Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi
Download 333.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- VI bob. ZAMONAVIY BIOLOGIYA 6.1. Hayotning paydo bo‘Iishi konsepsiyasi
mini qora tuynuklargu
qiyos qiladi. Ular yemirilganda odatdagi materiya va nurlanishga aylanishadi. I.Prigojin modelida zarrachalarning tug‘ilish tezligiga proporsi- onal bo‘luvchi entropiyaning paydo bo'lishi ko‘rsatilgan. Fazo- vaqtning almashinuvi entropiya hosil qiladi. Avvalo fazo-vaqt paydo bo‘lib, keyin u zarrachalami yaratadi. Shunday qilib, vakuumdan moddaning hosil bo‘lishi ketma-ketligi quyidagicha: Spontan fluktuatsiya bifurkatsiya nuqtasi mini qora tirqish- lar fazo-vaqt —* zarrachalar. Nazorat savollari 1. Ikki yoqlama aloqali tizimlar to ‘g ‘risida tushincha bering. 2. Kibernetika haqida m a'lum otlar bering. 3. Informatika nimani o'rganadi? 4. Kibernetika va uning boshqa sohalar bilan aloqasi. 5. Modellashtirish haqida nimalarni bilasiz? 6. Kimyoda-tebranma reaksiyalar haqida tushincha bering. 7. Muvozanatsiz tizimlarning muvozanatlilardan farqi ni- madan iborat? 8. Sinergetika nimalarni o ‘rganadi? 66 VI bob. ZAMONAVIY BIOLOGIYA 6.1. Hayotning paydo bo‘Iishi konsepsiyasi Hozirgi zamon tabiatshunoslik fani oldida turgan eng murakkab va ayni paytda eng qiziqarli masala - bu hayotning vujudga kelish masalasidir. X o‘sh, tiriklik nima va tirikmas tizimdan qanday farq qiladi? Ashyoviy, strukturaviy va funksionallik nuqtayi nazaridan bir necha fundamental farqlar bor: • Ashyoviy unsurlar sifatida solishtirilsa, tirik tabiat tarkibiga albatta yuqori darajada tartiblangan makromolekulali organik birik- malar, ya’ni biopolimerlar deb ataluvchi oqsil va nuklein kislota (DNK va RNK)lar kiradi. • Strukturaviylik bo’yicha taqqoslansa, tirikmaslardan hu- jayraviy tuzilishi bilan farq qiladi. • Funksionallik bo'yicha taqqoslansa, tirik tanalarda o ‘z- o ‘zidan ko'payish qobiliyati mavjudligi m a’lum b o iad i. Barqarorlik va ko'payish tirikmas tabiatga ham xos. Lekin tirik tanalarda o ‘z- o ‘zini ko‘paytirish jarayoni bor. Ya’ni ularni nimadir ko‘paytirmaydi, balki ularning o ‘zlari bu vazifani erkin bajaradilar. Bu mutlaqo yangi prinsipial holat hisoblanadi. Shuningdek, tirik tizimlarda modda almashinuvi, o ‘sish va rivoj- lanish xususiyati, o ‘zining tarkibini, bajaradigan funksiyalarini faol boshqarish va takomillashtirish qobiliyati, harakat qilish imkoniyati, ta ’sirlanish muhitga moslashish xususiyatlari mavjud bo’ladi. Biroq, tirik va tirikmasni ilmiy jihatdan aniq chegara bilan ajratish mushkul ish hisoblanadi. Masalan, boshqa organizmning hujayradan tashqarida mavjud boMgan viruslari hech qanday tiriklik xususiyatiga ega emas. Ularda meros sifatida o ‘tuvchi apparat bor, lekin modda almashinuvini amalga oshiruvchi - fermentlar mavjud emas. Shu sa- babli ular boshqa organizmdagi fermentlar tizimidan parazitlarcha foydalanib o ’sishlari va ko‘payishlari mumkin. Shularni e ’tiborga ol- gan holda viruslami tirik yoki tirikmas deyish muammoli ko‘rinadi. Ularni oraliq tizim deb olish mumkin. 67 Hayotning paydo bo'lishi masalasini oydinlashtirish bo‘yicha Download 333.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling