1-mavzu: Sharq uyg‘onish davrida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti. Sharq Renessansi davri qomusiy olimlaridan Muhammad Al-Xorazmiy ва Abu Nasr Forobiyning pedagogika fani rivojiga qo‘shgan hissasi
Download 350.15 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
1-mavzu: Sharq uyg‘onish davrida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti. Sharq Renessansi davri qomusiy olimlaridan Muhammad Al-Xorazmiy ва Abu Nasr Forobiyning pedagogika fani rivojiga qo‘shgan hissasi. Reja: 1.Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan va madaniyat. 2. Sharq Uyg‘onish davrida Markaziy osiyolik allomalarning ilmiy merosi. 3. Sharq Uyg‘onish davri va islomiy-axloqiy ta’limotlar taraqqiyoti. 4.Muhammad Al-Xorazmiyning ilm-fan va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi. 5. Abu Nasr Forobiyning pedagogika faniga qo‘shgan hissasi. 6. Abu Nasr Forobiyning pedagogik qarashlari. Tayanch tushunchalar: alloma, renosans, madaniyat, ilmiy ma’naviy meros, qadriyat, o‘ziga xoslik; Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, ilm-fan, pedagogik fikrlar, taraqqiyot, hissa, pedagogik qarashlar. 1.Sharq uyg‘onish davrida ilm-fan va madaniyat Fanda “Uyg‘onish davri” deb ataladigan davr G‘arbiy va Markaziy Yevropada joylashgan mamlakatlarda 1X- XII asrlardagi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marotaba «uyg‘onish» atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J. Vzzari o‘z asarlarida ishlatadi. “Uyg‘onish”, “uyg‘onish davri” atamalari IX-XII asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, ko‘proq antik davr merosini, ya’ni antik madaniyatga o‘xshash madaniyatning qaytadan “tirilishi”, “uyg‘onishi” ma’nosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama keng qo‘llanila boshlandi. Shu ma’noda ko‘pchilik tadqiqotchilar IX-XII asrlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixvda madaniyatning rivojlanishiga xos xususiyatlarni ham “uyg‘onish” davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar. Arab halifaligida yuz bergan ijtimoiiy-siyosiy o‘zgarishlar, yagona islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. IX asrda Sharq mamlakatlarida boshlangan va madaniy hayotda yuz bergan ko‘tarinkilik ma’naviy hayotda ham o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Ana shu ko‘tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va o‘rta sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq Uygonish davri deb ataldi. Bu uygonish jarayoni IX asrlardan boshlanib XV-XVI asrlargacha davom etdi. Bu jarayonda arab xalqlari bilan birga Eron, Kavkaz orti, Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo olimlari ham ishtirok etdilar. Chunki Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan uygonish davri xalifaligning Bag‘dod, Damashq, Halab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqaladi, bu esa u davlatlarda ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlaydi va bu jarayonni boshlab beradi. Buni biz xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833), so‘ng uning o‘g‘li al-Ma’mun davrida Bag‘dodda “Baytul hikma” (“Donishmandlik uyi”), hozirgi davrda Akademiya ma’nosida tashkil etilganidan ham bilsak bo‘ladi. Mazkur Akademiya 813-833 yillarda yanada rivojlanagan. Akademiya qoshida rasadxona ham bo‘lgan, yangi kutubxona qurilgan. Bag‘doddagi mazkur ilm markazi, o‘z navbatida Sharq va G‘arbda ilm- fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan, bu haqida mazkur “Baytul hikma” ning ilmiy ishlarga rahbarlik qilgan Al-Xorazmiy xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqiga qay darajada homiylik qilganini “Al- jabr va al-muqobala hisobi haqida” asarida shunday ta’riflagan: “Ollox Imom al- Ma’munga. Unga meros bo‘lib qolgan halifalik lavozimini in’om qilib, muruvvat etganligi, bu lavozim libosini kiydirib, uni bezaganligi va shu bilan birga unda fanlarga muhabbat va olimlarni o‘ziga yaqin tutishga intilish (xissiyotini) o‘ygotganligi menga jasorat ato qildi, (chunki u) ularning ustiga o‘z homiylik qanotini yozib, ularga noaniq bo‘lgan narsalarni yoritishga va ular uchun mushkul bo‘lgan narsalarni osonlashtirishga yordamlashdi”. Xorun ar- Rashidning ikkinchi o‘g‘li al-Ma’mun ilm-fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlarida xalifalikning Xurosondagi noibi bo‘lib turganda ham Movarounnaxr va Xurosondagi olimlarni to‘plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javxariy, al-Farg`oniy, al-Marvaziy kabi vatandosh olimlarning barchasini Bag‘dodga chaqirib oladi va “Baytul hikma” - donishmandlik uyi (“Ma’mun akademiyasi”)da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi. Shuningdek, Sharq Uyg‘onish davrining paydo bo‘lishida asosiy manba qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar ham bo‘lib, ular xoh yunon, xoh arab, xoh Movarounnahr va Huroson xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniy yodgorliklari ham bo‘lsin, Uyg‘onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Bular bilan birga, yana eng muhim tomoni ham borki, IX-XV asrlarda Yaqin va o‘rta Sharqda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar yuz berdi va bu o‘zgarishlar natijasida Uyg‘onish davri kabi muhim bir jarayonni vujudga keltirdi. Zero, agar arablar Markaziy Osiyoni bosib olib, bu yerdan ilgari mavjud bo‘lgan fan va madaniyat o‘choqlarini yo‘qotgan bo‘lsalar, ko‘p o‘tmay qadimiy ilmiy an’ana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning yetuk siymolari yetishib chiqa boshladi. Bularning barchasi bir-biriga qo‘shiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi. Yaqin va O‘rta Sharqda, jumladan, Eron, Zakavkaze va Movarounnahrda savdo aloqalarining rivojlanganligi, ilm-fan, hunarmandchilikning taraqqiy etishi moddiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. “Bayt ul-hikma”(“Xizonat ul-hikmat”) - olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa. Xalifa Horun ar-Rashid (766 — 809) Bag‘dodda tashkil etgan. O‘zbekcha asarlarda “Bilim uyi” yoki “Donishmandlar uyi” deb yuritiladi. Muhammad Xorazmiy xalifa Ma’mun davri (813 — 833)da “Bilim uyi”dagi juda boy kutubxonaga boshchilik qilgan. Kutubxonada hind, yunon, suryoniy (suriya), arab, fors tillarida 400 000 jida qo‘lyozma kitob saqlangan. Xorazmiy o‘sha kitoblardan foydalanib, hind usulida ilmi hay’at (astronomiya)ga oid “Ziji Xorazmiy” asarini yozgan. Hind raqamlari asosida hozirgi arab raqamlarini soddalashtirgan, kengaytirgan va birinchi marta arab tilini bayon etib, uning keng tarqalishiga hissa qo‘shgan. IX-XII asrlarda Sharq Uyg‘onish davrini yurtimiz hududidan yetishib chiqqan mutafakkirlar ijodisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ilm-fan, madaniyat va ma’rifat taraqqiyotiga o‘sha davrda hukmronlik qilgan sulola vakillari homiylik qilishgan. Xalifa Ma’mun (786-833) abbosiylar sulolasidan bo‘lgan xalifa, yirik siyosiy arbob va ilm-fan homiysi sifatida mashhur bo‘lgan hukmdorlardan biridir. Ma’mun Movarounnahr noibi sifatidagi hukmronligi davrida Movarounnahr va Xuroson olimlarini o‘z saro yida to‘plab, ularning ijodiy faoliyati uchun shart- sharoitlar yaratib bergan. 813 yilda xalifalik taxtini qo‘lga kiritgach, ularni o‘zi bilan Bag‘dodga olib ketgan. Bu alloma va mutafakkirlar “Bayt ul-hikma” (“Donishmandlar uyi”)da o‘z ilmiy faoliyatlarini davom ettirganlar. Dunyoning turli burchaklaridan, Markaziy Osiyo va Xuroson (Muhammad al-Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Habash al-Xosib al-Marvaziy, Xolid al-Marvarudiy, al-Abbos al- Javhariy, Ahmad al-Farg‘oniy)dan taklif etilgan allomalar ilmiy mavzularda munozaralar olib borishgan . 828 -yilda akademiya qoshida birinchi rasadxona, 831 yilda Damashq yaqinidagi Kosion tog‘ida rasadxonaning bo‘limi qurilgan. Rasadxonaga dastlab marvlik Abu Ali Yahyo ibn Mansur, keyinchalik Muhammad Xorazmiy rahbarlik qilgan. Ma’mun akademiyasida turli maqsadlarda ilmiy ekspeditsiyalar ham tashkil qilingan. Chunonchi 830 yilda Xorazmiy boshchiligida G‘arbiy Hindiston (hozirgi Sharqiy Afg‘oniston), Vizantiya, Volganing quyi oqimiga 3 ta ekspeditsiya uyushtirilgan. Ma’mun akademiyasida Xorazmiy bilan birga Xolid ibn al-Malikal-Marvarrudiy, Al-Abbos ibn Saydal- Javhariy, Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Fazl alhamid ibn Vase’ ibn Turk al-Xuttaliy, Abu Yusuf Yoqub ibn Sabbox al-Kindiy va boshqa ko‘plab Markaziy Osiyolik olimlar ijod qilib, turli fanlar rivojiga katta hissa qo‘shdilar. Download 350.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling