Tabiiy fanlar
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
amfibiyalar biologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI” TA’LIM YO’NALISHI 2- “B” GURUH TALABASI Kamolova Shahnozaning
- Amfibiyalar biologiyasi.
- Navoiy – 2016yil
- Kirish.
- III. Xulosa
- 5 rasm-Baqa skeletining umumiy tuzulishi.
- 1-jadval Oldingi oyoq
1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “TABIIY FANLAR” FAKULTETI “BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI” TA’LIM YO’NALISHI 2- “B” GURUH TALABASI Kamolova Shahnozaning ZOOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN MAVZU: Amfibiyalar biologiyasi. Bajardi: Kamolova Shahnoza Tekshirgan o’qit: SOHIBNAZAROV.R.A Navoiy – 2016yil 2
REJA:
I. Kirish.
1.1.Amfbiyalar sinfiga umiy xarakteristika klassifikatsiyasi ……
3 II. Asosiy qism
5 .2. Amfibiyalarning tashqi tuzulishi …………………….. 10
2. 3. Amfibiyalarning ichki tuzulishi , embrion rivojlanishining o’ ziga xos xususiyatlari………………………………
16
2.4. Amfibiyalarning yashash sharoiti, tarqalishi va iqtisodiy ahamiyati…….………………………………………………..
III. Xulosa……………………………………………………… 29
IV. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………… 31
3
KIRISH Suvda va quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar xali suv muxiti bilan anchagina aloqasini saqlab qolgan birinchi quruqlikka chiqqan umurtqali xayvonlardir. Quruqlikka yashashga o’tish bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilarning tuzulishi baliqlarga nisbattan takomillashgan xususan skeletining tayanch vazifasini bajarishga o’tishi bilan uzun naysimon suyaklar paydo bo’lishi oyoqlarning vujudga kelishiga sabab bo’lgan.Quruqlikda yashash atmosfera havosi bilan nafas olishga imkon beruvchi organ – o’pkaning rivojlanishiga, qon aylanish, nevr sistemasi va sezgi organlarining takomillashuviga olib kelgan.Shuning bilan birga suvda va quruqlikda yashovchilar skeletida tog’ayning ko’p bo’lishi, nafas olish, ayirish, qon aylanish, nerv sitemalari va boshqa organlarining sodda tuzulganligi, lichinkasining yon chiziqlari , dumi, yuragining ikki kameradan , qon aylanish sistemasining bir doiradan iboratligi ularni quruqlikda yashovchi eng soda tuzulgan umurtqali hayvon ekanligini ko’rsatadi. Ko’pchilik Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning hayoti voyaga yetgan davrida ham suv bilan bevosita bog’liq. Aksariyat ko‘pchilik turlarini tuxumlari qattiq po‘st bilan qoplanmagan va faqat suvda rivojlanadi. Lichinkalari (itbalig‘i) faqat suvda yashaydi. Xayoti davomida ular o‘z boshidan metomarfoz davrini o‘tkazadi, ya’ni itbaliqdan quruqlikda yashaydigan xolga aylanadi. Buning natijasida jabra yo‘qolib, uning o‘rniga o‘pka xosil bo‘ladi, oyoqlar rivojlanadi.Lichinkalarida metamarfoz davridan keyin voyaga yetgan individga xos organlar paydo bo’ladi va quruqlikda ham yashayveradi. Voyaga yetgan amfibiyalar uchun sharnir bo’g’inli juft oyoqlar xarakterlidir . Bosh skeletining ensa qismida ikkita ensa bo’rtmasi bo’yin umurtqasi bilan harakatchan qo’shiladi. Tanglay – kvadrat tog’ayi miyaquttisiga qo’shilib ketadi. Bunday tipdagi bog’lanishga autositiliya deyiladi. Tilosti yoyining ustki elementi hisoblangan giomandibulyare _ ostki suyak o’rta quloq 4
bo’shlig’ida joylashgan uzangi suyagiga aylanadi,chanoq kamari dumg’oza umurtqasining ko’ndalang umurtqalariga yopishib turadi. Ikkita qon aylanish doirasi vujudga keladi, yuragi ikkita yurak bo’lmasidan va bitta yurak qorinchasidan tashkil topgan. Ko’ zlarida harakatchan qovoqlari bor. Yon chiziq organlari yo’qolib ketgan. Oldingi miya ancha kattaradi va ikkita yarim sharga ajraladi. Uningqopqog’ida nerv moddasi to’planadi. Amfibiyalarning o’rtacha metabolizm darajasi baliqlarga nisbattan ancha yuqori bo’ladi. Shu bilan bir qatorda amfibiyalar suvda yashovchi umurtqalilarning ham bir qancha xususiyatlarini saqlab qolgan. Terisi suv va gazni o’tkazib turadi. Ayirish organi bo’lib tana mezonefretik buyrak va teri xizmat qiladi. Poykiloterm_ tana harorati tashqi muhit harorat bog’liq bo’ladi.
5
Hozirgi amfibiyalarning 2500 ga yaqin turlari bo’lib, ular uchta turkumga bo’linadi: dumlilar (Caudata), oyoqsizlar (Apoda)
va
dumsizlar (Ecaudata).O’zbekiston hududida dumsizlar turkumiga mansub 2 ta tur (baqa va qurbaqa) tarqalgan; dumllar turkumidan tritonlar akvariumlarda boqiladi.
turlarni o’z ichiga oladi. Boshi bilinar-bilinmas tanaga o’tib ketadi, doimo yaxshi rivojlangan dumi bo’ladi. Oldingi va keyingi oyoqlari bir xil rivojlangan, ba’zilarida (sirenlarda) keyingi oyoq reduksiyalangan. Тana va dumini gorizontal tekislikda egab suvda suzadi yoki yerda o’rmalaydi. Ko’pchiligi suvda yashaydi. Bular aso-san shimoliy yarimsharda tarqalgan. Dumlilar turkumi beshta kenja turkumga bo’linadi. 1)
Yashirinjabrapilar kenja turkumi hozirgi dumli amfibiyalarning eng soddasidir. Bularning umurtqalari amfitsel, urug’lanishi tashqi. Bu kenja turkumga yas 2)
hirinjabralilar oilasi kiradi, bu oilaning vakili Yaponiya va Хitoyda tarqalgan bo’yi 160 sm ga yetadigan gigant salamandra bilan Shimoliy Amerikada tarqalgan bo’yi 70 sm keladigan yashirinjabradir. Burchak-tishlilar degan ikkinchi oilasiga sibir to’rt barmoqli tritoni, ushar baqa, yetgisuv baqatishi , ussuriy tirnoqpi tritoni kiradi. 2) Ambistoma kenja turkumiga faqat bitta ambistoma oilasi kiradi va Shimoliy hamda Markaziy Amerikada tarqalgan. Ambistomalarning lichinkalari aksolotl deb ataladi. Lichinkalari voyaga yetgan ambistomadek bo’lib, metamorfoz davrini o’tmasdan jinsiy ko’payish qobiliyatiga ega. Bu hrdisa neoteniya deb ataladi.
6
3) Uchta turi bilan sirenlar oilasini o’z ichiga olgan Meanteg kenja turkumi Shimoliy Amerikada tarqalgan bo’lib, faqat nozik oldingi oyoqlari bor, tashqi jabralari umrbod saqlanadi. Jabra va o’pkalari bilan nafas oladi. 4) Proteylar kenja turkumi bitta proteylar oilasi va ikkita to`rni o’z ichiga oladi. Yevropa proteyi yer osti suvlarida yashaydi. Oyoqlari teri ostiga yashiringan, urug’la-nishi ichki. Amerika proteyi Shimoliy Amerika ko’llarida yashaydi. 5) Salamandralar kenja turkumi dumlilarning tipik vakillari hisoblanadi, urug’lanishi ichki va uchta oilani o’ziga birlashtiradi. Amfiumalar oilasi faqatgina bitta amfiuma to`rini o’z ichiga oladi va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Juft oyoqlari nimjon va 2-3 barmoq bilan tugaydi. Ko’zlari teri ostiga yashiringan. Chin salamandralar oilasiga 40 tacha tur kiradi. Qrvoqlari yaxshi rivojlangan, tashqi jabralar faqat lichinkalarida bo’ladi. Bu oilaga tritonlar va salamandralar kiradi. O’pkasiz salamandralar oilasi 175 to`rni o’z ichigaoladi. Bularningo’pkalari yo’qolib ketadi, shuningdek, kichik qon aylanish doirasi yo’q, chunki yurak bo’lmasi to’siq bilan ajralmagan.
olgan bitta chyervyagalar oilasi kiradi. Тashqi ko’rinishiga ko’ra ilonga yoki katta chuvalchangga o’xshaydi (uzunligi 30-120 sm keladi). Gavdasidagi halqalar tanani ayrim segmentlarga bo’lib turadi. Oyoklari va ularning kamar skletlari yo’q, dumi ham yo’q, kloakasi tananing orqa tomoniga ochiladi. Тyerisida mayda-mayda suyak tangachalar bo’ladi, umurtqasi amfitsel. Bu belgilarning hammasi chyer- vyagalarning yerni kovlab yashashga moslashishiga olib kelgan.Ko’zlari murtak holida, nog’ora pardasi bo’lmaydi, buning aksicha, hidlov organlari kuchli taraqqiy etgan. Urug’lanishi ichki bo’ladi va shu munosabat bilan erkaklarining kloakasi bo’rtib chiqib, ko`pulyativ organ vazifasini bajaradi. Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikaning tropik nam joylarida tarqalgan. Asosan yer tagida hayot kechiradi .Chyervyagalar hasharotlar, chuvalchanglar va tuproqda yashovchi boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan oziqpanadi. Ularning
7
ko’payishi suvga unchalik bog’liq emas. Chyervyagalar tasodifan suvga tushib qolsa, cho’kib ke-tadi. Тuxumlari suvdan tashqarvda taraqqiy etadi. Ba’zi turlari, chunonchi, seylon ilonbalig’i qo’ygan tuxumlarini gavdasi bilan o’rab oladi. Nasl uchun qayg’urish hodisasi deyarli barcha chyervyagalarda namoyon bo’ladi. Suvda yashaydigan chyervyagalar tirik bola tug’adi. Dumsizlar turkumi — Ecaudata. Dumsiz amfibiyalar eng yuqori tuzilgan va turlari nisbatan juda ko’p bo’lgan guruhdir. Lekin ular ko’p turli bo’lgani bilan tuzilishi bir-biriga juda o’xshash, ya’ni ularning gavdasi kalta va keng bo’ladi, syerbar boshi tanasiga qo’shilib ketadi, dumi yo’q, keyingi oyoqlari oldingilariga nisbatan 2-3 marta uzun. Oyoqning bunday tarzda tuzilishi sakrab yurish uchun xizmat qiladi. Umurtqa pog’onasining dum bo’limi bitta uzun suyakcha ko’rinishida bo’ladi. Qovurg’asi yo’q. Peshona va tepa suyaklari qo’shilib, juft peshonatepa suyagini qosil qiladi. Тirsak va bilak, katta va kichik boldir suyaklari ajralmagan. Dumsizlar turkumi 5 ta kenja turkumga bo’linadi. Bularning nomlari tana bo’li-midagi umurtqalarning qay shaklda bo’lishidan olingan. 1) Amfitselalar kenja turkumi dumsizlar ichida eng primitivi bo’lib, umurtqalari amfitsel, unchauzun bo’lmagan qovurg’alari bor va dum muskullarining rudimenti saqlanadi. Ikkita to`rni o’z ichiga olgan bitta silliqoyoqlilar oilasi bor. Bu turlarning biri Yangi Zelandiyada ikkinchisi Shimoliy Amerikada tarqalgan. 2) Opistotselalar kenja turkumi vakillarining umurtqalari opistotsel tipda bo’ladi, qovurg’alari bor. Bu kenja turkum 2 ta oilani o’z ichiga oladi. Yumaloqtillilar oilasiga Yevropa va Osiyoda tarqalgan jyerlyankalar momo qurbaqalar kiradi. Pipalar oilasi Afrikada yashovchi pixli baqalarni , Janubiy Amerikaningtropik o’rmonlarida yashaydigan so`rinam pipasini o’z ichiga oladi. So`rinam pipasining bo’yi 20 sm ga yetadi. Ko’payishidan oldin urg’ochisining orqa tomonidagi terisi shishadi va chuqurchalar hosil qiladi, urg’ochisi kloakasini bo’rttirib, chuqurchalarg’a 40-100 ta ikra qo’yadi, erkaklari terini qorni bilan bosadi.
8
3) Anomotselalar kenja turkumiga chesnochnitsalar, butli baqalar va bir nechta ekzotik baqalar kiradi. Bularning umurtqalari protsel tipda (oldingi tomoni botiq, keyingi tomoni bo’rtib chiqqan) bo’ladi, erkin qovurg’alari yo’q. Anomotselalar Yevropa, Osiyo hamda Shimoliy Amerikada tarqalgan (1-rasm). 4) Protselalar kenja turkumi umurtqalarning protsel bo’lishi, qovurg’alarning yo’kligi, dumg’aza hamda urostil orasida juft birikuv bo’rtmasi borligi bilan xarakterlanadi. Qurbaqalar, kvakshalar va daraxtlarda yashovchi kaltabosh-lar oilalari kiradi. 5) Diplaziotselalar kenja turkumi o’z ichiga baqalar, torog’izlilar va polipedidalar oilalarini oladi
1 – rasm. O’zbekistonda uchraydigan dumsizlar turkumiga mansub qurbaqa
9
2 –rasm. Ko’l baqasining umumiy ko’rinishi.
3-rasm. Dumlilar turkumiga mansub tur 10
Hozirgi amfibiyalar gavdasining shakli uncha xilma_xil emas: ba’zilarining tanasi yapaloq – yelka qorin tomonidan qisilgan, keyingi oyoqlari oldingisiga nisbattan kuchli va uzun (dumsizlarda). Boshqalarining gavdasi cho’ziq boshi nisbattan kuchli , dumi uzun, oyoqlari teng va kalta (dumlilarda). Oyoqsizlarning gavdasi chuvalchangsimon, oyoqlari mavjud emas. Boshi tanasiga harakatchan birikadi. Boshining ikki yoniga bo’rtib chiqqan ko’zlari joylashadi. Ko’zida harakatchan qovoqlari bor. Bir juft burun teshigi ko’zining oldida joylashgan. Baqa ko’zining orqa tomonida nog’ora pardasi bor. Erkak baqa boshining ikki yon tomonida tovushni kuchaytiradiga pufakcha – rezanatorlar bo’ladi. Tananing yon tomonida to’rt barmoqli oldingi oyoqlari, besh barmoqli va suzgich pardali keyingi oyoqlari , tananing orqa tomonida kloakasi joylashgan bo’ladi
4- rasm. 1 – burun teshigi; 2 – qovoqlari; 3 – ko’zi; 4- nog’ora pardasi; 5 – oldingi oyog’i; 6 – yelka 7 – bilak; 8 – panjasi; 9 – keyingi oyoqlari; 10 – barmoqlari orasidagi parda; 11 – boldir; 12 – son ; Teri qoplag‘ichlari. Baqaning terisi yalang‘och bo‘lib unda shox suyak tangachalari bo‘lmaydi. Epidermisida ko‘p xujayrali shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bezlar ko‘p bo‘ladi. Shilimshiq modda terini qurib qolishdan saqlaydi. Terisi muxim nafas olish organi xamdir. Baqaning terisi boshidan oyog‘igacha gavdaga yopishgan bo‘lmay, malum joylardagina gavdaga yopishgan bo’ladi, shu joylarida limfa bilan to‘ldirilgan bo‘shliqlar bo‘ladi. Epidermisning pastki qatlamlarida va chin terida pigment hujayralari joylashgan. Amfibiyalarning rangi harxil funksiyani bajaradi:yashirinish,ogohlantrish va qo’rqitish. 11
Baqa terisi ko’p hujayrali bezlarga boy. Bezlar yopishqoq suyuqlik ajratadi va terini doimo ho’lllab turadi hamda uni qurib qolishidan saqlaydi. Teri bezlari ajratayotgan secret bezi turlarida zaharli yoki qitiqlovchi moddalardan tashkil topgan bo’ladi. SKELETI: Umurtqa pog‘onasidan, bosh skeletidan erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeletidan tashkil topgan.
Umurtqa pog‘onasi bo‘yin, tana, dumg‘aza va dum umurtqalariga bo‘linadi.O’qskeleti o’z navbatida 4 ta bo’limdan tashkil topgan: bo’yin, tana, dumg’oza va dum bo’limlari. Bo‘yin bo‘limi faqat bitta umurtqadan iborat bo‘lib, unda ko‘ndalang o‘simtalari va qo‘shiluv chuqurchasi bo‘ladi va shu chuqurchalar yordamida bosh skeletiga birikadi. Tana umurtqalari yettita bo‘ladi. Bularning xar biridan bir juftdan ustki yoylar ko‘ndalang va qo‘shiluv o‘simtalari chiqadi. Tana umurtqalarining oldingi tomoni ichiga botib kirgan, orqa tomoni esa bo‘rtib chiqqan, ya’ni protsel tipda bo‘ladi. Qobirg‘alari yo‘q. Dumg‘aza bo‘limida faqat bitta umurtqa bor. Uning ko‘ndalang o‘simtasiga chanoq suyagi birikadi. Dum umurtqalari biri-biriga qo‘shilib dum suyakchasi- urostilni xosil qiladi. 12
6– rasm. Baqaning o‘q sleti va chanog‘i: 1-bo‘yin qismi (bitta umurtqa); II- tana qismi; III- chanoq qismi;
IV-urostil. 1-tanasining uchinchi umurtqasidagi o‘simta; 2-shu umurtqaning oldingi qismidagi o‘simta; 3-birinchi bo‘yin umurtqasidagi birikish yuzasi;
Bosh skeleti. Miya qutisining ko‘p qismi tog‘ay xolicha qolib ketadi. Ensa qismida faqat ikkita yon ensa suyaklari bo‘ladi. Eshitish bo‘limida bir juft quloq suyaklari taraqqiy etadi. Ko‘z kosasining oldingi qismida toq ponasimon - xidlov suyagi bo‘ladi. Miya qutisining qoplovchi suyaklariga bir-biriga qo‘shilib ketgan tepa, peshona suyagi, burun suyagi bosh skeletining keyingi tomonidan o‘rab turuvchi tangacha suyaklari va miya qutisining tagini xosil qilgan parasfenoid va juft dimog‘ suyaklari kiradi. (7-rasmda) Visseral skeletining tanglay va qanotsimon suyaklari xam bosh skeleti tagini xosil qilishda ishtirok etadi. Ustki jag‘ funksiyasini suyakli baliqlardagidek jag‘ oraliq va ustki jag‘ suyaklari bajaradi. Pastki jag‘ mekkel tog‘aydan iborat bo‘lib, uni ustidan tish va burchak suyaklari yopib turadi. Jag‘ yoyining pastki elementi- gioid jabra yoylari bilan birga qo‘shilib, til osti plastinkasi va uning shoxlarini xosil qiladi. Juft oyoqlar skeleti o’zining tuzulishi hamda funksiyasiga ko’ra baliqlarning juft suzgich qanotlari skeletidan keskin farq qiladi.Amfibialarni erkin oyoqlar skeleti quruqlikda yashovchi umurtqali xayvonlarning oyoq skeletiga o‘xshash tipik besh barmoqli oyoqlar kabi tuzilgan. Bu skelet murakkab richag pininsipida tuzulgan bo’lib, uchida tipik beshta barmoq bo’ladi.
13
7-rasm Baqaning bosh skeleti: I—yukoridan ko‘rinishi; II—pastdan ko‘rinishi: 1- yon ensa suyagi; 2-peshona (tepa) suyagi; 3- burun suyagi; 4- jag‘lararo suyak 5-quloq oldi suyagi; 5-tangachasimon suyak; 7-parasfenoid; 8- soshnik 9- tanglay suyagi; 10- kanotsimon suyak ; 11- xidlash ponasimon suyagi; 12-jag‘ning ustki qismi; 13- jag‘ kvadrat suyagi; 14-ko‘rish nervi chiqadigan teshik 15- uchlamchi nerv teshigi. Bu skelet murakkab richag pininsipida tuzulgan bo’lib, uchida tipik beshta barmoq bo’ladi. Oldingi va keying oyoqlar 3 - ta asosiy bo’limdan tashkil topgan, shu bo’limlarning distal tomondagisi, o’z navbatida, yana 3 – ta kenja bo’limga bo’linadi.(1-jadval) Yelka kamari yoy shaklida, uchi qorin tomonga qaratilgan. Yoyning xar qaysi tomoni kurak ustki tog‘ayi, kurak suyagi korakoid va uning oldida joylashgan prokaroid suyaklaridan tashkil topgan. (8-rasm) Yoyning o‘rta sida to‘sh suyagi, to‘sh oldi suyagi bo‘lib bularning uchlari tog‘ay xolicha qoladi. To‘sh oldi va kurak o‘rtasida ingichka o‘mrov suyagi bor.
14
8-rasm. Baqa yelka kamarining oldindan ko‘rinishi. 1-to‘sh
suyagi; 2—
ko‘krak suyagining togayli orqa qismi; 3- korakoid; 4-
korakoid ustida
joylashgan o‘mrov suyagi; 5— ko‘krak oldi
kismi; 6-kuragi; 7-yelka va shonaning qo‘shilish joyi chuqurchasi (toq nuqtalar bilan kursatilgan)
Keyingi oyoq I bo’lim: yelka bitta yelka(humerus) suyagidan tashkil topgan II bo’lim: bilak 2 ta suyakdan - bilag suyagi (radius); bilag tirsak (ulna) III bo’lim: panja 3 ta kenja bo’limdan 1- Kenja- j bo’lim: bilaguzuk (carpus) 9-10 tasuyakchalardan tashkil topgan vauch qator bo’lib joylashgan 2- kenja bo’lim: qo’l
kafti (metakarpus) bir qator 5 ta uzunchoq suyaklardan iborat. 3- kenja bo’lim :barmoq falanga- lari(phalanges digitorum);har birida bir nechtadan suyak bor va uzunasiga o’rnashgan . Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling