Tabiiy geografik tushunchalarni shakllantirish


Download 370.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana16.03.2023
Hajmi370.27 Kb.
#1278677
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TABIIY GEOGRAFIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH

Ekskursiya marshruti - bu ekskursiya guruhi bosib o‘tadigan yo‘l. 
Marshrut ixcham, har bir obektga 10-15 daqiqa vaqt ajratilib, ishlab chiqilishi 
kerak. Marshrut xronologik, tematik va tematik-xronologik tartibda tuziladi. 
Obektlar har joyda joylashganligi sababli xronologik tartibga rioya qilish 
qiyin bo‘ladi. Shuning uchun tematik marshrut tuzish osonroq bo‘ladi. 
Marshrutni tuzishda obektlardan takroriy harakatlanishga yo‘l qo‘ymaslik 


kerak. Lekin bunga ham hamma vaqt erishib bo‘lmaydi. Marshrutni ishlab 
chiqish ekskursiya marshruti sxemasini tuzish bilan yakunlanadi (ko‘cha va 
maydonlar nomi, avtobusdan tushish joyi, avtobus tezligi- sekin-30km.s; 
o‘rta-40-50km.s; tez-60—km.s). Ekskursiya marshruti tasdiqlangandan 
so‘ng ijodiy guruh ekskursiya matnini tuzishni boshlaydi. Ekskursiya 
amaliyotida u asosiy matn (kontrolniy tekst) deyiladi. Unga ijodiy guruh 
ishlab chiqqan ekskursiyani olib borish uchun barcha materiallar kiritiladi. 
Eng muhim malumotlar tanlanib, xulosalar qilinadi. Asosiy matnda 
foydalaniladigan materiallar manbaini ko‘rsatish zarur. 
Matn ham xronologik tartibda va ham ekskursiya obektlarining marshrut 
bo‘ylab joylashganligiga qarab tuzilishi mumkin, yani, mavzular yoritilishi 
ketma-ketligiga qarab. Asosiy matnda shuningdek, chiqishlar, xulosalar, 
mavzular orasidagi mantiqiy o‘tishlardan tuzilgan materiallar ham kiritiladi. 
Unda mavzuga taaluqli, lekin ekskursiyani ishlab chiqishda nazarda 
tutilmagan obektlar ham kiritilishi mumkin. Bu keyinchalik o‘sha mavzuda 
ekskursiya variantlarini ishlab chiqishda kerak bo‘ladi. Ijodiy guruhning 
barcha azolari, keyinchalik ushbu mavzuda ekskursiya olib bormoqchi 
bo‘lgan o`qituvchilar ham o‘zlarining individual matnlarini tuzadilar. Ular 
asosiy matnga mos kelishi, materiallarni hikoya qilish tartibi esa, marshrut 
obekti qanday tartibga joylashganligiga qarab, hikoya qilinishi shart. 

Download 370.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling