1-mavzu: Sharq uyg‘onish davrida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti. Sharq Renessansi davri qomusiy olimlaridan Muhammad Al-Xorazmiy ва Abu Nasr Forobiyning pedagogika fani rivojiga qo‘shgan hissasi


Muhammad Al-Xorazmiyning ilm-fan va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga


Download 350.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana28.12.2022
Hajmi350.15 Kb.
#1021707
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-ma\'ruza

Muhammad Al-Xorazmiyning ilm-fan va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga 
qo‘shgan hissasi
Qomusiy olimlar o‘z ta’limiy-axloqiy qarashlarini ijtimoiy — falsafiy 
asarlarida ifodalaydilar.
Birinchi Sharq uyg‘onish davrda ilmiy bilishga asoslanuvchi metod shakllandi. 
Natijada aqliy tarbiya olimlar diqqat markazida bo‘ldi: Xorazmiy, Forobiylar bu 
metodni asoslab bergan buyuk mutafakkirlar bo‘lsalar, ular bilan bir qatorda o‘sha 
davrda yaratilgan barcha ta’limiy-axloqiy risolalarda ham aqliy tarbiyada zehnni 
tarbiyalash, aqliy kamolat yo‘llari, bilimning asl mohiyatlarini yortishga harakat 
qildilar.
Mutafakkirlarning o‘z ishlarida o‘qitish va ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganlar. 
Natijada ta’limiy-axloqiy masalalarga qiziqish orta bordi. Aniq fanlarni o‘qitishning 
uslubiy masalalariga ayniqsa e’tibor kuchaydi. Pedagogika soxasida inson va uning 
kamoloti bilan bog‘liq muammo asosiy o‘rin egallaydi. Ta’limiy — axloqiy 
asarlarda bir tomondan inson aqli, uning quvvati, ilm-fanni egallashi, xushxulq 


bo‘lishi ifodalansa, ikkinchi tomondan bu ifodalar ta’limiy-axloqiy asarlarda 
o‘zining badiiy ifodasini topadi.
Mutafakkirlar ta’lim-tarbiyaga oid fikrlarida inson kamolati baxt-saodatga 
erishish uchun sharoit yaratish degan g‘oyani ilgari surish bilan bog‘lab talqin 
etadilar. Xulosa qilib aytganda, markazlashgan Arab xalifaligida ilm-fan taraqqiѐti, 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiѐt va qadimgi ma’naviy yodgorliklar Movarounnahr va 
Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko‘tarilish, Birinchi Sharq Renessansi - 
uyg‘onish davrining boshlanishiga olib keldi. Butun Sharq bilan bir qatorda, 
Movarounnahr ham ilm-fan va ma’rifat sohasida o‘z xizmatlari bilan dunyoga 
mashhur bo‘lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va 
adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Al-Xorazmiy, Abu 
Nasr Forobiy, Al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy 
olimlar maydonga keldi. Qomusiy olimlar o‘z ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy 
asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar 
insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, 
pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shuningdek birinchi Sharq Uyg‘onish davrida sof pedagogik asarlar yaratib, 
ta’lim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlar haqida o‘lmas 
ta’limoti bilan nom qoldirgan, tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.
Demak, Uyg‘onish davri inson kamolati muammolari ikki yo‘nalishda:
1.Qomusiy olimlar ijodiy merosida komil insonni tarbiyalash muammosi.
2.Sof ta’limiy-axloqiy asarlarda komil insonni tarbiyalash muammolari yoritilganini 
ko‘ramiz.
Muhammad Al-Xorazmiy (783-850) jahon matematika fanining buyuk 
namoyandasi Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy taxminan 783 yil Xorazmda 
tug‘ilgan.U boshlang‘ich ma’lumotni o‘z uyida otasidan olgan. Chunki uning otasi 
o‘qimishli bo‘lgan. Qadimiy diniy urf - odatlarni, yerli xalq yozuvlarini bilgan. 
Diniy va ilmiy adabiyotlardan xabardor bo‘lgan. Shuning uchun Al-Xorazmiy 
bolaligidayoq bu ilmiy manbalardan o‘rganish imkoniga ega bo‘lgan. Xorazmiy 
matematika bilan juda berilib shug‘ullangan. Shu sohaga oid barcha asarlarni qunt 
bilan o‘rgangan. U arab, fors, yunon tillarini ham o‘rganib, bu tilda yaratilgan 
asarlarni ham o‘qiy olish qobiliyatiga ega bo‘lgan. Qomusiy olimlar o‘z ilmiy 
merosida insonning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik takomili masalalariga katta 
e’tibor berganlar. Muhammad Al-Xorazmiy insonning kamolga yetishi va insoniy 
munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda ilm-fanning muhim ahamiyatiga ega ekanligi 
to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o‘rin 
egallaydi. Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda 
pedagog-uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o‘z davrigacha bo‘lgan 
qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlar Vavilion (Bobil), Yunoniston, 
Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o‘rgandi 
va o‘zi hayotiy talablar nuqtai nazarida ulardan farq etuvchi yangi kashfiyot yaratdi. 


Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o‘zining ulkan 
hissasini qo‘shdi. “Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr va-l muqobala” asarida 
(“Aljabr va –l muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) sonli kvadrat va chiziqli 
tenglamalar, ularni yechish yo‘llarini bayon etadi. Bu asar uch qismdan iboratdir: 
birinchisi algebraik qism. Uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo‘lim 
kiritiladi;
ikkinchsi, geometrik qism-algebraik usul qo‘llab o‘lchashlar haqida; 
uchinchi qism vasiyatlar haqida bo‘lib, muallif uni “Vasiyatlar kitobi” deb ataydi.
Muhammad al-Xorazmiy matematika fanida abstraksiya tushunchasini 
kengaytiradi. Induksiya yo‘li bilan umumiy yechish usullarini hal etadi, deduksiya 
yo‘li bilan umumiy usullar yordamida xususiy masalalarni yechadi. “Aljabr va-l 
muqobala” asari bilan ham matematika fanini rivojlantirib, o‘zidan avvalgi 
bilimlarni o‘rgandi va ularni sintezlashtirdi hamda amalda qo‘llash usullarini bayon 
etdi. “Al-jabr” keyinchalik matematika fanining alohida bo‘limiga aylandi va 
“algebra” deb ataladigan bo‘ldi. Mazkur amallar yordamida har qanday tenglamani 
kononlik shakliga, ya’ni asosiy tiplardan biriga keltirib, keyin yechiladi. Bu usul fan 
olamida muhim ahamiyatga ega edi. Shu asar tufayli “Al-Xorazmiy” nomi lotincha 
transkripsiyada “Algoritmi” shaklini oldi, keyin “Algoritmus” va nihoyat hozirgi 
zamon hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi “algoritm” (“algorifm”)ga 
aylandi. U matematikaning nazariy rivojlanishi bilan birga, undan turmushda 
foydalanish yo‘llarini ham ko‘rsatib berdi. Muhammad al-Xorazmiyning 
matematikaga oid ikkinchi kitobi “Hind arifmetikasi haqida kitob” (“Hisob al-
hind”)dir. Asar o‘nlik tizim raqamlari (1,2.3,4,5,6.7,8,9)ga bag‘ishlangan. 
Muhammad al-Xorazmiyning tarix va musiqaga oid, quyosh soatlari to‘g‘risida ham 
asarlari bo‘lib, “Tarix kitobi” (“Kitob at-tarix”) xalifalik tarixiga oid bo‘lib, u 
xalifalikning birinchi tarixchilaridan sanaladi. Shuni ta’kidlash joizki, alloma 
o‘zigacha bo‘lgan ilmiy bilimlarning asosiy g‘oyalari, tamoyil va metodlarini 
sintezlashtirdi. U ilmiy bilimlarni o‘rganuvchilarning mustaqil bilim olishlariga 
e’tiborni qaratdi.Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda 
olgan bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning 
ilmiy manbalarni to‘plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malaka 
va ko‘nikmalarini hosil qilishga katta baho berdi. Masalan, “Al-kitob al-muxtasar fi 
Hisob al-jabr va-l muqobala” asarida olimlarni uch guruhga bo‘lib shunday yozadi: 
Ulardan biri o‘zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o‘zib 
ketadi va uni o‘zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi. Boshqasi o‘zidan 
avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, 
yopiqni ochadi, yo‘lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda 
nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to‘playdigan odam bo‘lib, u o‘zidan 
avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo‘ladi, takabburlik qilmaydi va o‘zi qilgan ishidan 
mag‘rurlanmaydi. 
Muhammad al-Xorazmiyning bu fikri bir tomondan, olimlar faoliyatining ezgulikka 
xizmat qilishini yoritsa, ikkinchi tomondan, o‘sha davrda ilmiy tadqiqot ishlari va 


o‘qitishning metod va vositalaridan qay darajada foydalanganligini ko‘rsatadi. 
Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad al-Xorazmiy ham ko‘rgazmali-tajriba 
metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, malaka va ko‘nikmalarni 
shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan. Muhammad 
al-Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon 
etgan: “sezgi” orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, mantiqiy bilish esa haqiqiy 
bilimning 
muhim 
tomonini 
namoyon 
etadi. 
Muhammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo‘shdi. U 
birinchilardan bo‘lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi (samoviy 
obyektlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarning 
algoritm metodida yechishni ishlab chiqdi). U matematik g‘oyalar asosida 
odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy 
talablari asosida paydo bo‘lishini asosladi. Masalan, yer ishlari, binolar qurish, 
kanallar ochish shunday paydo bo‘lgan, deydi. U birinchi marta insonlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi. U «Al jabr va al-muqobala» asari 
bilan matematika fanini rivojlantirdi hamda amalda ko‘llash usullarini bayon etdi. 
«Al-jabr» keyinchalik matematikaning alohida bo‘limiga aylandi va «algebra» deb 
ataladigan bo‘ldi.
Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi «Hind arifmetikasi haqida 
kitob» bo‘lib, ular o‘nlik sistemasi raqamlariga bag‘ishlangan.Xorazmiy hindlarning 
falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashhur astronomik 
jadvallar tuzdi. Shuningdek olim «Yer sathini o‘lchash», «Quyosh soati to‘g‘risida», 
«Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» kabi asarlari bilan fan 
sohasiga juda katta hissa qo‘shdi. Bular ma’rifiy-tarbiyashunoslik jihatidan ham 
hozirgi kunda ahamiyatga molikdir. Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim hissa 
qo‘shdi. U birinchilardan bo‘lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.U 
birinchi marta insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda 
ifodaladi.Xulosa qilib aytganda, al-Xorazmiy Yevropa va sharqda falakiyot va 
matematika sohasida yangi davr ochdi. Hindlarning o‘nlik raqamlari Xorazmiy 
tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi. Xorazmiyning falakiyot 
va geodeziyaga oid kuzatishlari, geografiyaga oid asarlari, u chizgan yer xaritasi 
ham sharq va g‘arb olimlari uchun tekshirish, kuzatish ishlarini olib borishda muhim 
qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi.Xullas, al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta’lim metodlari, 
ilm-fanga ko‘shgan xissasi bilan insonni akliy kamolga yetkazishda, ta’lim-
tarbiyada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan buyuk allomadir.
2. Abu Nasr Forobiyning pedagogika faniga qo‘shgan hissasi 
Forobiy 873 yilda Sirdaryoning forob degan joyida tug‘ilgan. U boshlang‘ich 
ma’lumotni o‘z yurtida oladi. 5 yoshdan u yozish va o‘qishni bilar edi. U 
yoshligidanoq o‘rta asr fanlarini chuqur o‘rganadi. U ilmiy malakasini 
takomillashtirish maqsadida 10 yoshidan Shosh, Samarqand va Buxoroga kelib 
ta’lim oladi. Lekin bu joylar uning ilmga bo‘lgan chankokligini qoniqtirmaydi. U 
Eronning Ray, Hamadon shaxarlarida bo‘ladi. U umrining 40 yildan ortig‘ini 
Bag‘dodda o‘tkazadi. U bir vaqtning o‘zida arab, fors, yunon tillarini o‘rganadi. 


Forobiy aniq fanlar: ilmi nujum, riyoziyot, musiqa, tabobat fanlariga qiziqadi. Lekin 
u ko‘proq falsafa ilmi bilan shug‘ullanadi. Tarixiy manbalarga ko‘ra u Buxoroda 
bo‘lgan kezlarida Buxoro amiri Mansur ibn Nux Somoniyning iltimosiga ko‘ra 
falsafiy asar «At-taxlimiy» asarini yozadi. Shu asari tufayli «Muallim as-soniy» 
(ikkinchi muallim) laqabi bilan mashhur bo‘ladi. Olim 70 dan ortiq tilda so‘zlasha 
olgan. U 160 dan ortiq asarlar yozgan. Bizgacha 40 ga yaqini yetib kelgan xolos. 
Forobiy asarlarining mazmuniga qarab 7 ta katta guruhga bo‘lib chiqishimiz 
mumkin. Ana shu turkumlash jarayonidagi eng muhim bo‘limi tarbiya masalasiga 
bag‘ishlangan yettinchi qismdir. U ta’lim - tarbiyaga oid, «Baxt-saodatga erishish 
yo‘llari haqida risola», «Fozil odamlar shahri», «Fazilatli xulqlar», «Shaharni 
o‘rganish haqida» kabi asarlar yaratgan. Olimning yuqorida biz tilga olgan asarlari 
butun jahon ziyolilari tomonidan haqli ravishda yuksak baholangan.
Abu Nasr Forobiy o‘rta asr ijtimoiy – falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu 
Nasr Forobiy nomi bilan bog‘liq bo‘lib, uning inson kamoloti haqidagi ta’imoti 
ta’lim – tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur yunon faydasufi Arastudan 
keyin Sharqda o‘z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni 
yirik mutafakkir – «Muallimi soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar. Abu Nasr 
Forobiy (to‘liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzaliq ibn Tarxon 
al-Forobiy) hijriy 260 yil (milodiy 873 yil)da Shosh – Toshkentga yaqin Forob 
(O‘tror) degan joyda harbiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Forobda boshlang‘ich 
ta’limni olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqanda ta’lim olganligi haqida 
ma’lumotlar bor. Lekin arab xalifaligining yirik madaniy markazi Bag‘dodga 
xalifalikning turli tomonlaridan kelgan olimlar yig‘ilganligi, uning yirik ilmiy 
markazga aylanganligi tuyfayli Forobiy ham ilm olish istagida Bag‘dodga jo‘naydi. 
Bag‘dodda Forobiy o‘rta asr fanini, turli fan sohalarini o‘rganadi. Masalan, unga 
yunon tilida Abu Bashar Matta (Matta ibn Yunus), tibbiyot va mantiqdan Yuxanna 
ibn Haylon (Jilon) ta’lim bergan. Umuman, Forobiy Bag‘doda matematika, mantiq, 
tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiyot, huquq, tilshunoslik, poetika bilan 
shug‘ullandi, turli tillarni o‘rgandi. Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni 
bilganligi haqida gapiriladi. Abu nasr Forobiy qomusiy olim hisoblanadi. 
Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar. 
Forobiy tahminan 941 yillardan boshlab Damashqda yashaydi. Shahar chekkasidagi 
bog‘da qorovul bo‘lib ishlaydi va faqirona hayot kechirib, ilmiy ish bilan 
shug‘ullanadi. 943-967 yillarda esa Halabda yashaydi. 949-950 yillarida Misrda ham 
bo‘lgan. So‘ng yana Damashqqa qaytib, shu yerda 950 yilda vafot etgan. 
O‘rta asr ijtimoiy – falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy 
nomi bilan bog‘liq bo‘lib, uning inson kamoloti haqidagi ta’imoti ta’lim – tarbiya 
sohasida katta ahamiyatga ega. Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni 
baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi. U fozil shaharni 
boshqaradigan hokim tabiatdan: sog‘ – salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hech 
qanday qiyinchilik sezmaligi; tabiati nozik, farosatli; xotirasi mustahkam, zehni 
o‘tkir, o‘z fikrini tushuntira oladigan notiq, bilim-ma’rifatga havasli, taom yeyishda, 
ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o‘zini tiya oladiga 
bo‘lishi (qimor yoki boshqa o‘yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi; haq va 


haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlarni sevadigan, yolg‘onni va yolg‘onchilarni 
yomon ko‘radigan; o‘z qadrini biluvchi va oriyatli bo‘lishi; mol dunyo ketidan 
quvmaydigan; adolatparvar, qatiyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi muhimligini 
qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko‘rishni istaydi. Forobiy 
o‘zining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo‘ladi. Bunda 
u, kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy 
xususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidoriga, bilim va ko‘nikmalariga e’tibor 
berishlik zarur deydi. U o‘zning «Baxt saodatga erishuv yo‘llari haqida risola» 
asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt – saodatga olib borishdir, - deb yozadi». 
Forobiy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim- daydi. Jamoani idora etuvchi 
adolatli, dono bo‘lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini 
oldindan ko‘ra bilishi, boshqalarga g‘amxo‘r bo‘lishi lozim deydi. Forobiy ta’lim-
tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim – tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga 
e’tibor berish zarurligi, ta’lim – tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil 
odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ixso – al - ulum», 
«Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to‘g‘risida» kabi asrlarida ijtimoiy – 
tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Forobiy o‘z ishlarida ta’lim – tarbiyani 
uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining 
insonni kamolga yetkazishda o‘z o‘rni va xususiyati bor ekanligini alohida 
ta’kidlaydi. Forobiy «Baxt – saodatga erishuv to‘g‘risida» asarida bilimlarni 
o‘rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur 
bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy 
ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish 
lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm 
o‘rganiladi, deydi. Forobiy inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. U 
boshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklashuvchi yoki munosabatlariga 
muhtoj bo‘ladi. Uning fikricha tarbi jarayoni tajribali pedagog, o‘qituvchi 
tomonidan tashkil etilishi muhumdir. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa 
hodisalarni o‘zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o‘qituvchi lozim.Bunga 
Forobiy ta’lim – tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali erishish mumkin, deydi. 
Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim – tarbiya insonni ham aqliy, 
ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-
qoidalarini to‘g‘ri bilib oladi va hayotda to‘g‘ri yo‘l tutadi, boshqalar bilan to‘g‘ri 
munosabatda bo‘ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi. Demak, Forobiy ta’lim 
– tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat 
uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. 
Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim – 
degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – 
nazariy fazilatni, ma’lum xunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va 
amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Forobiy yana aytadi: «Ta’lim 
– degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya 
esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini 
birlashtirish degan so‘zdir. Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya 
esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan 
iborat bo‘lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishidir» 


Forobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda 
ham qay darajada pok bo‘lishi kerakligini «Falsafani o‘rganishdan oldin nimani 
bilish kerakligi to‘g‘risida»gi risolasida shunday ta’riflaydi: «Falsafani o‘rganishdan 
avval o‘zingizni hirs-havaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va 
shahvoniyat kabi noto‘g‘ri tuyg‘ularga emas, balki kamolotga bo‘lgan hirs-havas 
qolsin. 
Bunga xulq - axloqni faqat so‘zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) erishish 
mumkin. Shunday so‘ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo‘lini tushunib 
olishga boshlovchi (notiq – so‘zlovchi, fikrlash ma’nosida) nafsini, jonini, ruhini 
tozalash zarur». Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va 
mulohazali bo‘lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko‘pchilik manfaatini yuqori qo‘yish, 
haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intilish, adolatliylik kabi fazilatlarni tushunadi. 
Ammo bu fazilatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma’rifatli bo‘lishidir. 
Shuning uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog‘liq holda, 
tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq 
meyorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi 
sifatida ham talqin etganligini ko‘ramiz. Forobiy «Aql ma’nolari haqida» risolasida 
aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta’limotida mantiq (logika) ilmi muhim 
o‘rin tutadi deydi. U mantiq ilmi bilan grammatika o‘rtasidagi mushtarakligini qayd 
etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir-
dyoydi. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni 
haqiqiy 
yo‘lda 
olib 
borish 
uchun 
aqlni 
to‘g‘irlab 
turadi-deydi. 
Forobiy «Muzika haqida katta kitob» degan ko‘p jildi asari bilan o‘rta asrning 
yirik muzikashunosi sifatida ham mashhur bo‘ldi. U muzika ilmini nazariy, amaliy 
jihatdan yoritib, muzikani inson axloqini tarbiyalovchi sihat-salomatligni 
mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning muzika sohasida qoldirgan merosi 
muzika 
madaniyati 
tarixida 
muhim 
ahamiyatga 
molikdir. 
Forobiyning ta’lim-tarbiya yo‘llari, usullari, vositalri haqidagi qarashlari ham 
qimmatlidir. U insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l – ta’lim va tarbiya yo‘li bilan osil 
qilinadi-deydi. Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug‘ma fazilat – 
nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta’lim 
so‘z va o‘rganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi,- deydi. 
Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon bo‘ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy 
ko‘nikmalarni qay darajada o‘rganganligiga qarab paydo bo‘ladi, deb ko‘rsatadi. 
Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada 
ma’naviy – axloqiy qoidalar, odob meyorlari o‘rganiladi, kasb-hunarga oid 
malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar 
tomonidan ta’lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy 
ta’lim – tarbiya ishlarini ikki yo‘l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. «Amaliy 
fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish 
masalasi»ga kelganda, bu odat ikki yo‘l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi – 
qanoatbaxsh so‘zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil 
qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g‘ayrat, qasd-intilish harakatga 
aylantiriladi. Ikkinchi yo‘l (yoki usul) – majbur etish yo‘li. Bu usul gapga 


ko‘nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo‘llaniladi. 
Chunki ular o‘z istaklaricha so‘z bilan g‘ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan 
birortasi nazariy bilimlarni o‘rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo‘ladi. Kasb-
hunarlarni va juz’iy san’atlarni egallashga intilish bo‘lmasa, bunday odamlarni 
majbur etmaslik kerak. Chunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularni 
fazilat egasi qilib va san’at ahllariga aylantirishdir. Demak, Forobiy ta’lim – 
tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish usullarini ilgari surgan. Har 
ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini 
ko‘zlaydi. Xulosa qilib aytganda, Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil 
insonni shakllantirish, insonni o‘z mohiyati bilan ijtimoiy, ya’ni faqat jamiyatda, 
o‘zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi. 
Insonning kamolga yetishida ham aqli, ham axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqasi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy tavsiya etgan ta’lim – tarbiya usullari 
hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi bilan diqqatga sazovordir. 
Forobiyning quyidagi pedagogik qarashlari ѐshlarga muhim manba bo‘lib xizmat 
qiladi. Forobiy birinchi bo‘lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir.
1.Ta’lim - so‘z va o‘rganish bilangina amalga oshiriladi.
2.Tarbiya - esa amaliyot, ish-tajriba bilan, ya’ni shu yo‘l orqali amalga oshiriladi
deydi.
3.Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so‘zining ustidan chiqsin, 
yomon ishlardan saqlanadigan bo‘lsin, xiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo‘lsin, 
diyonatli bo‘lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.
4.Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo‘lsa, u 
ko‘p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo‘rin 
bo‘lib ko‘ringan narsalar zaruriy bo‘lib chiqadi. 5.Ma’lumki, inson hech qachon 
tug‘ilganda yaxshi yoki yomon bo‘lib tug‘ilmaydi... Biroq har bir kishida biron bir 
fazilatga yoki qabixlikka mayl, qobiliyat bo‘ladi va shu fazilatlarni 2 turga bo‘ladi.
1.Fikriy fazilat
2.Xulqiy
Fikriy fazilat aqliy quvvatga kirib, aqllilik, donolik fahm-farosatlilik zehnlilikdan 
iborat.
Xulqiy fazilat - intiluvchi quvvatga kirib iffat, injoat, sahiylik va adolatlilikni o‘z 
ichiga oladi. Yomon fazilatlar razillikdir.
Abu Nasr Forobiy buyuk ajdodlarimizdan biridir. U ilm - fan tarixiga
Sharqning buyuk faylasufi, Sharq Arastusi, Sharq Aflotuni kabi mashhur nomlar
bilan muhrlangan. Uning pejagogik va boshqa ijtimoiy karashlari Arastu va
Aflotun asarlarini tushuntirishga qaratilgan bir qancha asarlarida bayon etilgan.
Jumladan, uning mas’uliyat bilan davlatni boshqarish haqidagi fikrlari “Fozil
odamlar shahri” asarida ham o‘z ifodasini topgan. 



Download 350.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling