Tabiiy saqlagichlarni turlarini va ularga ta'sri qiladigan omillarni o'rganish reja


Download 18.91 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi18.91 Kb.
#1521114
  1   2
Bog'liq
TABIIY SAQLAGICHLARNI TURLARINI VA ULARGA TA\'SRI QILADIGAN OMILLARNI O\'RGANISH


TABIIY SAQLAGICHLARNI TURLARINI VA ULARGA TA'SRI QILADIGAN OMILLARNI O'RGANISH
Reja:
1. Termobimetall saqlagichlar.
2. O’tkazgichlar.
3. Uzluksiz ishlaydigan termobimetall saqlagichlar.

Avtomobil elektr tarmoqlarini me'yoridan ortiq yuklamalar va qisqa tutashuvlardan asrash uchun ularga saqlagichlar qo'yiladi. Dvigatelni ishga tushirish va o't oldirish tizimlaridan boshqa barcha zanjirlar saqlagichlar bilan himoyalanadi. Avtomobillarda asosan eruvchan va termobimetall saqlagichlar ishlatiladi.


Saqlagichlarni tanlashda ularning ta'sirlanish tezilgi, nominal va kritik toklarning nisbati hisobga olinadi. Saqlagichlarning asosiy tavsifnomasi - saqlagichning ta'sirlanish vaqtini yuklama tokiga bog'liqligidir. Agar saqlagichning ta'sirlanish vaqti, o'tkazgichning haroratini chegaraviy temperaturagacha ko'tarilish (qisqa tutashuv toki ta'sirida) vaqtidan kam bo'lsa, bunday saqlagich ushbu zanjirni ishonchli himoya qilinishini ta'minlaydi.
Eruvchan saqlagichlar yengil eruvchi metal yoki kesimi kichik bo'lgan qalaylangan mis simi qistirmaga ega. Nominal tok qiymati 50% oshganda eruvchan qistirma I minut davomida erib ketadi. Ishlatish quliay bo'lishi uchun eruvchan saqlagichlar uchta va undan ortiq saqlagichlarga ega bo'lgan bloklarga birlashtiriladi.
Termobimetall saqlagichlar. Avtomobillarda uzluksiz va bir marta ishlaydigan termobimelall saqlagichlar ishlatiladi. Bu turdagi saqlagichlar yuklama nominal qiymatidan 150% ga ortganda zanjirni uzadi. Saqlagich ta'sirlashish vaqti 20 s dan oshmaydi. Uzluksiz ishlaydigan bimetall saqlagichlar ko'proq yoritish va oynatozalagich zanjirlariga o’rnatiladi.
Saqlagich himoya Zanjiriga chiqish joyi I orqali ulanadi. Kontakt plastinalar 2 bir-biridan qalin qog'oz 3 bilan izolatsiyalangan. Kontakt plastinkalarga o'rnatilgan kumush kontaktlar 4 elastik bimetall ptastina 5 ning tarangligi hisobig a tutashib turadi. Plastina 5 tayanch 7 dan plastmassa shaybalar 6 bilan ajratilgan.
Uziliksiz ishlaydigan saqlagichlarning ishlash printsipi quyidagicha. Tok nominal qiymat doirasida bo’lganda plastina 5 uncha qizimaydi va deyarii deformatsiyalanmaydi. Bu holda kontoktlar tutash bo'ladi. Zanjirdagi tok chega-raviy qiymatdan oshganda bimetall plastina qizib deformatsiyalanadi va kontaklarni uzadi. Kontaktlar uzilgandan keyin bimetall plastinadan tok o'tmaydi va u soviydi. Natijada kontaktlar yana tutashadi. Kontaktlarni uzilib-tutashish jarayoni zanjirdagi tokning oshib ketishi sababi bartaraf qilinmagunicha uzluksiz davom etadi.
Bir marta ishlaydigan termobimetall saqlagichlar ham himoya zanjiriga chiqish joyi I orqali ulanadi. Tok plastinalar 2, kontaktlar 3, 4, bimetall plastina 5 orqali o'tadi. Saqlagich qismlari plastmassa korpus 6 ga yig'iladi. Yuklama ortib ketganda yoki qisqa tutashuv bo’lganda plastina 5 qiziydi va teskari tomonga egilib kontaktlar 3, 4 ni uzadi. Plastina sovigandan keyin ham o'zining dastlabkl holariga qaytmaydi. Zanjirni ulash uchun tugma 7 ni qaytadan bosish kerak. Prujina 8 tugma 7 ni dastlabki holatiga qaytarish uchun xizmat qiladi. Uzilish tokining qiymati vint 9 yordamida rostlanadi. Bir marta ishlaydigan saqlagichlar chegaraviy tokning 5,10, 15, 20 A va undan ortiq qiymatlariga mo'ljallab chiqariladi.

Download 18.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling