Tabiiy fanlar


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana14.11.2020
Hajmi1.61 Mb.
#145923
1   2   3
Bog'liq
amfibiyalar biologiyasi


Oziqlanishi.  Amfibiyalar  deyarli  bir  hiddagi  oziqlarni  iste’mol  qiladi. 

Ularning  hammasi  voyaga  yetgan  davrida  har  xil  umurtqasiz  hayvonlar  - 

hasharotlar,  chuvalchangdar,  qisqichbaqalar,  mollyuskalar  bilan  oziqlanadilar. 

Bizdagi  amfibiyalar  ichida  eng  kattasi  bo’lmish  ko’l  baqasi  yosh  baqalarni  yeydi 



26 

 

va  ularni  qirib  yuboradi.  Yashil  baqalar  ba’zan  qush  jo’jalariga,  mayda 



kemiruvchilarga  va  baliqlarga  hujum  qiladi.  Gigant  salamandra  baliqlar  va 

ularning  ikralari  bilan  oziqlanadi.  Oyoqsizlar  yer  chuvalchanglari  va 

chumolilarning  tuxumlarini  yeydi.Ko’pchilik  dumsiz  amfibiyalarning  itbalig`i 

o’simliklar  bilan,  dumlilar  va  oyoqsizlarning  lichinkalari  hayvon  organizmlari 

bilan oziqlanadi. 

Amfibiyalarning  hayoti  temperatura  va  namlikka  bog`liq  bo’lganligidan, 

ularning oziqlanishida ixtisoslashish uchun hech imkon byermagan. Тempyeratura 

bilan  namlik  darajasi  o’zgarmay  turadigan  tropiklardagina  ixtisoslashgan  turlari 

uchraydi. Bu yerda ko’p turlar nuqul chumoli va tyermitlar bilan oziqlanadi. 

Urchishi.  Amfibiyalar  rivojlanish  vaqtida  ko’pincha  yashash  joylarini 

almashtiradilar, chunki ularning ko’pi baliqlar singari tuxum tashlash  va tuxumni 

tashqarida urug`lantirish yo’li bilan suvda urchish usulini saqlab qolgan. Bularning 

erkagi    va  urg`ochisi  orasidagi  farqlar  unchalik  bilinmaydi.  Dumsizlarning 

ko’pchiligida  erkaklari  urg`ochisiga  nisbatan  kichik.  Тaroqli  triton  erkaklarining 

bahor  paytida  orqa  tomonida  va  dumlarida  teri  bo’rtmalari  kuchli  rivojla-nib, 

bunda qon tomirlarining zich to’ri paydo bo’ladi. Dumsizlarning erkaklari oldingi 

oyoq panjalarining ichki barmog`ida qadoqdar urchish davrida ancha rivojlanadi, u 

urg`ochisini ushlash va unga yopishishga imkon beradi. 

Amfibiyalar  ko’payishiniig  umumiy  xususiyati  ko’payish  davrida  tuxum 

qo’yish, tuxumning rivojlanishi va itbalig`ining yashash joyi suv muhitiga bog`liq 

bo’lishidir. Shubhasizki, bu hol amfibiyalarning baliqlar kabi birlamchi xususiyati 

bo’lgan.  Keyinchalik  ularda  suvdan  tashqarida  ko’payishga  imkon  byeruvchi 

moslamalar  paydo  bo’la  boshladi.  Lekin  bu  imkoniyatlar  ayrim  turlariga  xos 

bo’lib,  ikkilamchi  xarakgyerga  egadir. 

Hozirgi 


paytda 

yashayotgan 

amfibiyalarning hayot kechirishi va urchishi turlichadir. 

Dumli va oyoqsiz amfibiyalarda nasl uchun qayg`urish taraqqiyotning ancha 

yuqori  bosqichida  turadi.  Bu  amfibiyalarning  ko’payishidagi  progressiv 

xususiyatlar  dumsizlar  guruhi  bilan  raqobat  qilishga  imkon  beradi.  Masalan, 



27 

 

tritonlarning  erkaklari  bevosita  urg`ochisini  urug`lantirmasdan,  spyermatofor  deb 



ataladigan  spyermatozoidli  paketlarni  suvga  tashlaydi,  bu  paketlarni  urg`ochisi 

kloakasi  bilan  to`tib  oladi.  Odatdagi  tritonda  nasl  uchun  qayg`urish  birmuncha 

murakkabroq  o’tadi, uning urg`ochisi ko’pincha har qaysi  tuxumini suv  o’simligi 

bargiga  o’rab  qo’yadi,  natijada  tuxum  berkingan  barg  orasida  qoladi,  erkaklari 

tuxumni qo’riqlab yuradi. Oyoqsizlarning erkaklari quruqlikka qo’yilgan tuxumni 

g`avdasi  bilan  o’rab  oladi.  Zigotaning  rivojlanishi  to’g`risida  dumsizlar  misolida 

yuqorida gapirildi. 

Neoteniya. Dumli amfibiyalarning` bir qancha turlarida metamorfoz jarayoni 

yashash sharoitining xususiyatlari munosabati bilan birmuncha vaqggacha to’xtab 

qolishi  yoki butunlay bo’lmasligi ham mumkin. Bu hodisa neoteniya  deb ataladi. 

Neoteniya,  ayniqsa,  lichinkasi  aksolotl  deb  ata-ladigan  Amerika  ambistomasida 

juda yaxshi namoyon bo’ladi. 

Barcha  dalillarga  ko’ra,  dumli  amfibiyalar  metamorfozlanish  layoqati-ni 

yo’qotgan  neotenik  lichinkalardan  boshqa  narsa  emas.  Masalan,  Тexas  g`orida 

yashovchi  ko’r  triton  yoki  o’pkasiz  triton,  protey,  amfiuma  va  boshqa  ko’pgana 

turlar allaqanday bir salamandraning lichinkasidir. 



Suvda  va  quruqlikda yashovchilarning    ahamiyati.  Suvda  va  quruqlikda 

yashovchilarning  hammasi  ma’lum  darajada  ahamiyatga  ega.  Avvalo,  ular  juda 

ko’p  zararli  umurtqasiz  hayvonlarni,  chunonchi,  mollyuskalar,  hasharotlar  va 

ularning lichinkalarini qiradi va dalalarga, o’rmonu bog`larga katta foyda keltiradi. 

Yerda  yashovchi  turlarining oziqasi suvda  yashovchilariga nisbatan ancha xil-ma-

xildir. O’t baqasi o’rtacha bir sutkada 6 ta zararli umurtqasizlarni yeydi. Agar 1 ga 

maydonda 100 ta baqa yashasa, yez faslida 100 ming zararkunandani yo’q qiladi. 

Amfibiya ko’pincha yeqimsiz hid va ta’mli umurtqasizlarga qorong`ida va kechasi 

hujum  qiladi  va  qiradi.  Shu  sababli  bularning  faoliyati  qushlarning  foydali 

faoliyatini to’ldiradi. Shu bilan birga aytish mumkinki, amfibiyalarning ahamiyati 

unchalik katta emas, chunki bularning soni juda kam va ayrim land-shaftlarda faqat 

ko’payish davrida oshishi mumkin. Bularning ikrala-ri, itbalig`i suvda yashaganligi 

sababli,  ko’pgina  ovlanadigan  baliq-lar,  o’rdaklar,  qo’tonlar  va  boshqa  qushlar 


28 

 

uchun  oziqa  hisoblanadi.  Am-fibiyalar  ko’pgina  mo’yna  byeruvchi  hayvonlar 



yezgi oziq ratsionining asosiy qismini tashkil qiladi. 

Amfibiyalarning  ba’zi  turlari  (salamandralar,  baqalar)  ko’pgina 

mamlakatlarda  (Fransiya,  Janubi-Sharqiy  Osiyo,  Amerika  va  boshqa)  ovqat 

sifatida  ishlatiladi.  AQSh  da  maxsus  fyermalar  bor.  Bu  fyermalarda  buqa  baqa 

boqiladi  va  bu  baqaning  keyingi  oyog`i  ovqatga  ishlatiladi,  qolgan  qismlari  qayta 

ishdanib, mollarga  ozuqa sifatida byeriladi. Amfibiyalarning biologiya va tibbiyot 

sohasida  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib  borishda  laboratoriya  hayvonlari  sifatida 

ahamiyati nihoyatda kattadir, masalan, baqalar, salamandralar, tritonlar, aksolotllar 

ko’p ishlatiladi.Ba’zi joylarda amfibiyalar qisman zarar keltiradi. Sun’iy yo’l bilan 

baliq ko’paytiriladigan joylarda gala-gala bo’lib yuradigan ko’plab yosh baliqlarni 

ko’l  Umuman  olganda  amfibiyalarni  inson  uchun  axamiyati  katta.  Avvalo  ular 

turli-tuman  yerlarda  yashab,  zararkunandalarni  qiradi  va  bog‘larga  poliz  va 

dalalarga,  o‘rmon  va  o‘tloqlarga  katta  foyda  yetkazadi.  O‘t  baqasi  bir  sutkada 

o‘rtacha 6 ta umurtqasiz xayvonni yeydi 6 oy davomida esa 1200 dona xashorat va 

molyuskalarni qiradi.  

Ikralari,  itbalig‘i  va  voyaga  yetgan  amfibiyalar  ko‘pchilik  ovlanadigan 

baliqlar,  o‘rdaklar  va  boshqa  qushlar  uchun  yem  bo‘ladi.  Ba’zi  mamlakatlarda 

(Fransiya,  AQSh,  Sharqiy  Osiyo)  baqa  va  salamandralarning  go‘shtini  odamlar 

istemol  qiladilar.  Baqa  va  triton  biologiya  va  meditsina  izlanishlarida  juda  xam 

ko‘p  miqdorda  labaratoriya  xayvonlari  sifatida  ishlatiladi.  Xamdo‘stlik 

mamlakatlari  faunasida  amfibiyalarni  8  turi  qizil  kitobga  kiritilgan.Umuman 

olganda  amfibiyalarni  inson  uchun  axamiyati  katta.  Avvalo  ular  turli-tuman 

yerlarda  yashab,  zararkunandalarni  qiradi  va  bog‘larga  poliz  va  dalalarga,  o‘rmon 

va  o‘tloqlarga  katta  foyda  yetkazadi.  O‘t  baqasi  bir  sutkada  o‘rtacha  6  ta 

umurtqasiz  xayvonni  yeydi  6  oy  davomida  esa  1200  dona  xashorat  va 

molyuskalarni qiradi.  

                                                

 


29 

 

                                                   Xulosa 



      Suvda  va  quruqda  yashovchilar  yoki  amfibiyalar  xali  suv  muxiti  bilan 

anchagina  aloqasini  saqlab  qolgan  birinchi  quruqlikka  chiqqan  umurtqali 

xayvonlardir. Umurtqalilarning suv muhitidan quruqlik mumitiga chiqishi ularning 

yangi  turli - tuman sharoitlarga duch  kelishiga sabab bo’ladi. Natijada jabra  bilan 

nafas    olish  o’pka  bilan  nafas  olishga,  suzgich  qanotlari  bilan  harakat  qilish 

organlari  qattiq  substratda  tayanishga  moslashgan  ko’p  richakli  besh  barmoqli 

harakat organlariga aylangan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar yuqori devon 

davrida  qadimgi  panja    qanotli    baliqlardan    kelib    chiqqan;  ular  baliqlar    bilan   

haqiqiy  quruqlikda   yashovchi  hayvonlar  (amniotalar)  o’rtasida  oraliq  o’rinni 

egallaydi.  Stegotsefallar    deb  atalgan    qadimgi    amfibiyalar    bosh  qutisi    skeleti       

1 m  gacha  bo’ladi. 

 Hozirda  suvda  hamda  quruqlikda  yashovchilar   tana  uzunligi  2  – 3 sm  dan 

1,8 m gacha . Amfibiyalar  hozizda  quruqlikda   yashovchi  umurtqalilar  orasida  

eng    soda  tuzulgan    bo’lib,  skeletida    tog’aylar    ko’p.  Dumli      oyoqsizlarning  

ikkala    juft    oyoqlari      ko’krak    qafasi      bo’lmaydi;  og’iz    bo’shlig’i  tubidagi  

muskullarning  qisqarishi   tufayli  havo  o’pkaga  o’tadi.  Ayrim  salamadralarda  

o’pka  bo’lmaydi.  Aksariyat  ko‘pchilik  turlarini  tuxumlari  qattiq  po‘st  bilan 

qoplangan va faqat suvda rivojlanadi. Lichinkalari (itbalig‘i) faqat suvda yashaydi. 

Xayoti davomida ular o‘z boshidan metomarfoz davrini o‘tkazadi, ya’ni itbaliqdan 

quruqlikda  yashaydigan  xolga  aylanadi.  Buning  natijasida  jabra  yo‘qolib,  uning 

o‘rniga o‘pka xosil bo‘ladi, oyoqlar rivojlanadi. 

      Amfibiyalar  sovuqqonli  hayvonlar  guruhiga  kiradi. Bularning  hayoti  tashqi  

muhit  temperaturasi  va  namligiga  bog’liq.  Tashqi  tuzulishi   quruqlik muhitida  

yashashga    moslashgan.  Quruqlikda      harakatlanish    natijasida    oyoqlari  

rivojlangan. Keyingi  oyoqlari  panjasi  orasida  pardalar  rivojlangan  bo’lib , ular  

suv    muhitida  harakatlanishga    yordam    beradi.    Ko’zi    hamda    burun    teshgi  

suvdan    tashqariga  chiqib    turadi.  Quruqlikda    orqa    oyoqlariga    tayangan    holda  

sakrab    harakatlanadi  .Suvda    esa    orqa    oyoqlarini    dam  –  badam    bukib    yozish   



30 

 

orqali    harakatlanadi.  Dumlilar    turkumi    vakillarning    oyoqlari    tanasining    ikki  



yonida  joylashgan  va  bir  xil  uzunlikda  bo’ladi. 

 Suvda      hamda    quruqlikda    yashovchilar      zararkunanda    ekosistemalar    asosiy  

komponenti    bo’lib  ,  ko’pchilikumurtqasizlarning    sonini    cheklab    turishda    va  

boshqahayvonlarga    oziq  sifatida    katta    ahamiyatga    ega.  Dumsizlarning  ayrim 

turlari    bir    qancha    mamlakatlarda    iste’mol    qilinadi.  Ayrim    suvda    hamda 

quruqlikda  yashovchilar   laboratoriya  hayvonlari  sifatida  ahamiyatga  ega. Suv   

havzalarining    ifloslanishi    tufayli      ayrim    turlari      soni    kamayib  bormoqda.  41  

turi  va kenja  turi   xalqaro    qizil   kitobga  kiritlgan,  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                        



                    

                 

 


31 

 

 



                      Foydalanilgan   adabiyotlar

1.  Naumov S.P. - «Umurtqalilar zoologiyasi», darslik. T., «O’qituvchi», 1995  

2.  Laxanov J.L.«Umurtqali hayvonlar zoologiyasi ».   T. «O’qituvchi»2005  

3.   .Dadayev 

S., 

To’ychiyev 



S., 

Haydarova 

P. 

“Umurtqalilar          



zoologiyasidan laboratoriya mashg’ulotlari”. O’quv qo’llanma. O’zbekiston 

faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti. T., 2006, 224 b. 

4.  Laxanov  J.L.  –  «Umurtqali  hayvonlar  zoologiyasi»,  o’quv  qo’llanma. 

Samarqand,                              1991. 

5.  Muxsimov A., Solixboev  I.K., Ayupov A.N.  – Umurtqalilar zoologiyasidan 

dala-o’quv  amaliy  mashјulotlari  uchun  uslubiy  qo’llanma.  T.,  Universitet, 

1994. 

6.   Mavlonov  O..,  G.K.  Kamolov  «Zoologiya»  maktab  darsligi  .  T.      



«O’qituvchi», 1995 

7.  Laxanov  J.L.«O’zbekistonning  umurtqali  hayvonlari  aniqlagichi».  T. 

«O’qituvchi»2005  

8.  O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” 2-jild T.2003,2006 

9.   www.ziyouz.com kutubxonasi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

32 

 

Xulosa. 



     

Men    ushbu    kursishini    yozib    Amfibiyalar  sinfi   

biologiyas

i

   



haqida  juda  

ko’p  malumotlarni  o’rgandim. 

  Shuningdek    amfibiyalarning  tashqi    tuzulishi,    sistematikasi,  ichki  tuzulishi, 

ko’payishi,  kelib  chiqishi    va    ularning    ahamiyati    haqdagi    ma’lumotlar    bilan  

tanishib  chiqdim. 

Kurs  ishi    kirish,  asosy  qism,  xulosa  va  foydalanilgan  adabiyotlar  

ro’yxatidan    iborat    bo’lib,  kurs    ishining    kirish    qismida    Suvda    hamda  

quruqlkda  yashovchilarga  umumiy  ma’lumot

  berib  o’tdim. 

    Asosiy    qismda    esa  amfibiyalarning  sistematikasi,  tashqi  va  ichki    tuzulshi, 

ko’payishi va rivojlanishi, kelib  chiqishi, iqtisodiy  ahamiyati hamda ekalogiyasi  

haqidagi   ma’lumotlarni  yoritib , o’z  fikr  mulohazalarimni   aytb  o’tdim. 

   Xulosa    qilib    aytganda,  kurs    ishini    yozishda    bir    necha    adabiyotlardan  

foydalanib   mavzuning   asosiy   mazmunini, maqsad  hamda   vazifasini  to’liq  

yoritishga  harakat    qildim. 

 

 



 

 

 



 

 

 



33 

 

Navoiy  davlat  pedagogika  instituti „Biologiya  o’qitish  metodikasi“ 



ta’lim yo’nalishi  II

B

  kurs  guruh   talabasi  Kamolova  Shahnoza Husniddin 

qizining  „Amfibiyalarning  biologiyasi“  mavzusidagi  kurs  ishiga 

                                                                     



Xulosa 

   Kamolova  Shahnoza  Husniddin  qizining  „Amfibiyalarning    biologiyasi“  

mavzusidagi  yozgan  kurs  ishisi  reja  asosida  yozilgan  bo’lib, dastlab  kirish, 

asosiy  qism,  xulosa  va foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxatidan  iboratdir. 

     Kamolova    Shahnoza  Husniddin  qizi  yozgan    kurs    ishining    kirish  qismida  

Suvda    va    qurulikda    yashovchilar      sinfi      haqida    dastlabki    malumotlar    berib  

o’tilgan. 

    Asosiy      qismda:    amfibiyalarning  sistematikasi,  tashqi  va  ichki    tuzulshi, 

ko’payishi va rivojlanishi, kelib  chiqishi, iqtisodiy  ahamiyati hamda ekalogiyasi 

haqidagi   ma’lumotlarni  yaxshi  yoritib bergan 

     Talaba kurs  ishini yozishda  bir  necha  adabiyotlardan  foydalanib   mavzuning   

asosiy   mazmunini, maqsad  hamda  vazifasini  to’liq  yoritishga  harakat  qilgan. 

Kurs  ishining  asosan  mazmuni  va  sifati    jihatidan    kurs    ishining      barcha 

talablariga  javob  beradi. 

      Talaba    Kamolova  Shahnozaning    „  Amfibiyalarning    biologiyasi“  

mavzusidagi    yozgan    kurs    ishini    ijobiy    baholayman    va    himoyaga    tavsiya  

etaman. 

 

      



Ilmiy  rahbar:                                         Sohibnazarov.R.A. 

 

34 

 

Nаvоiy  dаvlаt  pеdаgоgikа  instituti  Tаbiiy    fanlar  fаkultеti  Biologiya 



o`qitish metodikasi  tа’lim yo’nаlishi II

 B

 – kurs ta’labasi Kamolova Shahnoza  

Husniddin  qizining “Amfibiyalar  biologiyasi” mаvzusidа yozgаn kurs ishigа 

                                                   T А Q R I Z 

 

Kamolova  Shahnoza    Husniddin    qizining  “Amfibiyalar    biologiyasi” 

mаvzusidа    berilgan  kurs    ishi  “Umurtqalilar  zoologiyasi”  va  zoologiya  fanlarida 

bular to`g`risida bir qancha ma`lumotlar o`rganilgan. 



 

Kurs ishi  kirish, 4  ta bob, хulоsа vа аdаbiyotlаr ro’yхаtidаn ibоrаt.  Ishning             

kirish  qismidа    amfibiyalarga  umumiy  tavsif      berilgan,    asosiy  qismda  esa 

amfibiyalarning          tashqi    va  ichki    tuzilishi,  ko’payishi,  ekalogiyasi  va  ahamiyati  

hаqidа mа’lumоt bеrgаn. 

 

 Kamolova 



Shahnozaning 

kurs 


ishida 

birinchi 

bobini 

yoritishda   



amfibiyalarning  morfologik  xususiyatlari  to`g`risida  batafsil  to`xtalib  o`tgan, 

jumladan    amfibiyalarning  dumlilar  hamda  dumsizlar  turkumlari  haqida  yoritilib, 

ularni  rasmlar  asosida  izohlagan.Keyingi  boblarida  esa  amfibiyalarning  anatomik 

tuzulishi,  ekalogiyasi  haqida  ma’lumotlar  batavsil  yoritilgan.  O’nga  yaqin  

adabiyotlardan hamda internet ma`lumotlaridan foydalangan. 

 

Kurs  ishi  Оliy  o’quv  yurtlаridа  bаkаlаvr  bаjаrishgа  qo’yilgаn  tаlаblаrgа 



jаvоb  bеrаdi  deb  hisoblayman  va  Kamolova  Shahnoza  Husniddin  qizining   

“Amfibiyalar biologiyasi ”mаvzusidаgi kurs ishini ijоbiy bаhоlаyman. 



 

 

Biоlоgiya  o`qitish metodikasi kаfеdrаsi  o`qituvchisi:                  Baxadirova.U. B.        

 

 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling