Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi


Download 333.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/95
Sana20.10.2023
Hajmi333.38 Kb.
#1712027
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95
Bog'liq
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X

muvozanat bo‘sag‘asi
(chegarasi) 
hosil bo‘ladi.
Shu bo‘sag‘adan o'tgach tizim 
bifurkatsiya
nuqtasi deb ataluvchi 
kritik holatga tushib qoladi. Unda tizim fluktuatsiyaga nisbatan be- 
qaror bo'lib qoladi va u muvozanatning yangi shakli, ya’ni yangi 
modda holiga o'tishi mumkin. Tizim. evolyutsiyaning bir necha yo'li 
oldida ikkilanib qolgandek bo‘ladi. Bu nuqtada kichik fluktuatsiya 
mutlaqo yangi y o ‘nalishda ketuvchi evolyutsiya sababchi bo'lishi, 
tizim xulq-atvorini o ‘zgartirib yuborishi mumkin. Ana shu jarayon 
voqea
deb qabul qilinadi.
A trof-dunyom izda bosh rolni tartib, barqarorlik va muvozanat 
emas, balki beqarorlik va notekislik o ‘ynaydi, y a ’ni barcha tizim ­
lar tinim siz fluktuatsiyalanadi. Bifurkatsiya nuqtasida fluktuatsiya 
shunday kuchga (ta’sirga) ega bo'ladiki, tizim ning tashkiliy po-
64


tensiali dosh bermaydi va vayron bo'ladi. Bundan so ‘ng tizim ning 
holati xaotik yoki dissipativli struktura bo'lishini prinsip jihatdan 
aytish mumkin emas.
Sinergetika
XIX asrning klassik termodinamikasi issiqlikning 
mexanik ta’sirini o ‘rgandi va u asosan muvozanatga intiluvchi berk 
tizimlar ustida tadqiqotlar olib bordi. XIX asr termodinamikasi esa 
muvozanatdan yiroq bo‘lgan ochiq tizimlami o'rganadi. Bu yo‘nalish 
sinergetika (hamkorlik, birgalikdagi harakat) nomini oldi.
Sinergetika
tiriklik tabiat uchun o ‘zidan harakatlanish prinsipi- 
ni shakllantirib, oddiy tizimdan murakkab tizimlarning yaratilishini 
ko‘rsatdi. Sinergetika bilan fizika inqilobiy yaqinlashishga oid ilmga 
ega bo'ldilar. U makrodunyo uchun ham tasodifiylikni joriy etdi. Si­
nergetika nisbiylik nazariyasining xulosasini, ya’ni modda va energi- 
yaning bir-biriga almashinuvini tasdiqladi.
Sinergetika nuqtayi nazaridan xuddi energiya kristallar shaklida, 
kinetik energiyadan potensial energiyaga aylangandek qotib qoladi. 
Modda - bu qotib qolgan energiya. Energiya yangi strukturalar 
yaratish uchun lozim bo‘lgan ishni bajarish qobiliyatni xarakterlov- 
chi tushunchadir.
Entropiya - moddada bor bo'lgan bog'lanish energiyasining miq- 
dorini ifodalash shaklidir. Energiya yaratuvchi, entropiya - ijod dara­
jasi. U natijani xarakterlaydi.
Sinergetika tabiatda evolyutsiya nima hisobiga ro‘y berishi savoli- 
ga javob beradi. Qayerdaki, yangi strukturalar yaratilsa, u yerga albat- 
ta energiya uzatilishi va tashqi muhit bilan o'zaro almashinuv sodir 
b o iib turishi lozim bo'ladi. Agar biz osmon jismlari evolyutsiyasidan 
ishlab chiqarish natijasini ko‘rsak, sinergetikada tabiatning ijod jara- 
yonini kuzatamiz. Sinergetika nisbiylik nazariyasining xulosasini tas­
diqladi: energiya yuqori saviyali tizimlami yaratish qobiliyatiga ega.
Sinergetikada taraqqiyot, sifat jihatdan mutlaqo yangi, ya’ni tabiatda 
hozirgacha bo'lmagan va boiishi mumkinligini bashorat qilishning ham 
iloji bo'lmagan - bir tizimning shakllanish jarayoni sifatida tushiniladi.
XXI asrga kelib, kibernetika tafakkurning tug'ilishi muammosini, 
sinergetika esa moddaning paydo bo'lishi muammosini hal qilishga
65


bevosita kirishdi. Ularning hosil b o iish mexanizmi sifatida spon- 
tan 
(o ‘z-o‘zidan) hosil bo'luvchi fluktuatsiya, bifurkatsiya nuqta- 
sidagi voqeylik, tayinli vaqtgacha kuzatiladigan eksponensial jarayon 
kabilar olingan. Eynshteyn tenglamasi nafaqat fazo-vaqt va materiya 
orasidagi bogianishni va, shuningdek, entropiya bilan bog‘lanishni 
ham ifodalaydi. Beqarorlik tushunchasi eng asosiy hisoblanadi. Agar 
nimadir bor bo‘lsa, unda barqarorlik bo‘lishi mumkin emas. Spontan 
fluktuatsiya hosil bo‘ladi. Shunday qilib, xaos (beqarorlik)dan kos- 
mos tug‘iladi. Bunda, maydon m a’lum bir paytgacha kechiradi. Zar- 
rachalar sinergetikada bayon qilingan model bo‘yicha tug‘iladi.
Hosil bo‘lgan dastlabki zarrachalar beqaror elementar zarrachalar 
bo‘lib, ular tinchlikdagi massaga ega emas edilar. Yashash vaqtlari 
ham juda kichik bo‘lgan. Keyin ular stabil zarrachalarga, y a’ni hozir- 
da mavjud b o ig a n zarrachalarga aylanganlar. Beqaror zarrachalami 
I.Prigojin 

Download 333.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling