Tabiiy tanlanish va uning turlari


Stabillashtiruvchi tanlanish: Latimeriya


Download 438.65 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi438.65 Kb.
#1489457
1   2   3   4
Bog'liq
tabiiy tanlanish 10

Stabillashtiruvchi tanlanish: Latimeriya

III Harakatlantiruvchi tanlanish.

  • Tabiiy tanlanishning bu turi populatsiyadagi irsiy o‘zgaruvchanlik chegarasini ken gay - tiradi. Harakatlanti ruvchi tanla nish o‘zgar gan muhit sharoitida eski reaksiya normasi o‘rniga yangi reaksiya normasini vujudga keltiradi hamda uni mustahkam laydi. Buning oqibatida kelgusi bo‘- g‘inlarda oldingi bo‘g‘inlarning normadagi fenotipidan keskin farq qilgan yangi fenotipga ega organizmlar saqlana boradi. Tanlanishning bu formasi belgi-xossalar eski individlar o‘rniga yangi muhit sharoitiga moslashgan individlar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Darvin besh yillik safar chog‘ida kuchli shamol tez-tez bo‘ladigan okean orollarida uzun qanotli hasharotlar kam, rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlarning ko‘pligini uchratgan.

Olimning izohlashicha, bunday orollarda qattiq shamol bo‘lishi tufayli normal qanotli hasharotlar unga bardosh bera olmasligi sababli shamol ularni uchirib, halok etgan. Mutatsiyalar oqibatida kelib chiqqan rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlar mutlaqo havoga ko‘tarilmay, turli yoriq, kavaklarga yashirinib olganlar. Bu jarayon ko‘p ming yillar davom etishi tufayli irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish ocean orollarida hasharotlarning normal qanotlilarning kamayishiga, rudiment qanotli va qanotsiz individlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan. Organizmlarning yangi belgi-xossalarining hosil bo‘lishi va rivojlanishini ta’minlaydigan tabiiy tanlanish xili harakatlantiruvchi tanlanish deb ataladi.
Ba’zi bir qushlar, hasharotlar qano tining, tuyoqlilarda yon barmoqlarning, g‘orlarda yashovchi hayvonlarda ko‘z ning, parazit o‘simliklarda ildiz va bargning yo‘qolishi harakatlantiruvchi tanla nish ta’siri natijasidir.
Muhit sharoitining asta-sekin o‘zgarishi tufayli tabiiy tanlanishning bu turi fenotip va genotip jihatdan yangi formalarni hosil qiladi. U yangi turlarning paydo bo‘lishi va organik olamdagi evolutsiya jarayonining asosiy sababchisi hisoblanadi (3-rasm).

Download 438.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling