Tabiiy fanlar
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
amfibiyalar biologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvda va quruqlikda yashovchilarning ahamiyati
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Navoiy davlat pedagogika instituti „Biologiya o’qitish metodikasi“ ta’lim yo’nalishi II B
- Ilmiy rahbar: Sohibnazarov.R.A.
- – kurs ta’labasi Kamolova Shahnoza Husniddin qizining “Amfibiyalar biologiyasi” mаvzusidа yozgаn kurs ishigа
- Biоlоgiya o`qitish metodikasi kаfеdrаsi o`qituvchisi: Baxadirova.U. B.
Oziqlanishi. Amfibiyalar deyarli bir hiddagi oziqlarni iste’mol qiladi. Ularning hammasi voyaga yetgan davrida har xil umurtqasiz hayvonlar - hasharotlar, chuvalchangdar, qisqichbaqalar, mollyuskalar bilan oziqlanadilar. Bizdagi amfibiyalar ichida eng kattasi bo’lmish ko’l baqasi yosh baqalarni yeydi 26
va ularni qirib yuboradi. Yashil baqalar ba’zan qush jo’jalariga, mayda kemiruvchilarga va baliqlarga hujum qiladi. Gigant salamandra baliqlar va ularning ikralari bilan oziqlanadi. Oyoqsizlar yer chuvalchanglari va chumolilarning tuxumlarini yeydi.Ko’pchilik dumsiz amfibiyalarning itbalig`i o’simliklar bilan, dumlilar va oyoqsizlarning lichinkalari hayvon organizmlari bilan oziqlanadi. Amfibiyalarning hayoti temperatura va namlikka bog`liq bo’lganligidan, ularning oziqlanishida ixtisoslashish uchun hech imkon byermagan. Тempyeratura bilan namlik darajasi o’zgarmay turadigan tropiklardagina ixtisoslashgan turlari uchraydi. Bu yerda ko’p turlar nuqul chumoli va tyermitlar bilan oziqlanadi.
almashtiradilar, chunki ularning ko’pi baliqlar singari tuxum tashlash va tuxumni tashqarida urug`lantirish yo’li bilan suvda urchish usulini saqlab qolgan. Bularning erkagi va urg`ochisi orasidagi farqlar unchalik bilinmaydi. Dumsizlarning ko’pchiligida erkaklari urg`ochisiga nisbatan kichik. Тaroqli triton erkaklarining bahor paytida orqa tomonida va dumlarida teri bo’rtmalari kuchli rivojla-nib, bunda qon tomirlarining zich to’ri paydo bo’ladi. Dumsizlarning erkaklari oldingi oyoq panjalarining ichki barmog`ida qadoqdar urchish davrida ancha rivojlanadi, u urg`ochisini ushlash va unga yopishishga imkon beradi. Amfibiyalar ko’payishiniig umumiy xususiyati ko’payish davrida tuxum qo’yish, tuxumning rivojlanishi va itbalig`ining yashash joyi suv muhitiga bog`liq bo’lishidir. Shubhasizki, bu hol amfibiyalarning baliqlar kabi birlamchi xususiyati bo’lgan. Keyinchalik ularda suvdan tashqarida ko’payishga imkon byeruvchi moslamalar paydo bo’la boshladi. Lekin bu imkoniyatlar ayrim turlariga xos bo’lib, ikkilamchi xarakgyerga egadir. Hozirgi
paytda yashayotgan amfibiyalarning hayot kechirishi va urchishi turlichadir. Dumli va oyoqsiz amfibiyalarda nasl uchun qayg`urish taraqqiyotning ancha yuqori bosqichida turadi. Bu amfibiyalarning ko’payishidagi progressiv xususiyatlar dumsizlar guruhi bilan raqobat qilishga imkon beradi. Masalan, 27
tritonlarning erkaklari bevosita urg`ochisini urug`lantirmasdan, spyermatofor deb ataladigan spyermatozoidli paketlarni suvga tashlaydi, bu paketlarni urg`ochisi kloakasi bilan to`tib oladi. Odatdagi tritonda nasl uchun qayg`urish birmuncha murakkabroq o’tadi, uning urg`ochisi ko’pincha har qaysi tuxumini suv o’simligi bargiga o’rab qo’yadi, natijada tuxum berkingan barg orasida qoladi, erkaklari tuxumni qo’riqlab yuradi. Oyoqsizlarning erkaklari quruqlikka qo’yilgan tuxumni g`avdasi bilan o’rab oladi. Zigotaning rivojlanishi to’g`risida dumsizlar misolida yuqorida gapirildi. Neoteniya. Dumli amfibiyalarning` bir qancha turlarida metamorfoz jarayoni yashash sharoitining xususiyatlari munosabati bilan birmuncha vaqggacha to’xtab qolishi yoki butunlay bo’lmasligi ham mumkin. Bu hodisa neoteniya deb ataladi. Neoteniya, ayniqsa, lichinkasi aksolotl deb ata-ladigan Amerika ambistomasida juda yaxshi namoyon bo’ladi. Barcha dalillarga ko’ra, dumli amfibiyalar metamorfozlanish layoqati-ni yo’qotgan neotenik lichinkalardan boshqa narsa emas. Masalan, Тexas g`orida yashovchi ko’r triton yoki o’pkasiz triton, protey, amfiuma va boshqa ko’pgana turlar allaqanday bir salamandraning lichinkasidir. Suvda va quruqlikda yashovchilarning ahamiyati. Suvda va quruqlikda yashovchilarning hammasi ma’lum darajada ahamiyatga ega. Avvalo, ular juda ko’p zararli umurtqasiz hayvonlarni, chunonchi, mollyuskalar, hasharotlar va ularning lichinkalarini qiradi va dalalarga, o’rmonu bog`larga katta foyda keltiradi. Yerda yashovchi turlarining oziqasi suvda yashovchilariga nisbatan ancha xil-ma- xildir. O’t baqasi o’rtacha bir sutkada 6 ta zararli umurtqasizlarni yeydi. Agar 1 ga maydonda 100 ta baqa yashasa, yez faslida 100 ming zararkunandani yo’q qiladi. Amfibiya ko’pincha yeqimsiz hid va ta’mli umurtqasizlarga qorong`ida va kechasi hujum qiladi va qiradi. Shu sababli bularning faoliyati qushlarning foydali faoliyatini to’ldiradi. Shu bilan birga aytish mumkinki, amfibiyalarning ahamiyati unchalik katta emas, chunki bularning soni juda kam va ayrim land-shaftlarda faqat ko’payish davrida oshishi mumkin. Bularning ikrala-ri, itbalig`i suvda yashaganligi sababli, ko’pgina ovlanadigan baliq-lar, o’rdaklar, qo’tonlar va boshqa qushlar
28
uchun oziqa hisoblanadi. Am-fibiyalar ko’pgina mo’yna byeruvchi hayvonlar yezgi oziq ratsionining asosiy qismini tashkil qiladi. Amfibiyalarning ba’zi turlari (salamandralar, baqalar) ko’pgina mamlakatlarda (Fransiya, Janubi-Sharqiy Osiyo, Amerika va boshqa) ovqat sifatida ishlatiladi. AQSh da maxsus fyermalar bor. Bu fyermalarda buqa baqa boqiladi va bu baqaning keyingi oyog`i ovqatga ishlatiladi, qolgan qismlari qayta ishdanib, mollarga ozuqa sifatida byeriladi. Amfibiyalarning biologiya va tibbiyot sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda laboratoriya hayvonlari sifatida ahamiyati nihoyatda kattadir, masalan, baqalar, salamandralar, tritonlar, aksolotllar ko’p ishlatiladi.Ba’zi joylarda amfibiyalar qisman zarar keltiradi. Sun’iy yo’l bilan baliq ko’paytiriladigan joylarda gala-gala bo’lib yuradigan ko’plab yosh baliqlarni ko’l Umuman olganda amfibiyalarni inson uchun axamiyati katta. Avvalo ular turli-tuman yerlarda yashab, zararkunandalarni qiradi va bog‘larga poliz va dalalarga, o‘rmon va o‘tloqlarga katta foyda yetkazadi. O‘t baqasi bir sutkada o‘rtacha 6 ta umurtqasiz xayvonni yeydi 6 oy davomida esa 1200 dona xashorat va molyuskalarni qiradi. Ikralari, itbalig‘i va voyaga yetgan amfibiyalar ko‘pchilik ovlanadigan baliqlar, o‘rdaklar va boshqa qushlar uchun yem bo‘ladi. Ba’zi mamlakatlarda (Fransiya, AQSh, Sharqiy Osiyo) baqa va salamandralarning go‘shtini odamlar istemol qiladilar. Baqa va triton biologiya va meditsina izlanishlarida juda xam ko‘p miqdorda labaratoriya xayvonlari sifatida ishlatiladi. Xamdo‘stlik mamlakatlari faunasida amfibiyalarni 8 turi qizil kitobga kiritilgan.Umuman olganda amfibiyalarni inson uchun axamiyati katta. Avvalo ular turli-tuman yerlarda yashab, zararkunandalarni qiradi va bog‘larga poliz va dalalarga, o‘rmon va o‘tloqlarga katta foyda yetkazadi. O‘t baqasi bir sutkada o‘rtacha 6 ta umurtqasiz xayvonni yeydi 6 oy davomida esa 1200 dona xashorat va molyuskalarni qiradi.
29
Xulosa Suvda va quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar xali suv muxiti bilan anchagina aloqasini saqlab qolgan birinchi quruqlikka chiqqan umurtqali xayvonlardir. Umurtqalilarning suv muhitidan quruqlik mumitiga chiqishi ularning yangi turli - tuman sharoitlarga duch kelishiga sabab bo’ladi. Natijada jabra bilan nafas olish o’pka bilan nafas olishga, suzgich qanotlari bilan harakat qilish organlari qattiq substratda tayanishga moslashgan ko’p richakli besh barmoqli harakat organlariga aylangan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar yuqori devon davrida qadimgi panja qanotli baliqlardan kelib chiqqan; ular baliqlar bilan haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar (amniotalar) o’rtasida oraliq o’rinni egallaydi. Stegotsefallar deb atalgan qadimgi amfibiyalar bosh qutisi skeleti 1 m gacha bo’ladi. Hozirda suvda hamda quruqlikda yashovchilar tana uzunligi 2 – 3 sm dan 1,8 m gacha . Amfibiyalar hozizda quruqlikda yashovchi umurtqalilar orasida eng soda tuzulgan bo’lib, skeletida tog’aylar ko’p. Dumli oyoqsizlarning ikkala juft oyoqlari ko’krak qafasi bo’lmaydi; og’iz bo’shlig’i tubidagi muskullarning qisqarishi tufayli havo o’pkaga o’tadi. Ayrim salamadralarda o’pka bo’lmaydi. Aksariyat ko‘pchilik turlarini tuxumlari qattiq po‘st bilan qoplangan va faqat suvda rivojlanadi. Lichinkalari (itbalig‘i) faqat suvda yashaydi. Xayoti davomida ular o‘z boshidan metomarfoz davrini o‘tkazadi, ya’ni itbaliqdan quruqlikda yashaydigan xolga aylanadi. Buning natijasida jabra yo‘qolib, uning o‘rniga o‘pka xosil bo‘ladi, oyoqlar rivojlanadi. Amfibiyalar sovuqqonli hayvonlar guruhiga kiradi. Bularning hayoti tashqi muhit temperaturasi va namligiga bog’liq. Tashqi tuzulishi quruqlik muhitida yashashga moslashgan. Quruqlikda harakatlanish natijasida oyoqlari rivojlangan. Keyingi oyoqlari panjasi orasida pardalar rivojlangan bo’lib , ular suv muhitida harakatlanishga yordam beradi. Ko’zi hamda burun teshgi suvdan tashqariga chiqib turadi. Quruqlikda orqa oyoqlariga tayangan holda sakrab harakatlanadi .Suvda esa orqa oyoqlarini dam – badam bukib yozish 30
orqali harakatlanadi. Dumlilar turkumi vakillarning oyoqlari tanasining ikki yonida joylashgan va bir xil uzunlikda bo’ladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar zararkunanda ekosistemalar asosiy komponenti bo’lib , ko’pchilikumurtqasizlarning sonini cheklab turishda va boshqahayvonlarga oziq sifatida katta ahamiyatga ega. Dumsizlarning ayrim turlari bir qancha mamlakatlarda iste’mol qilinadi. Ayrim suvda hamda quruqlikda yashovchilar laboratoriya hayvonlari sifatida ahamiyatga ega. Suv havzalarining ifloslanishi tufayli ayrim turlari soni kamayib bormoqda. 41 turi va kenja turi xalqaro qizil kitobga kiritlgan,
31
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Naumov S.P. - «Umurtqalilar zoologiyasi», darslik. T., «O’qituvchi», 1995 2. Laxanov J.L.«Umurtqali hayvonlar zoologiyasi ». T. «O’qituvchi»2005 3. .Dadayev S., To’ychiyev S., Haydarova P. “Umurtqalilar zoologiyasidan laboratoriya mashg’ulotlari”. O’quv qo’llanma. O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti. T., 2006, 224 b. 4. Laxanov J.L. – «Umurtqali hayvonlar zoologiyasi», o’quv qo’llanma. Samarqand, 1991. 5. Muxsimov A., Solixboev I.K., Ayupov A.N. – Umurtqalilar zoologiyasidan dala-o’quv amaliy mashјulotlari uchun uslubiy qo’llanma. T., Universitet, 1994. 6. Mavlonov O.., G.K. Kamolov «Zoologiya» maktab darsligi . T. «O’qituvchi», 1995 7. Laxanov J.L.«O’zbekistonning umurtqali hayvonlari aniqlagichi». T. «O’qituvchi»2005 8. O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” 2-jild T.2003,2006 9. www.ziyouz.com kutubxonasi.
32
Xulosa. Men ushbu kursishini yozib Amfibiyalar sinfi biologiyas i
haqida juda ko’p malumotlarni o’rgandim. Shuningdek amfibiyalarning tashqi tuzulishi, sistematikasi, ichki tuzulishi, ko’payishi, kelib chiqishi va ularning ahamiyati haqdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqdim. Kurs ishi kirish, asosy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, kurs ishining kirish qismida Suvda hamda quruqlkda yashovchilarga umumiy ma’lumot berib o’tdim. Asosiy qismda esa amfibiyalarning sistematikasi, tashqi va ichki tuzulshi, ko’payishi va rivojlanishi, kelib chiqishi, iqtisodiy ahamiyati hamda ekalogiyasi haqidagi ma’lumotlarni yoritib , o’z fikr mulohazalarimni aytb o’tdim. Xulosa qilib aytganda, kurs ishini yozishda bir necha adabiyotlardan foydalanib mavzuning asosiy mazmunini, maqsad hamda vazifasini to’liq yoritishga harakat qildim.
33
ta’lim yo’nalishi II B kurs guruh talabasi Kamolova Shahnoza Husniddin qizining „Amfibiyalarning biologiyasi“ mavzusidagi kurs ishiga
Xulosa Kamolova Shahnoza Husniddin qizining „Amfibiyalarning biologiyasi“ mavzusidagi yozgan kurs ishisi reja asosida yozilgan bo’lib, dastlab kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iboratdir. Kamolova Shahnoza Husniddin qizi yozgan kurs ishining kirish qismida Suvda va qurulikda yashovchilar sinfi haqida dastlabki malumotlar berib o’tilgan. Asosiy qismda: amfibiyalarning sistematikasi, tashqi va ichki tuzulshi, ko’payishi va rivojlanishi, kelib chiqishi, iqtisodiy ahamiyati hamda ekalogiyasi haqidagi ma’lumotlarni yaxshi yoritib bergan Talaba kurs ishini yozishda bir necha adabiyotlardan foydalanib mavzuning asosiy mazmunini, maqsad hamda vazifasini to’liq yoritishga harakat qilgan. Kurs ishining asosan mazmuni va sifati jihatidan kurs ishining barcha talablariga javob beradi. Talaba Kamolova Shahnozaning „ Amfibiyalarning biologiyasi“ mavzusidagi yozgan kurs ishini ijobiy baholayman va himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: Sohibnazarov.R.A. 34
o`qitish metodikasi tа’lim yo’nаlishi II B – kurs ta’labasi Kamolova Shahnoza Husniddin qizining “Amfibiyalar biologiyasi” mаvzusidа yozgаn kurs ishigа T А Q R I Z Kamolova Shahnoza Husniddin qizining “Amfibiyalar biologiyasi” mаvzusidа berilgan kurs ishi “Umurtqalilar zoologiyasi” va zoologiya fanlarida bular to`g`risida bir qancha ma`lumotlar o`rganilgan. Kurs ishi kirish, 4 ta bob, хulоsа vа аdаbiyotlаr ro’yхаtidаn ibоrаt. Ishning kirish qismidа amfibiyalarga umumiy tavsif berilgan, asosiy qismda esa amfibiyalarning tashqi va ichki tuzilishi, ko’payishi, ekalogiyasi va ahamiyati hаqidа mа’lumоt bеrgаn.
Kamolova Shahnozaning kurs
ishida birinchi bobini yoritishda amfibiyalarning morfologik xususiyatlari to`g`risida batafsil to`xtalib o`tgan, jumladan amfibiyalarning dumlilar hamda dumsizlar turkumlari haqida yoritilib, ularni rasmlar asosida izohlagan.Keyingi boblarida esa amfibiyalarning anatomik tuzulishi, ekalogiyasi haqida ma’lumotlar batavsil yoritilgan. O’nga yaqin adabiyotlardan hamda internet ma`lumotlaridan foydalangan.
Kurs ishi Оliy o’quv yurtlаridа bаkаlаvr bаjаrishgа qo’yilgаn tаlаblаrgа jаvоb bеrаdi deb hisoblayman va Kamolova Shahnoza Husniddin qizining “Amfibiyalar biologiyasi ”mаvzusidаgi kurs ishini ijоbiy bаhоlаyman. Biоlоgiya o`qitish metodikasi kаfеdrаsi o`qituvchisi: Baxadirova.U. B. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling