Tabiiy fanlar fakulteti,,Geografiya va iqtisodiyot bilim asoslari’’yo’nalishi


Hozirgi davrda yog‘och tayyorlash sanoatida, daraxtalarni ildizi bilan qo‘poradigan, qudratli kesish-trelyovkalash mashinalaridan foydalanilmoqda


Download 1.42 Mb.
bet2/2
Sana09.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1470365
1   2
Bog'liq
Chirchiq davlat pedagokika universiteti

Hozirgi davrda yog‘och tayyorlash sanoatida, daraxtalarni ildizi bilan qo‘poradigan, qudratli kesish-trelyovkalash mashinalaridan foydalanilmoqda.
Yog‘ochni tashish. Tayyorlangan yog‘ochni yuqoridagi omborlardan yog‘och tashuvchi avtomashinalar yordamida magistral yo‘llarga, shuningdek, tor yo‘lakli temir yo‘llar va traktorlar yordamida tashib keltiriladi.
Avtomashinalarda yog‘ochni tashishni osonlashtirish uchun traktorlar yordamida yog‘och tashish yo‘llari: ikki izli, temir betonli plitalardan, suriladigan lentali (temir qisqichlar yordamida biriktirilgan yog‘och bo‘laklari), shag‘alli, muzli (qishki) yo‘llar tashkil etiladi. Tog‘li joylarda osma arqon yo‘llardan foydalaniladi. Yog‘ochni suv yo‘llarida tashish. Iste’mol qilish joylariga yog‘och asosan suv yo‘llari orqali oqizish bilan yetkaziladi va yog‘och tashishning eng arzon usul hisoblanadi. Suv yo‘llari orqali yog‘och tashish, temir yo‘l orqali tashishga nisbatan sakiz-o‘n baravarga arzonroqdir.
Yog‘ochlarni maxsus yog‘och oqizadigan daryolarda maxsus sollar tashkil etish orqali reydlarda tashiladi. Sollarni tashkil etishda alohida to‘sinlarni maxsus bog‘laydigan vositalar bilan bog‘lash orqali (simlar, zanjirlar) paketlarga birlashtirib (hajmi o‘nlab kubometrlar) tashishi amalga oshiriladi. Solning hajmi daryoning transport sharoitlaridan kelib chiqqan holda 30 ming m3 ni tashkil etishi mumkin. Sol tuzuvchilarning suvdagi ishi chaqqonlik va doimiy kuchlanishni talab qiladi. Hozirgi davrda kuchlanishli mashinalar yaratilib, foydalanilmoqda.
Daraxt arralash — jahon o‘rmon sanoatining boshqa tarmoqlari orasida mexanik qayta ishlash bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan sanoatidir. Daraxt arralash sanotining mahsulotlariga taxtalar, bo‘laklar, shpallar va boshqa arralash mahsulotlarni kiritish mumkin bo‘lib, ular daraxtni ko‘ndalang arrralash natijasida hosil qilinadi. To‘sinlarni arralash natijasida taxta materiallarining chiqishi o‘rtacha 65- 70%ni tashkil etadi. (qurilish va mebel sanoati uchun qismlarning chiqishi undan ham kam va1 m3 to‘sindan 0,2-0,3 m3 ni tashkil etadi.) qolgan yog‘ochlar chiqindiga (gorbil, reyka, opilkalar) aylanadi. Bunday chiqindilar, kimyoviy va kimyoviy-mexanik qayta ishlash uchun xomashyo sifatida foydalanish mumkin.
Shundan kelib chiqqan holda, yog‘ochni to‘liq qayta ishlash va yog‘och tayyorlash rayonlariga maksimal ravishda yaqinlashtirish maqsadida yog‘och arralash sanoatinining texnologik xususiyatlarini boshqa ishlab chiqarishlarning texnologiyalari (gidroliz, sellyuloza, yog‘och tolali plitalar ishlb chiqarish) bilan kombinatsiyalashuvini talab etadi. O‘rmon sanoati hududi jihatdan keng joylashganligi bilan tavsiflanadi. Uning alohida korxonalari dunyoning barcha rayonlari va sanoat markazlarida joylashgan, jumladan o‘z xomashyo bazasiga ega bo‘lmagan. Bunday korxonalarni uzoqdan tashib keltiriladigan xomashyo bilan ta’minlash o‘rmon sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorligini pasaytiradi va iqtisodiy ko‘rsatkichlaring yomonlashuviga olib keladi. O‘rmon sanoati korxonalari bir qismining bunday nooqilona joylashuvi tarixiy sharoitlar ta’sirida shakllangan.
Ular asosan yirik daryolarning quyi oqimida yoki bunday daryolar temir yo‘llar bilan kesishgan joyda joylashgan. Daraxt arralash zavodlarining bunday joylashuvi, xomashyoni yyetkazish uchun suv yo‘llari bilan, tayyor mahsulotlarni bozorga yyetkazishda temir yo‘l bilan ta’minlaydi.
Faneraning turlari va xususiyatlari, ulardan foydalanish. Yog‘ochning ingichka sahifalari fanera deb ataladi. Faneraning ikkita turi mavjud: qoplamali, yoki mebel, panellarni qoplash uchun qirtishlangan fanera-perekleyka.
Fanera-perekleyka, yoki kleylangan fanera, bir qncha foydali xususiyatlarga ega. Yengil bo‘lishiga qaramasdan, ancha chidamli. Bu borada fanera xuddi shu qalinlikdagi monolit taxtadan ancha ustunligi bilan ajralib turadi.
Fanera tayyorlash. Kleylanadigan fanerani yumshoq daraxt navlaridan (qayin va olxa, osina) ishlab chiqariladi. Ignabargli daraxtlar kam qo‘llaniladi. Qirtishlangan fanerani ishlab chiqarish va foydalanish hajmi ancha kam. Faneraning u yoki bu turini ishlab chiqarishning joylashuviga, tegishli navlarga boy bo‘lgan rayon ta’sir ko‘rsatadi.
O‘rmon shunchaki yer yuzining daraxt bilan qoplangan qismi emas. Bu tirik organizmlarning ( o‘simlik, xayvonlar, qushlar, mox, qo‘ziqorin va lishayniklar, hamda havo, tuproq va suv) murakkab o‘zaro. Yer yuzidagi o‘rmonlarning maydoni – 38 mln km² tashkil qiladi. 7% o‘rmon insonlar tomonidan ekilgan. O‘rmon o‘sishi uchun kamida yiliga 200 mm yog‘in yog‘ishi lozim.
O‘rmonga boy davlatlar: Rossiya –809 mln ga, Braziliya –520 mln, Kanada–310, AQSH–304, Xitoy–207. mln ga teng. Rossiya taygalari planetaning 15 % is gazini yutadi.
Evroosiyo qit’asi o‘rmonlarining 65% oxirgi 10 000 ming yil ichida yo‘q bo‘lib ketdi. 82% kesilgan o‘rmon tabiiy yo‘l bilan va inson ishtirokida tiklanadi. Bundan tashqari xar yili 95 mln. daraxt kesilib yo‘q bo‘ladi.
O‘rmon haroratning mavsumiy tebranishini yumshatadi, shamolning tezligini va kuchini pasaytiradi. O‘rmondagi xavoning namligi 5–10% yuqori bo‘ladi. O‘rmonlar maydonini qisqarishi iqlimni kontinental va quruq bo‘lishiga olib keladi.
Dub va yel 500 yil, sosna  350 yil o‘sadi. Rossiya o‘rmonlaridagi eng qattiq daraxt Shmidt oq qayini hisoblanadi. Uning qobig‘ini o‘q bilan teshish va bolta bilan chopishning imkoniyati yo‘q.
Buyuk Britaniya – Yevropadagi o‘rmon bilan eng kam ta’minlangan davlat hisoblanadi. Qirollik maydonining 6% o‘rmon bilan qoplangan.
Eng uzun daraxt AQSH da Koliforniyadagi sekvoya daraxti bo‘lib uzunligi 112 mdir. 80 kg qog‘ozni qayta ishlash uchun yig‘ish bitta daraxtni kesilishdan saqlab qoladi.
Rossiyada o‘rmonlar mamlakat hududining katta qismini qoplagan bo’lib 809 mln. gektarga teng. Rossiya o‘rmonlari Kanada, AQSH, Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiyadagi o‘rmonlarni birga qo‘shib olganda ham ulardan ko‘p. Rossiyaning yog‘och zahirasi 55.9 mlrd. m3 ga teng bo‘lib, AQSH bilan Kanadaning yalpi o‘rmon resurslaridan 3,5 baravar kattadir. Dunyodagi igna bargli o‘rmonlar yog‘och zahirasining yarmidan ortig‘i Rossiyadadir, bu o‘rmonlarning yog‘ochi bargli o‘rmonlar yog‘ochiga qaraganda qimmatbaho hisoblanadi.
Rossiyaning o‘rmon fondi igna bargli daraxtlarning ustun turishi (yalpi o‘rmon fondining 9/10 qismi), yetilgan va kesish muddati o‘tayotgan o‘rmonlarning keng tarqalganligi (tayga yog‘och zaxirasining 2/3 dan ortiq qismi) hamda bu o‘rmonlarning territoriya bo‘ylab birmuncha notekis joylashganligi bilan xarakterlanadi.
Rossiyada kesilayotgan o‘rmonlar asosan Sibir, Uzoq Sharq, Ural va mamlakat Yevropa qismining shimoliy yarmida joylashgan. Ularning asosiy qismi tayga zonasi doirasida bo‘lib, qolganlari aralash o‘rmonlar bilan o‘rmon-dasht zonalaridadir.
Mamlakat barcha o‘rmon resurslarining katta qismi sharqiy rayonlarda to‘plangan. Biroq mamlakatning Yevropa qismidagi o‘rmonlardan ancha intensiv foydalaniladi. Shu sababli o‘rmon yog‘ochi tayyorlashni to‘g‘ri rayonlashtirish va mamlakat Yevropa qismidagi o‘rmon boyliklarini muhofaza qilish maqsadida, kelgusida sero‘rmon rayonlarni ko‘proq o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.
XX asr industriyalashtirish yillari o‘rmon yog‘ochi tayyorlash qo‘l kuchi bilan qilinadigan mavsumiy kasbkorlikdan doimiy va malakali kadrlarga ega bo‘lgan va hozirgi texnika bilan jihozlangan ishlab chiqarishga aylandi.
Ishga yaroqli yog’ochning asosiy iste’molchisi taxta tilish korxonalari bo‘lib, ular xomashyoga navbatdagi ishlov beruvchi bir bosqichni tashkil etadi. Standart uylar qurish, mebel, gugurt, fanera, yog‘och tolali va yog‘och payraxa hamda yog‘och qirindili plitalar, taxta ishlab chiqarish keng rivojlangan.
O‘rmon yog‘ochi tayyorlash hajmining ortishi va strukturasining o‘zgarishi bilan birga mamlakatlarning sero‘rmon rayonlariga tomon tobora kirib bormoqda. Shimoliy va Volta-Vyatka rayonlari, Ural, Sibir va Uzoq Sharq jami materialbop yog‘ochning 35 qismidan ortig‘ini yetkazib beradi.
Natijada o‘rmon yog‘ochini temir yo‘lda tashish masofasi oshdi. Shu sababli yog‘och xomashyosini tayyorlash bilan undan sanoatda foydalanish o‘rtasidagi zaruriy hududiy mutanosibatlarni belgilash jiddiy muammo bo‘lib qoldi.
Yog‘ochga mexanik ishlov berish korxonalari azaldan Belorussiya va Rossiyaning Yevropa qismidagi kam o‘rmon zonada (Markaziy, Markaziy Qoratuproq, Donetsk-Dneprbo‘yi rayonlari, Baltikabo‘yi, Volgabo‘yi) joylashgan bo‘lib, ular bu yerda jami tilingan yog‘och-taxtaning deyarli yarmini beradi; bunda ular boshqa zonalardan keltirilgan xomashyodan ham ancha foydalanadi. Bu rayonlar tilingan yog‘och-taxtaga ham katta ehtiyoj sezadi, chunki ishlatiladigan tilingan yog‘och-taxtaning hajmi uni ishlab chiqaruvchi korxonalar quvvatidan ancha og’irdir.
Ko‘pgina sero‘rmon rayonlarda yog‘och-taxta tilishning hozirgi ko‘lami barcha yog‘ochga ishlov berishga imkon bermaydi, shu sababli o‘rmon yog‘ochi iste’molchiga shu holida, ya’ni tilmasdan jo‘natiladi. Bu yerdan kam o‘rmon rayonlarga tilinadigan yog‘och keltiriladi.
Yog‘ochga mexanik ishlov berish korxonalarini joylashtirishda mahsulot tayyorlash uchun mahsulotning ko‘p sarflanishi va chiqindining nihoyatda ko‘p chiqishi kabi texnik-iqtisodiy xususiyatlar ham hisobga olinadi. Binobarin, birinchidan, ishlab chiqarishni xomashyo manbalariga yaqinlashtirish, ikkinchidan, yog‘ochga bir vaqtda to‘liq ishlov berish zarur.
Yog‘ochga mexanik ishlov beruvchi korxonalar xomashyo tarqalgan rayonlarda quyidagicha joylashtiriladi:
- temir yo‘llar yog‘och oqiziladigan suv yo‘llarini kesib o‘tgan yoki bu yo‘llarga yaqin bo‘lgan joylarda, bu joylarga yog‘och suvda oqizib keltiriladi, tayyor mahsulot esa bu joylardan temir yo‘llarda jo‘natiladi;
- dengizga borib quyiluvchi yog‘och oqiziladigan katta daryolarning etagida va quyilish joylarida;
- yuk oboroti xarakteriga ko‘ra o‘rmon yog‘ochi tashuvchi temir yo‘llarda;
- xomashyo bazalaridan uzoqda yog‘och oqiziladigan yo‘llar bilan temir yo‘llar kesishgan yerdagi eng qulay transport-geografik o‘ringa ega bo‘lgan punktlarda.
Asosiy vazifa-yog’och tayyorlash sanoatini yanada rivojlantirishdan, ya’ni atrof-muhitga zarar yyetkazmagan holda mamlakat Yevropa qismining o‘rmon resurslaridan to‘laroq foydalanish, o‘rmonlar yetishtiradigan, yog‘och tayyorlaydigan va uni to’liq qayta ishlaydigan korxonalar tashkil etishdan iborat. Umuman sellyuloza-qog‘oz sanoatida daraxt xomashyosini to’liq qayta ishlovchi korxonalarning roli ancha ortadi. Juda muhim muammolar-yog‘och zahirasi bilan yog‘och tayyorlash hajmi va xomashyoni sanoatda ishlatish hajmi o‘rtasidagi hududiy nomutanosiblikni (disproporsiyani) bartaraf etish, shuningdek o‘rmon sanoati majmualarini barpo qilish lozim.


3-rasm.Ignabargli o’rmonlar.



Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling