Tabiiy geografik tushunchalarni shakllantirish


Iqtisodiy geografik ekskursiyalar


Download 370.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana16.03.2023
Hajmi370.27 Kb.
#1278677
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TABIIY GEOGRAFIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH

1.2 Iqtisodiy geografik ekskursiyalar.


 
Iqtisоdiy gеоgrаfiyadаn ekskursiya uyushtirishdа uning asosini 
quyidagi vazifalar tashkil etadi. 
1.Kirish suhbаti, kоrхоnа mа’muriyati хоdimdlаri bilаn suhbаt. 
2. Tаnlаngаn оb’еkt mаhаlliy iqtisоdiy rаyоn tаrmоqlаrigа kirishi. 
3. Kоrхоnа strukturаsi bilаn tаnishishlаri. 
4. O’quvchilаrning mustаqil ishlаrini tаshkil qilishi. 
5. Yakuniy suhbаt vа h.klаr.
Korxonalarga uyushtirilgan ekskursiyalarda o’quvchilar mazkur 
rayon xalq xo’jaligining bir qismi sifatida korxonaning ekonomikasi, 
korxonaning ishlab chiqarishdagi mavqei, shuningdek xo’jalikning muayyan 
sohadagi ishlab chiqarishning xususiyatlari bilan tanishtiriladi
Muzeyda o’rganiladigan buyumlar tabiiy holatda emas, balki sun’iy 
sharoitda, ko’rgazmalarga to’plangan eksponatlar shaklida bo’ladi. Muzeyda 
juda ko’p material to’planganligidan faqat dars temasiga taalluqli 
ko’rgazmalargina o’rganiladi. Ulkani o’rganish muzeylari o’z o’lkasini 
o’rganish uchun muhim axamiyatga ega. 
Ekskursiyadа yig’ilgаn mаtеriаllаr o’quvchilаr bilаn birgаlikdа 
umumlаshtirilаdi, eng muhim bilimlаr, tushunchаlаr tаkrоrlаnishi zаrur. 
Gеоgrаfiya tа’limidа prеdmеt ekskursiyalаrdаn tаshqаri, dаsturdаn tаshqаri 
ekskursiyalаr hаm mаvjud. Mаktаblаrdа kоmplеks ekskursiyalаr hаm 


uyushtirish mumkin, bundа biоlоgiya, fizikа, kimyo, tаriх, iqtisоd 
o’qituvchilаri hаm qаtnаshаdilаr. Kоmplеks ekskursiyalаridа bir nеsа sinf 
o’quvchilаri ishtirоk etаdilаr. Kоmplеks ekskursiyalаridа yig’ilgаn 
mаtеriаllаr qаytа ishlаnаdi vа kоnfеrеntsiya bilаn yakunlаnаdi.
Ekskursiyalar o‘tkazish metodlari 

oldindan ko‘rib chiqish; 

ko‘rish orqali rekonstruksiyalash; (qayta jonlantirish) 
- voqealarni lokalizatsiyalash; (bir biri bn bog`lash) 

ko‘rganlarni taqqoslash va boshqalar 
Avval aytib o‘tilganidek, ekskursiya bu jonli tabiat, tarixiy joylarni 
ko‘rsatish va ularning ushbu o‘lka iqtisodiyoti, madaniyati, tabiyatida tutgan 
o‘rni haqida hikoya qilish bilan harakterlanadi. Ekskursiyaning bu ikki 
elementi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. U yoki bu obektlarning mavjudligi 
hikoya mazmunini belgilaydi, hikoyaning o‘zi esa, ko‘rsatish uchun aniq 
obektning mavjudligini talab qiladi. Lekin shuni yodda tutish kerakki, 
ekskursiya uchun eng muhimi ko‘rsatish, namoyish etishdir. U aniq bir reja 
texnologik xarita asosida olib boriladi. Namoyish etish-obektlar tahlili
zaruriy tushuntirishlar, xulosalar bilan to‘ldiriladi. 
V.A.Sichinava 
fikricha, 
ekskursiyada 
muhim rol o‘ynaydigan 
ko‘rgazmali vositalar 3 turga bo‘linadi: 


1. Ekskursiya marshrutidagi haqiqiy (asosiy) ekskursiya obektlari; 
2. Qo‘shimcha illyustrativ materiallar; 
3. O`qituvchining ko`rgazmali hikoyalari; 
O’lkashunoslik ekskursiyalari. O’lkashunoslik ekskursiyasining maqsadi 
maktab atrofiga (ma’muriy rayon doirasida) yaqin joyning tabiati, xususiyati 
va aholisining xo’jalik faoliyatini o’rganish va tadqiq qilishdan iboratdir. 
O’lkashunoslik ekskursiyalari mazmuni, tabiatni chuqur sinfdan tashqari 
vaqtda o’tkazilishi va ixtiyoriyligi bilan o’quv ekskursiyalaridan farq qiladi. 
O’lkashunoslik ekskursiyalari o’z rayoni tabiatini har tomonlama o’rganish
maqsadida ham, yoki uning biron elementini o’rganish .maqsadida ham 
uyushtirilishi mumkin. Ta’lim ishlarida o’quvzkskursiya materiallaridan 
qanday foydalanilgan bo’lsa, o’lkashunoslik ekskursiya materiallaridan xam 
shunday foydalaniladi. Bu ekskursiya vaqtida to’plagan materiallar asosida 
maktab o’lkashunoslik muzeyini tashkil etish mumkin. 

Download 370.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling