Tabiiy va aniq fanlar
Download 1.1 Mb.
|
tabiy fan 2017-2018 hisobot
Yangiyer shahar 9 – umumiy o’rta ta’lim maktabi “Tabiiy va aniq fanlar” metodbirlashmasida bajarilgan yarim yillik ishlar hisoboti Metod birlashma raisi va a’zolari bilan birgalikda 2017-2018 o’quv yilida ko’pgina ishlar amalga oshirildi. Tabiiy va aniq fanlar metodbirlashmasiavgust oyida 2017-2018 o’quv yilida olib boriladigan ishlar yuzasidan o’tkazgan yig’ilishida metodbirlashma raisi tasdiqlandi va yillik ish reja tuzildi. Bu o’quv yilidagi jamoadagi o’zgarishlar tanishtirib o’tildi. Geografiya fanidan Amanova CH, matematika fanidan Yo’ldosheva A, kimyo fanidan Assatullayeva Yu kabi yosh mutaxassislar ishga qabul qilingani va ularga ish o’rgatish maqsadida tajribali o’qituvchilarga biriktirildi. Har bir fan xonasida sinf monitoring tashkil etildi. Sinf xonalari DTS talablari asosida jihozlandi. Metodbirlashma a’zolarining yillik taqvim – mavzu rejalari tuzib chiqildi va muhokama qilindi, metodbirlashma tomonidant tasdiqlandi. O’qituvchilarning yillik ish yuklamalari, yil davomida amalga oshiriladigan ishlar va vazifalar belgilandi. O’quvchilar fanlarga oid darsliklar bilan ta’minlandi. Yangi o’quv yili 2 sentyabrdan boshlanib, Bilimlar kuni, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Siz qalbimizda xamisha mangu!” mavzusi asosida xotirlash kuni tadbirlari o’tkazildi. Sentyabr oyida “Geografiya va iqtisod fanlari oyligi” oylik davomida sinflar o’rtasida ochiq darslar o’tkazildi. Shu munosabat bilan geografiya fanidan ko’rgazma tashkil qilinib, sinflar o’rtasida ochiq darslar o’tkazildi. O’quvchilar bilimlarini mustahkamlash va bilim darajalarini aniqlash maqsadida, kirish va chiqish testlari olindi. O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlar kuzatilib bartaraf etish yo’llari, ko’rib chiqildi. Sinflar o’rtasida “Rasm va xaritalar” ko’rigi o’tkazildi. Maktab o’quvchilari faol qatnashdi. Oktyabr oyida sinf jurnalini yuritilishi va o’quvchilarning kundalik aylanma daftarlari tekshirilib chiqildi. Tabiiy va aniq fanlar o’qituvchilarining ko’rgazmali qurollar va konspektlar ko’rigi o’tkazildi. 7 oktyabr viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining buyrug’iga asosan “Jamoaviy bilimlar bellashuvi” ning nizomi bilan tanishdik. Nizom asosida oktyabr oyida matematika fanidan “Jamoaviy bilimlar bellashuvi” o’tkazildi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling