26-rasm. Ko'p qavatli binolarga pshlatiladigan temir-beton konstruksiyalar: a, b – chetki qatorlarga (a) va o'rta qatorlarga (b) ishlatiladigan bir qavatli ustun; y, g –chetki qatorlarga (y) va o'rta qatorlarga (g) ishlatiladigan ikki qavatli ustun; d – trapesiya kesimli xarining ostki tomondan ko'rinishi (xarilar tayanib turadigan tokchasi bor); y – to'g'ri burchak kesimli xari (ostki tomondan ko'rinishi); j – qavatlararo orayopma plitasi (ostki tomondan ko'rinishi)
Kishloq xo'jalik korxonalari binolariga ishlatiladigan konstruksiyalar. Binolarning yer osti qismiga quyidagilar ishlatiladi:
poydevor boshmoqlari (27-rasm, a) – kolonna o'rnatiladigan chuqurchasi (stakani) bo'ladi;
piramidal qoziqoyoqlar (27-rasm, b) – yuqorigi qismida chuqurchasi (stakani) bor;
poydevor to'sinlari (27-rasm, v) – binoning tashqi devorlari uchun tayanch vazifasini o'taydi.
Bino yer usti qismining ko'tarib turuvchi elementlari:
kvadrat kesimli kolonnalar (27-rasm, g, d) – yaxlit yoki ichi kovak qilib tayyorlanadi;
yarim romlar (27-rasm, y) – bir yo'la devor karkasi bilan yopmaning ko'tarib turuvchi elementlari vazifasini bajaradi;
uchburchak fermalar (27-rasm, j) – temir-betondan yoki keramzit betondan tayyorlanadi.
a)
b)
v)
g)
d)
y)
j)
z)
i)
k)
l)
27-rasm. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarish binolariga ishlatiladigan temir-beton konstruksiyalar: a – poydevor boshmog'i; b – piramidal qoziqoyoq; v – poydevor to'sinlari; g – chetki qator kolonnasi; d – o'rta qator koloniasi; y – yarim rama; j – xovonsiz ferma; z – polga ishlatiladigan panjarali plita; i – oxur uchun mo'ljallangan nov; k – shaltoq oqib chiqib ketadigan nov; l – polga ishlatiladigan yig'ma plita
Do'stlaringiz bilan baham: |