinlarni egallashi hech gap emas. O‘zbekiston yoshlari, asosan, IMChOda qatnashib kelishardi, 2013-yildan buyon IChOda ham ishtirok qilishmoqda. IChOda terma jamoa tajriba to‘playapti. O‘zbekiston ishtirokidagi birinchi IChO Moskva shahrida o‘tkazilgan. Unda vakillarimiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Keyingi IChO Xanoyda o‘tkazildi. Bu safar terma jamoamiz a’zolari yanada faol ishtirok etdi: 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza. 2015-yil Boku shahri mezbonlik qilgan olimpiadada esa 2 tagina bronza bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldik. Tbilisida o‘tkazilgan 48-IChOda esa 1 ta kumush, 2 ta bronza qo‘lga kiritildi. Nisbatan olib qaraganda IChOdagi ishtirokimiz ko‘zga tashlanishi mumkin, ammo o‘rtacha hisobda 30 ta oltin, 60 ta kumush, 90 ta bronza medali berilishini hisobga olsak, natijamiz qoniqarli emas. Oldinda bizni ulkan dovonlar kutib turibdi.


Download 308 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling