Tabiiy va aniq fanlar
Quyidagi natijalarga erishildi
Download 1.1 Mb.
|
tabiy fan 2017-2018 hisobot
Quyidagi natijalarga erishildi. Informatika fanidan 9-sinflar shahar bosqichiga chiqishdi va 59 ball to’plashdi.
Noyabr oyidan iqtidorli o’quvchilar tanlanib, “Fan olimpiadasi”ga tayyorgarlik ko’rish boshlanldi. Noyabr oyida shaharda biologiya, kimyo, fizika fanlari o’qituvchilari o’rtasida “Fan kabineti mudiri” ko’rik-tanlovi o’tkazildi.Biologiya fani o’qituvchisi Karimqulova G shahar bosqichida 1-o’rinni egallab, viloyat bosqichiga yo’llanma oldi. Noyabr oyida I-chorak yakulandi. Fanlar kesimida monitoring o’tkazildi.Matematika fanidan 5-a 84 %, 5-B-72%, Geografiya fanidan 5-A-54%, 5-B-60% ko’rsatishdi. O’quvchilarda aniqlangan bo’shliqlar yuzasidan qo’shimcha qiziqarli testlat, didaktik o’yinlar o’tkazildi va to’ldirildi. O’quv yili yarim yilligi davomida “Ustoz-shogird” ana’nasida asosida yosh mutahasislar bilan ish olib borildi. Dars tahlillarida ishtirok etilib, yutuq va kamchiliklar ko’rib chiqildi. Dekabr oyida tabiiy va aniq fanlardan oraliq va yakuniy nazorat ishlari olindi. Bo’shliqlar aniqlandi, aniqlangan bo’shliqlar ustidan ishlash rejalari tuzildi. Dekabr oyida sho’ba yig’ilishi 10-maktabda bo’ldi. 10-maktab fizika fani o’qituvchisi yohs mutaxassis Pirimqulov Ulug’bek tomonidan ochiq dars o’tildi. Ochiq dars yuzasidan yutuq va kamchiliklar aytildi. Dekabr oyida fizika fanidan “Jamoaviy bilimlar bellashuvi” o’tkazildi.va quyidagi natijalarga erishildi. 7-sinflar jami 92,5 ball bilan I-o’rin, 8-sinflar 70 ball, 9-sinflar 77 ball to’plab qaytishdi. Sinf jurnallarining yuritilishi, kundalik daftar, loborotoriya ishlari yuritilishi tekshirilib chiqildi. 20 dekabr kuni “Fan kabineti mudiri” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi o’tkazilib, biologiya fani o’qituvchisi Karimqulova G ishtirok etib I-o’rin g’olibi bo’ldi. Dekabr oyida II-chorak yakunlandi. Umumiy kamchiliklar: 2017-2018 o`quv yilida informatika, matematika 6-sinflar Jamoaviy bilimlar bellashuvida past ko`rsatkichlarga ega bo`ldi. fan o`qituvhcilari maktab bosqichida va undan so`ng qat`iy tayyorgarlik ishlarini sustroq olib borishgan. Xulosa: O`quvchilarni to`g`ri tanlashga erishish , o`quvchilar bilan yakka tartibda doimiy shug`ullanishga qat`iy rioya qilish choralarini ko`rish lozim. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling