Tabiiy resurslar vazirligi 10 apreldan 10 maygacha davom etadigan Toza


Endilikda kazusimizning uchinchi savoliga e’tibor beradigan bo`lsak


Download 464.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi464.24 Kb.
#1476312
1   2   3   4
Bog'liq
Tabiiy resurslar vazirligi 10 apreldan 10 maygacha davom etadigan

Endilikda kazusimizning uchinchi savoliga e’tibor beradigan bo`lsak
ushbu savolimizga chuqur huquqiy javob berish uchun huquqiy tartibga solish 
mexanizmi atamasiga ta’rif beradigan bo`lsak, huquqiy tartibga solish mexanizmi 
bu jamiyatdagi turli xil ijtimoiy munosabatlarni ma’lum ketma-ketlikda huquqiy 
tartibga solishga yordamlashuvchi huquqiy vositalar tizimi. 
Huquqshunos olim Saydullayevning fikricha , huquqiy tartibga solish 
mexanizmi jamiyatdagi turli-tuman ijtimoiy munosabatlarga muntazam ravishda va 
muayyan ketma-ketlikda ta’sir etish jarayonidir. Shuningdek , huquqiy tartibga 
solish mexanizmi jamiyatdagi turli-tuman ijtimoiy munosabatlarga muntazam 
ravishda va muayyan ketma-ketlikda ta’sir etish jarayonidir. Yana shuni aytish joizki 
, huquqiy tartibga solish jarayoni - ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etish, 
ularni amalga oshirish, rivojlantirish va takomillashtirishning qat’iy belgilangan 
tartibidir
3
.
Bizning fikrimizcha , vazirlikning ushbu vaziyatga doir chiqargan xabari 
huquqiy tartibga solish funksiyasiga yaqqol misol bo`la oladi. Chunki , ushbu qaror 
bevosita ijtimoiy munosabatlarga tasir qilish , ularni amalga oshirish , rivojlantirish
va takomillashtirish xususiyatiga ega. Masalan , vazirlikning shaxsiy avtomobillarda 
sayohat qilishni qisqartirish, jamoat transporti, velosiped va piyoda yurish 
afzalliklarini aholi o‘rtasida targ‘ib qilishga qaratilgan “ko‘p tadbirlar” e’lon qilish 
xabari jamiyatda atrof muhit ifloslanishini oldini olish , shuningdek aholi o`rtasida 
sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish kabi huquqiy ta`sirlar va ular keltirib 
chiqaradigan oqibatlarini tartibga solishga xizmat qiladi. 
To`rtinchi savolimizda berib o`tilgan, jamoat transportidan foydalanishning 
huquqiy afzalliklarini mavzusida fikr yuritadigan bo`lsak , biz bilamizki
shaharlashish darajasi va aholi sonining o‘sishi, shaharlarning rivojlanishi, qulaylik 
3
Saydullayev Sh.Davlat va huquq nazariyasi.Darslik.-Toshkent:TDYU,2022.216-bet 


va faollikni taqsimlash kabi bir qancha muammolar tufayli motorli transportga 
bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Yo‘lovchining jamoat transport xizmatlari 
sifatining eng muhim parametrlari orasida quyidagilar mavjud: 
1. Xavfsizlik. Xizmat ko‘rsatishda haydovchi fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, 
atrof-muhit uchun xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlaaydi . Ushbu holat 
esa jamoat transportlarida xavfsizlik darajasini oshiradi. 
2. O‘z vaqtida va tezlik. Haydovchi transportni belgilangan jadvalga, transport 
shartnomasida nazarda tutilgan transport vositalarining vaqt va tezligi bo‘yicha 
boshqa talablarga muvofiq amalga oshiradi .
3. Qulaylik, axloq va estetika. Transport xizmati ko‘rsatishda haydovchi 
transport vositasida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish shartlariga, shuningdek
dastlabki, oraliq va yakuniy kuzatuv punktlariga qo‘yiladigan talablarga rioya 
etilishini ta’minlaydi.
4. Axborot va ishonchlilik. Xizmat ko‘rsatish jarayonida tashuvchi, 
yo‘lovchilarni transport vositalarini jo‘natish (kelish), bagaj, marshrut, yong‘in 
o‘chiruvchi va birinchi yordam to‘plami joylashgan joylar, avariya chiqishlar 
joylashgan joylar va ularni ochish usullari, ijrochi bilan aloqa qilish usullari haqida 
to‘liq va ishonchli ma’lumot bilan ta’minlanadi
4


Download 464.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling