Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim


Download 1.55 Mb.
Sana01.04.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1316616
Bog'liq
ochiq dars Bayonnoma


Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika universiteti
Sirtqi bo’lim “Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim” kafedrasi
uslubiy kengashining


OCHIQ DARS BAYONNOMASI № __
Jizzax sh. 6.12.2022-y.



Raislik qiluvchi:

H.Alimov – kafedra mudiri PhD.



Qatnashdilar:

Kafedra professor-o‘qituvchilari.



KUN TARTIBI:
M.Raxmonovaning Qalam tasvir fanidan “Gipsli rozetkadan tashkil topgan natyurmort” mavzusidagi ochiq darsi muhokamasi


Raislik qiluvchi: Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan raislik qiluvchi H.Alimov so‘zga chiqib, 2022-yil 6-dekabr kuni kafedra o’qituvchisi Raxmonova Maftunaning Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo`nalishi bo’yicha 1-kurs S1201-22-guruh talabalariga Qalam tasvir (amaliy) fanidan “Gipsli rozetkadan tashkil topgan natyurmort” mavzusidagi ochiq darsi o‘tkazilganligini ma’lum qildi. U so‘zining davomida Raxmonova Maftuna tomonidan mashg‘ulot ko’rgazmali vositalardan, fan yuzasidan kelib chiqqan holda amaliy mashg’ulotlar asosida axborot texnologiyalarini qo‘llab, amalda shu tizimlardan foydalanib hamda master klass o’tkazish natijasida talabalarda bilim, ko`nikma hosil qilishga erishganligini ta’kidladi.





Eshitildi: Shuningdek, ushbu masala yuzasidan kafedra o‘qituvchilari Djabborov Dilshod va Zulfiyev Rashid so‘zga chiqib, Raxmonova Maftuna tomonidan talabalarga amaliy mashg‘ulot bo‘yicha tegishli bilim, ko‘nikma hosil qilinganligi va mavzu yuzasidan oldiga qo‘yilgan maqsadga to‘liq erishilganligini qayd etdilar. Bundan tashqari amaliy mashg’ulot xonalarida amaliy darslar o’tilishi uchun kerakli jihozlarning yanada keng ko’lamda bo’lishi talabalarga qulaylik yaratar edi va kutilgandan ko’ra yaxshi samara bergan bo’lar edi. Hamda o’qituvchi tomonidan dars mobaynida iqtidorli hamda o’zlashtirishi past talabalarning amaliy mashg’ulot bo’yicha ko’nikmalarini yaxlitlab, o’zlashtirishi past bo’lgan talabalar bilan ko’proq shug’ullanishi maqsadga muvofiq.



Ma’ruza o‘quv-uslubiy majmua, ishchi dastur, kalendar tematik reja, ko‘rgazmali qurollar, darsning texnologik xaritasi mavjud va mavzu bo’yicha qo‘shimcha materiallar tayyorlangan.


Ochiq darsni atroflicha muhokama qilib, yig‘ilish
QAROR QILADI:
1.M.Raxmonovaning “Gipsli rozetkadan tashkil topgan natyurmort” mavzusida o`tilgan ochiq darsi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2. M.Raxmonovaning o`tilgan ikki soatli ochiq darsini o`tish uslubi va tajribasidan keng foydalanish mumkunligi tavsiya etilsin.
3. Darsni yanada samarali tashkillashtirish chora-tadbirlarini ko‘rish belgilab qo‘yilsin.


Sirtqi bo’lim boshlig’i:____________ PhD.A.Avazov


Yig’ilish raisi: ____________ PhD.H.Alimov
Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling