Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi, ekologik ekspertiza, standartlashtirish va nazorat. Ekologik-huquqiy javobgarlik quyidagi savollarga javob yo`llang


Download 28.25 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi28.25 Kb.
#245724
  1   2   3
Bog'liq
2-topshiriq javobi


Yo’ldoshev A. MG’T-17/1 guruhi


2 MAVZU. TABIIY RESURSLARGA NISBATAN MULK HUQUQI, EKOLOGIYA SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI, EKOLOGIK EKSPERTIZA, STANDARTLASHTIRISH VA NAZORAT. EKOLOGIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK
QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB YO`LLANG


  1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risida Nizomning mohiyatini yoriting.


Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Mazkur nizom bilan qo‘mita va uning tarkibiy bo‘linmalarining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi, huquq va javobgarligi belgilandi.

 Qo‘mita quyidagilar uchun javob beradi:

- ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;

- Qo‘mita faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlash;

- Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administatsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Qo‘mita tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

- sohani rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish va muammolarning yechilishi;

- fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi), uning tarkibiy bo‘linmalarining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquq va javobgarliklarini belgilaydi.

2. Davlat ekologiya qo‘mitasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

3. Davlat ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi va hisobot beradi.

4. Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

5. Davlat ekologiya qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

6. Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar deb ataladi) va uning tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutasidagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.





  1. Download 28.25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling