Tabiiy fanlar fakulteti,,Geografiya va iqtisodiyot bilim asoslari’’yo’nalishi
Download 1.42 Mb.
|
Chirchiq davlat pedagokika universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ormon xojaligi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti ,,Geografiya va iqtisodiyot bilim asoslari’’yo’nalishi 21.2-guruh talabasi JumaboyevaUmidaning ,,Sanoat va qishloq xo’jaligi geografiyasi’’fanidan MUSTAQIL ISHI Mavzu: O’rmon sanoati. Reja: 1. Jahon o’rmon xo’jaligi sanoati. 2. O'rmon xo'jaligi tarmoqlari. 3. O'rmonlarga tegishli ekologik muammolar. 4.O’zbekistondagi o’rmon xo’jaliklari. O‘rmonlarni Yer sayyorasining o‘pkasi deb atashadi va ularsiz hayot yo‘qligini aytishadi. O‘rmon massivlari 38 million kvadrat kilometrga yaqin maydon — quruqlikning taxminan uchdan bir qismini egallaydi. U yerda sayyoradagi o‘simlik va hayvonlarning deyarli yarmi o‘sadi va yashaydi. Daraxtlar sayyoradagi uglerod siklini nazorat qilib, bir yilda taxminan 2,1 tonna uglerodni yutadi. Bir vaqtning o‘zida ular iqlim o‘zgarishlariga ham qarshi turadi. O‘rmonlarda o‘suvchi har bir daraxt 95 foiz namlikni ehtiyoj bo‘lgan joyga yuboradi. Ular tuproqdagi namlikni saqlab, yemirilish jarayonlarining oldini oladi. Bir vaqtning o‘zida bug‘langan suvni atmosferaga chiqaradi, bu esa sovish effektini ta'minlaydi. Har yili Yerdagi o‘rmonlar yuz millionga yaqin daraxtni yo‘qotadi. Bir yilda bitta daraxt deyarli 100 kubometr kislorod beradi. Maxagoni — dunyodagi eng qimmat yog‘och turi. Ha, o‘rmonlarsiz Yerda hayot mavjud bo‘lmaydi. Dunyodagi eng baland daraxtni ko‘rish istagida bo‘lganlar Kaliforniyaga borishlari kerak. U yerdagi o‘rmonlardan birida 112 metrli sekvoyya daraxti o‘sadi. O'rmon xo'jaligi - yaratish, boshqarish, foydalanish, saqlash va ta'mirlash fanlari va hunarmandchiligi o'rmonlar inson va atrof-muhit uchun foydali maqsadlar, ehtiyojlar va qadriyatlarni qondirish uchun tegishli resurslar. O'rmonchilik bilan shug'ullanishadi plantatsiyalar va tabiiy stendlar yaratiladi. O'rmon xo'jaligi turli xil muammolarni qondirishga imkon beradi barqarorlik bilan ta'minlashda yog'och, o'tin yoqilg'isi, yovvoyi tabiatning yashash muhiti, tabiiy suv sifatini boshqarish, dam olish, landshaft va jamiyatni muhofaza qilish, ish bilan ta'minlash, estetik jihatdan jozibali landshaftlar, biologik xilma-xillik boshqaruv, suv havzalarini boshqarish, eroziyani boshqarish va o'rmonlarni "saqlab qolish" atmosfera uchun karbonat angidridni yutib kislarod ishlab chiqaradi. O‘rmon sanoati xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini yog‘och bilan ta’minlaydi. Yog‘ochni qayta ishlash orqali taxta materiallari, qurilish detallari, fanera, yog‘och-tolali plitalar, mebel, gugurt, sellyuloza, qog‘oz, karton, spirt, uksus sirkasi, skipidar, kanifol va boshqa muhim mahsulotlar olinadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda o‘rmon resurslarining qisqarishiga qaramasdan, jahon moddiy balansida yog‘ochning ulushi ancha yuqori. 1-rasm.O’monlar. Yog‘och – shunchalik qimmatli va universal materialki, uni shaxtalarda qurilish va qotirishda (shaxtalarda) foydalanish oqilona emas. Yog‘ochni tejab ishlatish, qurilish sohasida mineral va sintetik qurilish materiallaridan kengroq foydalanishni taqozo etadi. Yog‘ochning, ayniqsa o‘rmon sanoatining ahamiyati ancha yuqori. Jahonda yog‘ochdan keng miqyosda foydalaniladi, va undan foydalanish ko‘lami ortib bormoqda. Bunday holat o‘rmon boyliklariga tejamli munosabatda bo‘lishni talab etmoqda. Sosna va listvennitsa kabi daraxtlar qurilish va taxtabop material sifatida juda qadrlanadi. Yel va pixta-sellyuloza va qog‘oz ishlab chiqarish uchun qimmatbaho xomashyo hisoblanadi. Kedr yog‘ochi qalam va musiqa asboblarini ishlab chiqarishda bebaho hisoblanadi (kedr-shu bilan birga qimmatli mevali daraxt). Kengbargli daraxtlar ham keng qo‘llaniladi. Kengbargli, ayniqsa maydabargli daraxtlarni (va boshqa past sifatli yog‘ochlarni) to’liq qayta ishlash o‘rmon sanoatining muhim vazifalaridan hisoblanadi. O‘rmon sanoati yog‘ochni tayyorlash va tashish, shuningdek uni qayta ishlash bilan bog‘liq birqator tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Yog‘ochni qayta ishlashda mexanik va kimyoviy usullardan foydalaniladi. 2-rasm.Yog’ochni tayyorlash. Yog‘ochni mexanik qayta ishlashning muhim tarmoqlariga yog‘och kesish, qurilish detallarini, fanera, gugurt, mebel, qog‘oz ishlab chiqarish uchun yog‘och massasini ishlab chiqarish va boshqalar kiradi. Yog‘ochni qayta ishlash – yog‘ochni kesish, tashish va daryodan oqizishni nazarda tutadi. Uning mahsuloti sifatida chuqur qayta ishlanadigan yog‘och (qurilish materiallari sifatida foydalaniladi), va o‘tinga yaroqli yog‘och (so‘nggi yillarda uning anchagina qismi qayta ishlashga yuborilmoqda) dir. Yog‘och tayyorlash sanoati, mehnat unumdorligini oshirgan va uni yengillashtirgan turli-tuman texnika bilan ta’minlangan. Takomillashgan texnika asosida yog‘och tayyorlash sanoatida mavjud bo‘lgan mavsumiylik va ishchi kuchining qo‘nimsizligi kabi holatlar bartaraf etildi. Yog‘och tayyorlash sanoatida yuqori malakali doimiy ishchi o‘rinlar yaratilgan. Yog‘och tayyorlash ishlari. Yog‘och tayyorlash ishlari uchta asosiy bosqichdan iborat: yog‘och kesish (yoki chopish), trelevkalash, ya’ni yog‘ochni yuqoridagi omborlarga tashish, va yog‘chochni bo‘laklash. Daraxtlar, asosan ixcham yengil benzin dvigatel va zanjirli arradan iborat motoarra yordamida kesiladi. Ularni qo‘llash daraxt kesuvchilarning mehnatini ancha yengillashtiradi va mehnat unumdorligini keskin oshiradi. Daraxt arralanganda, uning shoxlari kesiladi. Daraxt tanasi, trelevkalash traktorlari yordamida yuqoridagi omborlarga tashib keltiriladi. Bu yerda tanalarni – navlari, uzunligi va qalinligiga qarab kesiladi. So‘nggi paytlarda arralangan daraxtlarni shoxlari bilan tashishning progressiv usuli qo‘llanilmoqda. Bunday holatda, tuproq qoplamasi va endi o‘sib chiqqan novdalar yaxshi saqlanib, yuqori omborlarda shoxlarni unumli qayta ishlash uchun sharoitlar yaratilmoqda. Uncha uzoq bo‘lmagan masofalarga daraxtlarni trelyovkalash uchun (bir necha yuz metr), ayniqsa botqoq va baland-past relefda elektrodvigatel va po‘lat arqondan iborat tortish moslamasidan foydalanilmoqda. G‘ovak yordamida daraxtlarni kesish yoki transport vositasiga ortish uchun tortib keltiriladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling