Sharq uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. XIV asrning 2-yarmi va XVI asrda movaraunnahrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji
Download 54.65 Kb.
|
Ikkinchi Renessans davrida pedagogik masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Nasr Farobiyning asarlaridagi pedagogik qarashlari. Tayanch
Mavzu: Ikkinchi Renessans davrida pedagogik masalalar Reja: Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari Abu Nasr Farobiyning asarlaridagi pedagogik qarashlari Abu Rayxon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari Abu Ali Ibn Sino tarbiya va ta’lim haqida Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari Yusuf Xoj Hojibning “Qutadg’u bilig” asari-pandnoma asar sifatida Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy jahon madaniyati taraqqiyotiga g’oyat katta hissa qo’shgan, fanning bir necha tarmoqlariga asos solgan buyuk qomusiy olimdir. Al-Xorazmiy Algebra fanining asoschisi. Uning “Al-kitob al muxtasar fi hisob al-jabr va al muqobala” asaridagi “al-jabr” so’zi lotincha transkripsiyada “Algebra” ni anglatib, Al-Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomidir. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (taxminan 783- 850-yillar) asli Xiva shahridan bo'Iib, matematika. astronomiya, geografiya va boshqa fanlar sohasida barakali ijod qildi hamda "aljabr" (algebra) fani va "algoritm" tushunchasiga asos soldi. "Algebra” so'zining o'zi esa uning "Kitab al-Jabr val-muqobala" (Tiklash va qiyoslash kitobi) degan risolasi nomidan olingan. Uning arifmetikaga Oid risolasi hind raqamlariga asoslangan bo'Iib, hozirgi kunda biz foydalanadigan o'nlik pozitsion hisoblash tizimi va Shu tizimdagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab bo'ldi. Olinining "al-Xorazmiy" nisbasi esa "algoritm" shaklida fanda abadiy o'rnashib qoldi. Uning XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan “Zij” (Astronomik jadvallar), "Hisob al-Hind". "Quyosh soati haqidagi risola" va boshqa asarlari Sharq va G'arb mamlakatlarida o'rta asrlar ilmiy tafakkurining taraqqiyotiga samarali ta'sir ko'rsatdi. Allomaning eng mashhur asari "Yulduzlar ilmi va samoviy harakatlar haqida to'plam"! hisoblanadi. Uning bu kitobi Yevropada Kopernikkacha bo'lgan astronomiya fanida asosiy qo'llanma bo'Iib xizmat qilgan. U sferik trigonometriya asoschilaridan biridir. Farg'oniy nisbasi lotinchada "alfraganus" shaklida yozilib, Shu nom ostida u Movarounnahrning Farg'ona viloyatidagi qadimgi Qubo (hozirgi Quva) shahrida tavallud topgan Ahrnad al-Farg'oniyning (798-865-yillar) ijodiy faoliyati Bag'doddagi ilmiy markaz (akademiya) bilan bog'liq bo'Iib, hozirgi kunda uning 8 asari bizga ma'lum fanga abadiy kirdi. Algebra' so'zini qayerdan kelib chiqqanini bilasizmi ? Bu so'z Sharqning buyuk matematigi va tabiatshunos olimi ai-Xorazmiy nomi bilan bog'liq. Allomaning 'Al-jabr' nomli kitobi Yevropada 'Algebra' deb atalgan . Algebra Muhammad ibn Muso al-Xorzmiy qadimiy va boy madaniyatga ega bo'lgan o'lkada - Xorazmda tug'ilgan. U yoshligidan bilim olishga qiziqqan. Riyozot va tabiyot ilmlarining asoslarini chuqur egallagan. Qunt bilan arab, fors, hind va yunon tillarini o'rgangan.Xorazmiy yoshlik chog'idan o'zining o'tkir zehni bilan tanila bordi. Bu davrda Bog'dod o'lkasi ilmiy va madaniy markaz hisoblanar edi.Uning hukmdori al-Ma'mun yosh donishmandning dovrug'ini eshitib, boshqa olimlar qatori o'z o'lkasiga taklif etadi. Xorazmiy olam sirlarini o'rgandi U farg'onalik do'sti ai-Farg'oniy bilan bog'dodda rasadxona qurishga boshchilik qildi.Rasadhonadagi asboblar yordamida koinot sirlarini va YER kurrasini o'rgandi. Al- Xorazmiy va Al-Farg'oniy boshchiligidagi olimlar 1000 dan ortiq yulduzlarni tekshirdilar hamda ularning joylanish xaritasini tuzdilar. YER kurrasining aylana uzunligini aniqladilar. Xorazmiy "Surat al- arz" ("Yer suvrati") nomli kitobida Afrika, Osiyo va Yevropa qit'alarini aniq tavsiflagan. Koinot sirlarini o'rganishga oid ijodlari uning "Ziji" ("Astronomiya") kitobida bayon etilgan. Muhammad al- Xorazmiy Bog'dodda vafot etdi. Algebra fanining otasi sifatida Shuhrat qozongan vatandoshimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tarix sohasida Sharqda ilk asarlardan birini yaratgan. Uning "Kitob at-tarix" asari bizgacha turli mualliflarning asarlari tarkibida yetib kelgan. Buyuk ajdodi ilmiy merosini mukammal o’rgangan Beruniy ham bu sohada "Xorazmning mashhur kishilari" yoki "Xorazm tarixi" asarini yaratib qoldirgan. Bu kitob ham to’liq holda saqlanmagan. Al-Xorazmiy Algebra fanining asoschisi. Uning “Al-kitob al muxtasar fi hisob al-jabr va al muqobala” asaridagi “al-jabr” so’zi lotincha transkripsiyada “Algebra” ni anglatib, Al-Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomidir. Olimning “Al-Xorazmiy” nomi esa, “Algoritm” shaklida fanda abadiy saqlanib qolgan. Olimning “ZIJ” asari astronomik asarlarni yozish andozasini belgilab bergan. Al- Xorazmiy fanda birinchi bo’lib geografiyani iqlimlar asosida bayon etgan. Xorazmiy nomi esa matematika fanida "algoritm" atamasi shaklida o'z ifodasini topdi. Uning "Aljabr" asari asrlar davomida avlodlar qo'lida yer o'lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o'lchov ishlarida dasturulamal bo'lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi «Hindiston hisobi to’g’risidagi kitob» nomli arifmetik asar, algebra bo’yicha «Aljabr va al-muqobalaning hisoblanishi to’g’risidagi qisqacha kitob» asari, astronomik jadvallar hamda geografik asar qolgan edi. Ikkala matematik asari o’rta asrlarda Yevropada lotin tiliga tarjima qilingan bo’lib, ko’p vaqt davomida matematika bo’yicha asosiy darsliklar bo’lib xizmat qilgan. Al– Xorazmiyning taxallusi sal shakli o’zgargan holida «algoritm» so’ziga aylanib, avvaliga o’n xonali o’rinlar belgilangan arifmetikaning butun tizimini anglatgan. Keyinchalik bu atama matematikada ma’lum amallarni muayyan tartibda bajarish ketma-ketligi ning qoidasi kabi kengroq ma’noga ega bo’ldi. Shunday qilib, «al-jabr» va «al-muqobala» amallari hozirda qo’llanadigan tenglama hadlarining tenglamaning bir qismidan boshqasiga ko’chirilishi va o’xshash hadlarning keltirilishi amallarining o’rnida qo’llangan. Ushbu ikkita amal al–Xorazmiyga birinchi va ikkinchi darajali har qanday algebraik tenglamani namunaviy shakllardan biriga keltirishga imkon berdi, bunday shakllar al–Xorazmiyning ta’limotida oltita. Kvadrat tenglamalarni yyechishning faqat geometrik usullaridan foydalangan yunonlardan farqli ravishda, al–Xorazmiy faqat o’zining og’zaki ritorik yechimining to’g’riligini isbotlash uchungina chizmalardan foydalanadi. Abu Nasr Farobiyning asarlaridagi pedagogik qarashlari. Tayanch iboralar: Abu Nasr Farobiy, insonparvarlik g’oylari, jamiyatning ichki tartib qoidalarini, shaxsga yakka holda yondashuv, Download 54.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling