Tabiiy tanlanish va uning turlari


Harakatlantiruvchi tanlanish


Download 105.53 Kb.
bet3/4
Sana02.11.2023
Hajmi105.53 Kb.
#1741524
1   2   3   4
Bog'liq
Tabiiy tanlanish va uning turlari-fayllar.org

Harakatlantiruvchi tanlanish. Tabi- iy tanlanishning bu turi populatsiyadagi irsiy o‘zgaruvchanlik chegarasini ken- gaytiradi. Harakatlantiruvchi tanlanish o‘zgargan muhit sharoitida eski reaksiya normasi o‘rniga yangi reaksiya normasini vujudga keltiradi hamda uni mustah kamlaydi. Buning oqibatida kelgusi bo‘g‘inlarda oldingi bo‘g‘inlarning normadagi fenotipidan keskin farq qilgan yangi fenotipga ega organizmlar saqlana boradi. Tanlanishning bu formasi belgi-xossalar eski individlar o‘rniga yangi muhit sharoitiga moslashgan individlar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi.
Darvin besh yillik safar chog‘ida kuchli shamol tez-tez bo‘ladigan okean orollarida uzun qanotli hasharotlar kam, rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlarning ko‘pligini uchratgan. Olimning izohlashicha, bunday orollarda qattiq shamol bo‘lishi tufayli normal qanotli hasharotlar unga bardosh bera olmasligi sababli shamol ularni uchirib, halok etgan. Mutatsiyalar oqibatida kelib chiqqan rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlar mutlaqo havoga ko‘tarilmay, turli yoriq, kavaklarga yashirinib olganlar. Bu jarayon ko‘p ming





97-rasm. Ot evolutsiyasi – harakatlantiruvchi tanlanish natijasidir.
yillar davom etishi tufayli irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish okean orollarida hasharotlarning normal qanotlilarning kamayishiga, rudiment qanotli va qanotsiz individlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan. Organizmlarning yangi belgi-xossalarining hosil bo‘lishi va rivojlanishini ta’minlaydigan tabiiy tanlanish xili harakatlantiruvchi tanlanish deb ataladi (96-rasm).
Ba’zi bir qushlar, hasharotlar qanotining, tuyoqlilarda yon barmoqlarning, g‘orlarda yashovchi hayvonlarda ko‘zning, parazit o‘simliklarda ildiz va barg- ning yo‘qolishi harakatlantiruvchi tanlanish ta’siri natijasidir. Muhit sharoitining asta-sekin o‘zgarishi tufayli tabiiy tanlanishning bu turi fenotip va genotip jihatdan yangi formalarni hosil qiladi. U yangi turlarning paydo bo‘lishi va organik olamdagi evolutsiya jarayonining asosiy sababchisi hisoblanadi.


Download 105.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling