Tabiiy iqlim sharoiti


Avtomobil yo‘lini ta’mirlash texnologik jarayonlari xaritasini tuzish


Download 1.05 Mb.
bet19/26
Sana03.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1744073
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
XIKMATOV.G\' III toifa

Avtomobil yo‘lini ta’mirlash texnologik jarayonlari xaritasini tuzish
Qashqadaryo viloyatida joylashgan 4 km yo‘l uchastkasida yo‘l qoplamasini mustahkamligini tiklash uchun kerakli jarayonlar belgilab, asosiy qo‘llaniladigan ta’mirlash, saqlash uchun zarur mashina-mexanizmlarning ish unumdorligi aniqlab, materillarga bo‘lgan talablarni hisoblab chiqilgandan so‘ng, texnologik xaritani chizishga kirishdim. Yo‘l qoplama ustki qatlamini tiklash texnologik xaritani tuzishda mavjud normativlar talablari asosida bajardim. Tanlangan mashina-mexanizmlarning ish ko‘lami etakchi mexanizm ish unumdorligiga asoslanib hisoblab chiqildi. Yo‘l qoplama ustki qatlamini tiklash uchun hisoblangan ish ko‘lami va unga kerakli bo‘lgan mexanizmlar, materiallar miqdorini inobatga olgan holda texnologik xarita tuzdim.
Ish ko‘lami etakchi mexanizm ish unumdorligiga asoslanib hisoblab chiqiladi. Karerdan grunt va tosh materiallari tashib keltirishda asosan etakchi mexanizm ekskovator xisoblanadi. ABZ va SBZ lardan keltiriladigan materiallarni olib kelib yo‘l to‘shamasi yotqizilayotganda aksariyat hollarda quvvati yuqori zavodlardan keltirilganda asfaltyotqizgich etaksi mexanizm bo‘ladi. Texnikasi kam qurilish tashkilotlarida avtosamosval xam etaksi mexanizm bo‘lishi mumkin.
Yo‘l poyini yo‘l to‘shamasini qurish uchun hisoblangan ish ko‘lami va unga kerakli bo‘lgan mexanizmlar, materiallar miqdorini inobatga olgan holda texnologik xarita tuziladi. Unda mashina va mexanizmlar markasi, soni va ish soati ko‘rsatiladi.
Tuzilgan xaritaning barcha bandlari aniq va ravon to‘ldirilishi talab etiladi.

Avtomobil yo‘lini qurishda texnologik jarayonlarning chizikli kalendar grafigi tuzish.
CHizikli kalendar grafigi ta‘mirlanayotgan yo‘lning butun uzunligi bo‘yicha chiziladi. CHiziqli kalendar grafigi ishlab chiqarishda juda muxim o‘rin tutudi. CHunki chiziqli kalendar grafigi qurilish muddatining qaysi paytida aynan qanday ish bajarilayotganini aniq ko‘rsatadi. CHiziqli kalendar grafigi shunday tuzilishi kerakki vaqtdan unumli foydalanish maqsadida bir ish tugashini xisobga olib, bu ish tugamasdan turib keyingi ishni bajarishga kirishish mumkin. CHunki ayrim qurilish jarayonlari bir biriga bog‘liq emas. Masalan yo‘l yoqasini mo‘staxkamlayotgan paytda bu jarayonni tugashini kutib o‘tirmasdan bir vaqtning o‘zida qurib bo‘lingan qoplama yuzasiga yo‘l chiziqlarini chizishni amalga oshirish mumkin.
Menga berilgan Qashqadaryo viloyati hududidagi 8 km lik yo‘l uchatkasida yo‘l qoplamasini TEK tiklash ishlari uchun yo‘lning butun uzunligi bo‘yicha chizdim. Bajariladigan barcha jarayonlar, ishtirok etuvchi mashina mexanizmlar ko‘rsatildi. Ordinata o‘qi bo‘yicha kun, oy va yil joylashtirdim, abssissa o‘qi bo‘yicha esa piket va kilometrlarni ko‘rsatdim. Grafikning o‘ng tarafida ishchi kuchi va avtosamosvallarga bo‘lgan talab epyurasini tasvirlab berdim.
CHiziqli kalendar grafigini tuzayotganda har bir ishlar ketma-ketligi shunday belgilanadiki, ishlar bir-biriga xalal bermagan holda biri tugashini kutmasdan ikkinchisi tashkil etiladi.
CHiziqli kalendar grafigi ishlab chiqarishda juda muxim o‘rin tutudi. CHunki chiziqli kalendar grafigi qurilish muddatining qaysi paytida aynan qanday ish bajarilayotganini aniq ko‘rsatadi. CHiziqli kalendar grafigi shunday tuzilishi kerakki vaqtdan yutish maqsadida bir ish tugashini xisobga olib, bu ish tugamasdan turib keyingi ishni bajarishga kirishish mumkin. CHunki ayrim qurilish jarayonlari bir biriga bog‘liq emas. Masalan yo‘l yoqasini mo‘staxkamlayotgan paytda bu jarayonni tugashini kutib o‘tirmasdan bir vaqtning o‘zida qurib bo‘lingan qoplama yuzasiga yo‘l chiziqlarini chizishni amalga oshirish mumkin.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling