Tabiiy va aniq fanlar
Download 466.65 Kb.
|
8 mavzu dissotsiatsiyalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrolitik dissotsiatsiyalanish
- Dissotsiatsiyalanish darajasi
- Dissotsilanish darajasi — bu ionlarga ajralgan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soni N ga nisbatidir.
- CH3COOH
- Kuchli va kuchsiz elektrolitlar haqida tushuncha
- Kuchli elektrolitning, masalan, NaCl ning dissotsilanishi odatda ushbu tenglama bilan ifodalanadi
- N a+CP (qat) N a+ (suvda) +СГ (suvda) (6 )
- Uyga vazifa
- E’tiboringiz uchun rahmat!
“ Tabiiy va aniq fanlar ” ga ixtisoslashgan Respublika S.H.Sirojiddinov nomli akademik litseyi aniq fanlar yo'nalishi 2-bosqich o'quvchilari uchun dars ishlanmasiMavzu: Elektrolitik dissotsiatsiyalanish va dissotsiatsiyalanish darajasi. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar haqida tushuncha. qisqa va to’liq ilonli tenglamalar.Reja:
Elektrolitik dissotsiatsiyalanish
Dissotsiatsiyalanish darajasiElektrolitik dissotsilanish qaytar jarayon bo'lgani sababli elektrolitlarning eritmalarida ionlar bilan birga molekulalar ham bo'ladi. Shu sababli elektrolitlarning eritmalari dissotsilanish darajasi (grekcha alfa a harfi bilan belgilanadi) bilan tavsiflanadi.Dissotsilanish darajasi — bu ionlarga ajralgan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soni N ga nisbatidir.Elektrolitning dissotsilanish darajasi tajriba yo‘li bilan aniqlanadi va birning ulushlarida yoki protsentlarda ifodalanadi. Agar a = 0 bo'lsa, u holda dissotsilanish sodir bo'lmagan, agar a = lyoki 100% bo'lsa, u holda elektrolit ionlarga to'liq ajralgan bo'ladi*. Agar a = 20% bo'lsa, bu berilgan elektrolitning 100 moleku- lasidan 20 tasi ionlarga ajralganligini ko'rsatadi. Turli xil elektrolitlarning dissotsilanish darajasi turlicha bo'ladi. Tajriba dissotsilanish darajasi elektrolitning konsentratsiyasiga va temperaturaga bog'liqligini ko'rsatadi. Elektrolitning konsentratsiyasi kamayganida, ya’ni u suv bilan suyultirilganida dissotsilanish darajasi doimo ko'payadi. Odatda temperaturaning ko'tarilishi ham dissotsilanish darajasini oshiradi. Elektrolitlar dissotsilanish darajasiga qarab kuchli va kuchsiz elektrolitlarga bo'linadi (quyiroqqa q.). Kuchsiz elektrolit — sirka kislota elektrolitik dissotsilanganda dissotsilanmagan molekulalar bilan ionlar orasida qaror topadigan muvozanatning siljishini ko'rib chiqamiz:CH3COOH<=* СН3СОСГ +H+Sirka kislota eritmasi suv qo'shib suyultirilganda muvozanat ionlar hosil bo'lish tomoniga siljiydi — kislotaning dissotsilanish darajasi ortadi. Aksincha, eritma bug'latilganda muvozanat kislota molekulalari hosil bo'lish tomoniga siljiydi — dissotsilanish darajasi kamayadi.Kuchli va kuchsiz elektrolitlar haqida tushunchaKuchli va kuchsiz elektrolitlar bo'ladi. Kuchli elektrolitlar suvda eriganda ionlarga to‘liq dissotsilanadi. Ularga quyidagilar kiradi: 1) deyarli barcha tuzlar; 2) ko'pchilik mineral kislotalar, masalan, H2S 0 4, H N 03, HC1, HBr, HI, H M n04, HC104, HC104; 3) ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning asoslari.Kuchli elektrolitning, masalan, NaCl ning dissotsilanishi odatda ushbu tenglama bilan ifodalanadi:NaCl Na+ +СГ a)Yuqorida ta’kidlab o'tilganidek, natriy xlorid kristalida NaCl molekulalari bo'lmaydi. Eritilganda kristall struktura buziladi, gidratlangan* Kuchli elektrolitlar ana shunday dissotsilanadi (5.10- § ga q.).ionlar eritmaga o'tadi. Eritmada molekulalar ham bo'lmaydi. Shu sababli kuchli elektrolitlar eritmalarida dissotsilanmagan molekulalar haqida faqat shartli ravishda so‘z yuritish mumkin. Ularni ion juftlari (Na+Cl~), ya’ni bir-biriga yaqin turgan qarama-qarshi zaryadlangan (ionlarning radiuslari yig'indisiga teng masofaga qadar yaqinlashgan) ionlar sifatida tasawur qilish to'g'riroq bo‘ladi. Bular go'yo dissotsilanmagan molekulalar yoki boshqacha aytganda kvazimolekulalardir. Bu holda (a) reaksiyaning tenglamasini quyidagicha yozish kerak:N a+CP (qat) N a+ (suvda) +СГ (suvda) (6 )Lekin uni sodda qilib (a) tenglama ko'rinishida yoziladi, bunda simvolida ionlar jufti (kvazimolekula) tushuniladi. Eritmada kvazimolekulalarning konsentratsiyasi doimo juda kam, ionlarning konsentratsiyasi esa katta bo'ladi. Kuchsiz elektrolitlar suvda eriganida ionlarga qisman dissotsilanadi.Ularga quyidagilar kiradi: 1) deyarli barcha organik kislotalar; 2) ba’zi mineral kislotalar, masalan, H2C 03, H2S, H N 02, HCIO, H2S i0 3; 3) ko'pchilik metallarning asoslari (ishqoriy va ishqoriy-yer, metallarning asoslaridan tashqari), shuningdek, NH4OH, uni ammiakning gidrati sifatida tasvirlash mumkin NH3H20 (10.3 - § ga q.). Suv kuchsiz elektrolitlarga kiradi. Kuchsiz elektrolitlar eritmada ionlarning katta konsentratsiyasini hosil qila olmaydi.Uyga vazifa:Uyga vazifa:
E’tiboringiz uchun rahmat!Download 466.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling