Tabiiy resurslar vazirligi 10 apreldan 10 maygacha davom etadigan Toza
Ikkinchi savolga keladigan bo`lsak
Download 464.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy resurslar vazirligi 10 apreldan 10 maygacha davom etadigan
Ikkinchi savolga keladigan bo`lsak, vazirlikning ushbu mavzu doirasida
berilgan xabari yuridik faktmi ? Ushbu savolga javob berishdan oldin yuridik fakt tushunchasiga ta’rif beradigan bo`lsak , yuridik fakt bu huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o`zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi faktlardir. Yuridik faktlar huquqiy tartibga solish mezanizmida muhim rol o’ynaydi. Shuningdek , Aksariyat huquqiy toifalar ideal va faqat odamlar ongida mavjud. Biroq, yuridik faktlar real hayotga tegishlidir, chunki, aslida, ular oqibatlarga olib keladigan voqelikning alohida epizodi hisoblanadi . Shuningdek yuridik fakt huquqiy munosabatni keltirib chiqaradi, tomonlarda huquq va majburiyat tug‘diradi. Huquqiy normalar ta’sirida u yoki bu hayotiy holatlar yuridik faktga aylanadi. 1 https://eco.gov.uz/uz/site/page?numer=102 Demak, yuridik faktlar – bu huquqiy normalar asosida huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va barham toptiruvchi hayotiy hodisalardir. Yuridik faktlar huquqiy tizimda, huquqiy tartibga solish mexanizmida muhim rol o‘ynaydi va katta ahamiyat kasb etadi. Ular huquqiy norma bilan konkret huquqiy munosabat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir . Oqibatlarining xususiyatiga ko‘ra huquqni vujudga keltiruvchi, huquqqa barham beruvchi va huquqni o‘zgartiruvchi faktlar farqlanadi. Iroda belgisiga ko‘ra yuridik faktlar ikki guruhga - hodisalar va harakatlar (harakatsizliklar)ga bo‘linadi. Yuridik faktlar xarakteriga ko’ra oddiy va murakkab yuridik faktlarga bo’linadi. Oddiy yuridik faktga magazindan kerakli tovarlarni sotish natijasida haridor va sotuvchi o’rtsida huquqiy munosabatning paydo bo’lishini yaqqol misol qilib ko`rsatsak bo`ladi. Murakkab yuridik faktlar esa aytib turilganidek murakkab tarzda amalga oshiriladigan va bir necha huquqiy munosabatlarning ma’lum bir maqsad yuzasidan amalga oshirilishi bilan yuzaga keladi. Demak , ushbu holatda ya`ni vazirlik tomonidan chiqarilgan xabar hech qanday yuridik munosabat yoki oqibat keltirib chiqarmaydi . chunki yuqorida aytib o`tganimizdek , vazirlik bergan xabar huquqni tartibga solish mexanizmida muhim rol o‘ynamaydi. shuningdek , ushbu vaziyat yuzasidan chiqarilgan xabar uni bajargangan holda ham bajarmagan holda biror bir javobgarlikka sabab bo`lmaydi. Yuridik faktlar ular keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarga qarab: huquqni yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo‘linadi. Yuqorida ta`kidlab o`tilgan xabar esa na huquqni o`zgartirish , na uni bekor qilish va na jamiyat uchun biror bir huquq yaratish imkoniyatiga ega. Shuningdek , ushbu vaziyat yuzasidan chiqarilgan xabar uni bajargangan holda ham bajarmagan holda biror bir javobgarlikka sabab bo`lmaydi 2 . Demak yuqorida berib o`tilgan sabablar Tabiat resurslari vazirligining 10 apreldan 10 maygacha davom etadigan “Toza havo” oyligi doirasidagi yuritgan 2 Odilqoriyev Davlat va huquq nazariyasi.Darslik.-Toshkent:TDYU,2022. 142-bet harakatlari va vaziyat yuzasidan chiqargan xabar va qarorlari ularning hech qanday yuridik fakt bo`la olmasligiga yaqqol misol bo`la oladi. Download 464.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling