Tabiiy gazni qayta ishlashga tayyorlash uskunalari tasnifi
Download 22.54 Kb.
|
Tabiiy gazni qayta ishlashga tayyorlash uskunalari tasnifi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Past haroratli ajiratish jarayoni va unda qo’llaniladigan qurilmalar.
- Sovuqlik olish usullari.
Tabiiy gazni qayta ishlashga tayyorlash uskunalari tasnifi Tabiiy gazni qayta ishlashga tayyorlash uskunalari tasnifi 1. Gazlarni past haroratda ajiratish jarayonida qo’llanilayotgan sovutuvchi mashinalar. 2. Gazlarni past haroratda ajiratish jarayini va unda qo’llaniladigan qurilmalar. Tayanch iboralar: drossel, past haroratli ajratish, Joul-Tomson effekti, adiabatik jarayon, rektifikasiya. Mavzu: Past haroratli ajiratish jarayoni va unda qo’llaniladigan qurilmalar. 1. Sovuqlik olish usullari.. 2. Gazlarni past haroratda ajiratish jarayini va unda qo’llaniladigan qurilmalar. Tayanch iboralar: drossel, past haroratli ajratish, Joul-Tomson effekti, adiabatik jarayon, rektifikasiya. Sovuqlik olish usullari.Individual uglevodorodlar bo‘lgan etan, propan va suyultirilgan gazlarga bo‘lgan talabning oshishi gazni qayta ishlashda past haroratli jarayonlarga ulushini ortishiga olib keldi. Gazni ajratish uning komponenentlarining fizik-kimyoviy xossalari turlicha bo‘lishiga asoslangan. Hozirga vaqtda past haroratli jarayonlarda quyidagi texnologik sxemalar qo‘llaniladi: 1. Tashqi sovutish siklli – bunda sovutish jarayonida maxsus sovutuvchi moddalar-sovutuvchi agentlar aylanma siklda harakatlanadi. Bunda nafaqat bir komponetli (propan, etan, etilen, ammiak va boshqa.) balki, ko‘p komponentli (uglevodorodlar aralashmasi) sovutuvchilar ham ishlatiladi. 2. Ichki sovutish siklli – bunda texnologik oqimni drosselash (izoentalpiyali) yoki detanderli (izoentropiyali) kengayishi hisobiga sovuqlik olinadi. 3. Kombinasiyali sovutish siklli – boshlang‘ich bosqichda tashqi sovutuvchini ishlatib, keyin oqimni drosellash yoki detanderlash amalga oshiriladi. Bizga ma’lumki, harorati yuqori jismdan past jismga o‘z-o‘zidan harorat o‘tishi kuzatiladi. Sovuqlik olish esa harorati past jismdan harorati yuqori jismga o‘tishi bilan amalga oshadi, va bunda sovuqlikni ish sarflamasdan olib bo‘lmaydi. Past haroratli jarayonlarda aylanma harakat qiluvchi harorat tashuvchi ishchi moddalar – sovutkichlar qo‘llaniladi. Agar sovutuvchi sifatida tashqi muhit haroratidan kritik harorati yuqori bo‘lgan gazlar ishlatilsa past sovutish, nisbatan past bo‘lgan gaz ishlatilsa, chuqur sovutish deb ataladi. Bu ikki jarayonning bir-biridan farqi, past sovutishda sovutkichni ma’lum bosimgacha siqilganda harorati tashqi muhit (havo yoki suvga) berilib kondensasiyalansa, chuqur sovutishda tashqi muhit haroratidan past haroratgacha sovutish talab etiladi. Past sovutishda pastki harorat chegarasi (minus 1200C) sovutuvchi agent sifatida etilendan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Sovutuvchini siqish darajasi va ishchi siklda uning holatini o‘zgartirish uchun quyidagi sovutish qurilmalari ishlatiladi: -bug‘ kompressorli sovutish mashinalari (porshenli, turbinali yoki vntli kompressorlar orqali siqilib, gaz kondensasiyalanadi); -gazkompressorli sovutish mashinalarida sovutuvchi siqish amalag oshirilmasdan kondensasiyalanadi; - absorbsiyali sovutish mashinalarida sovutuvchi agent termokompressor yordamida siqilib, suyuq holatga keltiriladi. Past haroratli jarayonlar chuqur sovuqlik olishda quyidagi; -texnologik oqimlarni drosselash (izoentalpiyali) yoki detanderli (izoentropiyali) kengayishi hisobiga sovutiladigan ichki sovutish sikllari; - kaskadli sovutish sikllari; - kombinasiyali sovutish sikllari qo‘llaniladi. Tashqi ishni uzatish orqali gazning kengayishi maxsus detander-mashinalarida amalga oshiriladi. Detander atamasi fransuzchadan detandre – siqilgan oqimni kengaytirish ma’nosini beradi. Nazariy jihatdan bu jarayon to‘liq qaytar bo‘lishi mumkin, ya’ni doimiy entropiya sharoitida kechadi. Detanderda gazning kengayishi jarayoni tashqi muhit bilan issiqlik almashmasdan amalga oshib, ya’ni adiabatik jarayon bo‘lib hisoblanadi. Gazni drosselash yoki uni adiabatik kengayishi natijasida gazning hajmiy energiyasi pv va molekulalar aro tortishishi kuchi o‘zgarishi natijasida haroratini o‘zgarishi amalga oshadi. Detanderli agregat yordamida amalga oshadigan jarayon gazni tashqi ish bajarish orqali kengayishiga asoslangan. Download 22.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling