Sharq uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. XIV asrning 2-yarmi va XVI asrda movaraunnahrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji


Yusuf Xoj Hojibning “Qutadg’u bilig” asari-pandnoma


Download 54.65 Kb.
bet6/9
Sana07.03.2023
Hajmi54.65 Kb.
#1243931
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ikkinchi Renessans davrida pedagogik masalalar

6. Yusuf Xoj Hojibning “Qutadg’u bilig” asari-pandnoma


asar sifatida.


Tayanch iboralar: Yusuf Xos Hojib, «Qutadg’u bilig», o’z zamonasining bilimdon kishisi, mutafakkir inson, jamiyatning taraqqiyoti, oilaviy tarbiya.


Yusuf Xos Hojib XI asrning ko’zga ko’ringan shoiri va mutafakkiri edi. U Bolasog’un (hozirgi Qirg’izistonning To’qmoq) shahrida tug’ildi. Yusuf Xos Hojib o’zining birdan bir dostoni bo’lgan turkiy tilda yozilgan «Qutadg’u bilig»(«Baxtga eltuvchi bilim») bilan mashhur bo’lgan.
«Qutadg’u bilig» axloqiy-nasixatomuz asar sifatida Sharq o’rta asrining dunyoviy adabiyotiga mansub turk tilidagi eng yirik yodgorliklardan biri edi. Bu asar arab tilida yozilgan Ibn al- Muqaffaning «Kitob al-adab al-kabir», Ibn Qutaybaning «Uyun al- axbor», al-Johizning «Kitob at-taj» turidagi, Shuningdek, fors tilida yozilgan Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Kaykovusning

«Qobusnoma» va shu xildagi Sharqda keng yoyilgan o’git-nasihat janriga mansub edi.
Ushbu kitob 1069 yilda yozilgan bo’lib, muallif uni Qashqar hokimi Sulaymon Arslon Qoraxonga bag’ishlagan, shuning uchun ham xon unga Xos Hojib, ya’ni buyuk xonning maxsus maslahatchisi unvonini bergan.
«Qutadg’u bilig» axloqqa oid qoidalar va xulq-atvor mezonlarining o’ziga xos bir qonuni edi.
Yusufning fikricha, hokim va uning tevaragidagi kishilar «davlat ilmi» qoidalariga binoan boshqarishga o’rganib olishlari xususida ana shu kitobdan barcha zarur bilimlarni topishlari zarur edi.
Yusuf Xos Hojib o’z zamonasining juda bilimdon kishisi edi.
«Qutadg’u bilig» dostoni uning adabiyot, tarix, falsafa, axloqshunoslik va nafosatshunoslik sohasida juda keng bilimlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
Garchand Yusuf ob’ektiv dunyo va undagi odam xudo tomonidan yaratilgan, xudoning nigohi hamma erga etib boradi, deb hisoblasa ham, har holda, mutafakkir insonning shundan keyingi qismatini uning haqiqiy hayotga bo’lgan munosabatini xudo olamni yaratgan, ammo uning ishlariga bevosita aralashmaydi degan nuqtai nazardan turib hal qiladi. (Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig. Toshkent, «Fan», 1972, 26 bet).
Doston qahramonlari - hokim Kuntug’di adolat ramzi, vazir Oyto’ldi baxt (davlat) ramzi sifatida, vazirning o’g’li Og’dulmish aql ramzi sifatida muallif tomonidan o’ylab topilgan, biroq ular mavjud dunyo namoyondalaridir.
Mutafakkir inson faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan muloqotda va o’zaro munosabatlarda, ijtimoiy foydali mehnatdagina chinakam kamolotga yetishadi, degan shiorni ilgari suradi. «Insonga foyda keltirmaydigan inson - o’likdir». (o’sha joyda, 659-667 betlar) deb ta’kidlaydi. U jamiyatda mehnat ahli (dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar) hal qiluvchi maqomdaligini uqtiradi.
O’z dostonida u quyidagilarni yozadi: «Agarda, bek el haqida g’amxo’rlik qilsa, uning fuqarolari boyib ketsa, unda bekning hamma istaklari ro’yobga chiqadi. Agar xalq o’z axloqini takomillashtirib borsa, bek ham axloq-odobda kamol topib boradi, bordi-yu bek axloqli, odobli bo’lsa u o’z xalqi uchun yaxshilik qilgan bo’ladi». (Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig, 309 bet),- deb ta’kidlaydi.

Yagona maqsadni ko’zlab jamiyatning barcha tabaqalarini og’a- inilar sifatida murosaga keltirish va ana shu negizda odil va gullab yashnaydigan jamiyat barpo etish Yusuf Xos Hojib axloqi asosiy mazmunini tashkil etadi.
Yusuf ilmning turli sohalarini jamiyatning taraqqiyotiga va gullab yashnashiga olib keluvchi kuch deb bilib, ularni egallashga da’vat etadi. U ilm-fan va ma’rifat yordami bilan o’z davrining axloqiy muhitini sog’lomlashtirish mumkinligiga ishonadi. Yusuf kishini zulmat ichidagi uyga, bilimni esa ana shu uyni nurafshon etuvchi mash’alaga o’xshatadi. (o’sha joyda, 315 bet)
Yusuf Xos Hojib insonning tashqi qiyofasi uning ma’naviy dunyosiga mos bo’lishiga katta ahamiyat beradi, ya’ni u ikki dunyoning (tashqi va ichki dunyoning) birligi aql-zakovati raso kishining ajralmas fazilatidir, deb hisoblar edi (Qutadg’u bilig, 183 bet). Uningcha halol, haqgo’y, odobli kishi har qanday qimmatbaho narsadan ham qimmatliroqdir, bunday kishiga «baxt har ikki dunyoda ham kulib boqadi». (o’sha joyda, 243 bet).
Yusuf Xos Hojib oilaviy tarbiya-bolalarning axloqiy qiyofasini shakllantirishda eng asosiy omil ekanligini, mabodo bolalarning xulq- atvori yomon bo’lsa, bunga bola emas, ota aybdor ekanligini, ota o’z farzandini aqlli va fahmli qilib tarbiyalamoqchi bo’lsa, u bolani doimo diqqat-e’tibor ostida tutishi lozimligini ta’kidlaydi. Mutafakkir o’z bolalarini ortiqcha erkalatib, bu bilan ularning kelgusida noloyiq hatti- harakatlar qilishga to’g’ridan-to’g’ri aybdor bo’ladigan ota-onalarni qattiq qoralaydi.
Yusuf Xos Hojibning fikricha, bolalarni hunar va bilimga o’rgatish ularning axloq-odobini tarbiyalashning asosidir.



  1. Download 54.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling