Kirish
(1 soat)
Astronomiya – osmon jismlari haqidagi fan. Astronomiya nimani o‘rganadi? Uning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan aloqasi.
Koinotning tuzilishi, astronomik hodisa va jarayonlar, olam tuzilishining geosentrik va geliosentrik nazariyalari. Astronomiya sohasiga uning rivojiga katta hissa qo‘shgan buyuk olimlar Eratosfen, Aristotel, Ptolemey, Kopernik, Nyuton va boshqalar. Sharq olimlaridan Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Beruniy, Umar Hayyom, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Ulug‘bek va boshqa Sharq olimlarining astronomiya rivojiga qo‘shgan buyuk hissalari.
Astronomiyaning umumta’lim fanlar orasida tutgan o‘rni, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |