Sharq uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. XIV asrning 2-yarmi va XVI asrda movaraunnahrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji


Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari


Download 54.65 Kb.
bet3/9
Sana07.03.2023
Hajmi54.65 Kb.
#1243931
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ikkinchi Renessans davrida pedagogik masalalar

Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari.


Tayanch iboralar: Abu Rayhon Beruniy, “Osmon haqidagi” risola, o’z g’oyalarini asoslash, Beruniy quyidagi, “Donishnoma” asari, Beruniyning deduktiv metodi, ilmiy baxs yuritish.

Abu Rayhon Beruniy o’rta asrlar Sharq Uyg’onish davrining buyuk qomusiy olimlaridan. Uning turli fan sohalarida olib borgan ilmiy izlanishlari, o’zining ko’lami, ilgari surilgan g’oyalarining yangiligi jihatidan beqiyosdir. Mutafakkirning ilmiy salohiyotini tasavvur qilishda uning bilan Ibn Sino o’rtasidagi Aristotelning


«Osmon haqida” va “Fizika” asarlaridagi ba’zi masalalar yuzasidan bo’lib o’tgan yozma baxslari (fikr almashishlari) muhim manba hisoblanadi.
Aristotelning “Osmon haqidagi” risolasi yuzasidan Beruniy va Ibn Sino o’rtasidagi baxs o’nta savol-javobdan iborat bo’lib, unda osmon sferasining tabiati, harakat yo’nalishlari, abadiyligi, borliq va bo’shliq, uzluklilik va usluksizlik kabi masalalar muhokama qilingan.
Beruniy qo’yilgan savollar bo’yicha ba’zi holatlarda Ibn Sinoning

fikriga qo’shilsa, ba’zi holatlarda unga e’tiroz bildiradi. Biz bu maqolada Aristotelning “Osmon haqida” risolasidagi savol-javoblarni tahlil qilish orqali Beruniy tomonidan ilgari surilgan g’oyalarning mantiqiy asoslari, konstruktiv har akteri haqida fikr yuritamiz.
Abu Rayhon Beruniy Ibn Sinoga shunda y savol bilan murojaat qiladi: “Nima sababdan Aristotel biz yashab turgan dunyodan boshqa dunyo ham mavjud bo’lib, u boshqacha tabiatga muvofiq mavjuddir deb tasdiqlovchilarning so’zlarini xato deb biladi”. Beruniy biz yashab turgan dunyodan ham boshqa dunyolar bo’lishi mumkinligini e’tirof etgan holda, o’z g’oyalarini asoslash uchun uchta dalil keltiradi:
Birinchi dalil. Inson mavjud bo’lgan narsalarni o’rganish orqali bilimga ega bo’ladi. Tabiat va to’rt unsur haqidagi bilimlarimiz xuddi Shunday paydo bo’lgan. Lekin ular biz bilgunga qadar ham mavjud bo’lganku? Nima uchun yuqoridagi masalani hal qilishda shunda y bo’lishi mumkinligini inkor qilish kerak?
Ikkinchi dalil. Tug’ma ko’r boshqalarning ko’rishi haqida eshitmaguncha ranglarni qabul qilish qobiliyati sezgi organiga (ko’zga) bog’liqligini hayoliga ham keltirmaydi. Lekin bu holat tug’ma ko’rning ko’rish sezgisining mavjudligini inkor qilishi uchun asos bo’lolmaydi.
Uchinchi dalil. Yerdagi balandliklarni A,V, va S harflari bilan belgilaymiz. Bunda A va S nuqtalari V ga nisbatan er yuzasiga yaqinroq bo’ladi. V balandlikdan oqizilgan suv VA va VS yo’nalishida oqadi va bu yo’nalishlar belgilangan joy (V) ga nisbatan qarama-qarshi harakat yo’nalishini bildiradi. Beruniyning uchinchi daliliga ko’ra har bir unsur uchun alohida tabiiy o’rin yo’qdir.
Beruniy bu masalada quyidagi g’oyalarni ilgari suradi:

  1. Biz yashab turgan dunyodan boshqa dunyolar ham mavjud bo’lishi mumkin.

  2. Boshqa dunyo bizning dunyomiz kabi tabiiy xususiyatlarga ega bo’lishi, lekin bu xususiyatlar ba’zi jihatlari bilan farq qilishi mumkin. Masalan: harakat yo’nalishiga ko’ra. Beruniy fikricha, o’zga dunyoda ham to’rt unsur bo’lishi, lekin ularning harakati o’zgacha bo’lishi mumkin.

  3. Bu olamlarning har biri bir-biridan qandaydir to’siq bilan ajratilgan deb faraz qilish mumkin.

Ibn Sino o’z javobida Arastu falsafasining asosiy tamoyillaridan kelib chiqadi va uning avtoritetiga murojaat qilgan holda, avvalo

boshqa dunyolarning bo’lishi mumkinligi haqidagi fikrning xatoligini isbotlaydi.
Beruniy va Ibn Sino o’rtasidagi savol javoblarning mantiqiy tahlili shuni ko’rsatadiki Ibn Sino ko’proq deduktiv metodga asoslanadi. U xulosa chiqarish uchun asos bo’luvchi bilimlar sifatida Aristotel g’oyalariga tayanadi. Mutafakkir “Donishnoma” asarida xulosa uchun asos bo’luvchi bilimlarni sanab o’tar ekan, 8-bo’lib maqbulot ya’ni fan sohasidagi avtoritetlar fikrini ifodalovchi bilimlarga asoslanish mumkinligini ta’kidlaydi. Ibn Sinoning falsafiy dunyoqarashiga Aristotel ta’limotining kuchli ta’sirini uning ontologik, gneseologik va mantiqiy ta’limotlarida yaqqol ko’rish mumkin.
Ibn Sino asarlarini o’qir ekanmiz, ularda Arastu ta’limotining tanqid qilinganligi yoki fikrining inkor qilinganini deyarli uchratmaymiz. U ustozi avvalgi g’oyalariga asoslanib, ularni to’ldirganini, rivojlantirganini va yangi g’oyalar bilan boyitgani ma’lum.
Ibn Sino bilan bahsida Beruniy Arastu ta’limotini chuqur o’rganishlari bilan bir qatorda uning ta’limotidagi kamchiliklarni ham ko’ra bilganligini va bu haqda o’z asarlarida yozganini kuzatish mumkin. Beruniyning ilmiy bilish uslubi Aristotel va Ibn Sinolarnikdan farq qiladi. U “Qadimgi Xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarining kirish qismida o’z metodiga xos qoidalarni ta’riflab o’tadi. Bu qoidalar Beruniy ilmiy metodining induktiv xarakterga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin Beruniy deduktiv metodni inkor qilgan yoki unga etarli baho bermagan desak, fikrimiz xato bo’ladi. Xususan, u “Geodeziya” asarida deduktiv metodga murojaat qilganligini ko’rish mumkin. Beruniy ilmiy bilish uslubining o’ziga xos tomonlaridan yana biri uning avtoritetlar fikriga munosabatidir. U tabiiy-ilmiy izlanishda avtoritetlar fikrini ustun qo’yishni, ularga taqlid qilishni tanqid qiladi va asosiy e’tiborni tajriba o’tkazish, natijalarini tahlil qilish, kuzatish, taqqoslash kabi usullarga qaratadi. Beruniyning bu mantiqiy usuli ilmiy izlanishlari samaradorligining oshishiga xizmat qilgan desak, yanglishmaymiz.
Beruniy boshqa dunyolar ham bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi Ibn Sinoning raddiyasini quyidagicha inkor qiladi. Beruniy fikricha er va osmonni yaratgan qodir Alloh uchun yana shunda y bir olamni yaratish mumkin emas deb o’ylash xatodir. Mutafakkirning bu g’oyasi

ilmiy metodining konstruktiv xarakterga ega ekanligini ko’rsatadi. Hozirgi zamon konstruktiv mantig’ida biz konkret bilmagan, lekin mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan ob’ektlar haqida fikr yuritish uning qonuniyatlarini aniqlash mumkin deb ta’kidlanadi.
Ibn Sino va Beruniy o’rtasidagi savol-javoblarda Beruniyning o’n asr avval aytgan fikrlari hozirgi kunda ham o’z qimmatini yo’qotmagan. Bu yozishmalarning biz uchun yana bir ahamiyatli tomoni ilmiy baxs yuritishga o’rganishdir. So’nggi o’n besh yil davomida ijtimoiy, xususan falsafiy masalalar bo’yicha yozilgan maqola, monografiyalarda, himoya qilingan dissertatsiyalarda ilmiy baxsning etishmasligini kuzatish mumkin. Falsafadan yozilgan ilmiy ishlarda ko’tarilgan muammo bo’yicha qarama-qarshi fikrlarning tahlili yo’q, chunki ko’pincha qarama-qarshi fikrning o’zi yo’q.



  1. Download 54.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling