Sharq uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. XIV asrning 2-yarmi va XVI asrda movaraunnahrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji
Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati
Download 54.65 Kb.
|
Ikkinchi Renessans davrida pedagogik masalalar
Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati.Tayanch iboralar: Kaykovus, "Nasihatnomai Kaykovus", "Qobusnoma", nodir hikoyalar. Unsuru-l-Maoliy Kaykovus (1021-1099) Kaspiy dengizining janubiy qirg’og’idagi Gilon qabilasidan bo’lib, uning otasi mashhur shoh Shamsu-l-Ma’oliy Qobusning o’g’lidir. Qobus o’z davrida tanazzulga yuz tutgan samaviylar xonadonini tiklashga urindi, biroq bunga erishish uchun Mahmud yordami bilan Tabaristonni zabt etib, poytaxt qilgan (uning huzurida ma’lum muddat Beruniy ham yashagan). Qobusning nabirasi o’z zamonasining ilmli hukmdorlaridan bo’lib, o’g’li Gilonshohga bag’ishlab "Nasihatnomai Kaykovus" asarini yozdi. Asarni mashhur shoh bobosining nomi bilan "Qobusnoma" deb atadi. Muallifning bundan boshqa asarlari borligi ma’lum emas. "Qobusnoma" 1083 yili Jurjonda yozilgan bo’lib, 44 bobdan iborat. Asar boblarining mundarijasidan ma’lum bo’lishicha, muallif zamonasining fozil va zukko kishilaridan bo’lgan. Nafaqat podshohlik mansabi va masalalarida, bilim va madaniy-axloqiy ishlarda ham namuna bo’la olgan. Shuning uchun bo’lsa kerak, "Qobusnoma" 1432 va 1705 yillari turk tiliga, 1786-87 yili uyg’ur, 1881 yili esa tatar tiliga tarjima qilingan. Ovro’pada 1886 yilgi ruscha va fransuzcha, 1811 yilgi nemischa tarjimalari mazkur bo’lgan. Ushbu majmuaga 1860 yilda Ogahiy tomonidan amalga oshirilgan tarjima asos bo’ldi. "Qobusnoma" faqatgina axloqiy nasihatnoma bo’lmay, unda badiiy ijod bilan bog’liq masalalar ham aks etganki, shu jihatdan u XI asrning adabiy-nazariy manbasi sifatida e’tibor uyg’otadi. Ey farzand, shoir bo’lishni istasang, harakat qilki, so’zing oson va foydali bo’lsin, anglashilmaydigan, qiyin so’zlarni ishlatmagil, o’zinggina bilib, boshqalar uning sharhiga muhtoj bo’lgudek so’zni aytmagil, chunki she’rni xalq uchun yozish kerak va o’zi uchun yozmaydi. Bir xil vazn va qofiyaga qanoat qilmagil, san’atsiz, tartibsiz she’r aytmagil. She’r zarb va shaklda al’al1 bo’lsa, ya’ni vazni to’la bo’lsa, yaxshi bo’ladi. Shoirlik qoidasiga ko’ra (she’r yozishda) san’atdan g’ofil bo’lmagil. Masalan, shoirlarning zarur usullari Shular: mujonis (o’xshash), muzmar (yashirin), mutobiq (uyg’un), mushokil (shakldosh), mulavvan (bo’yalgan), mutashobih (allegorik), mukarrar (takror), muvassal (ulangan), muraddaf (radifli), musammat (she’rning bir bandidagi qofiya va boshqa misralardagi qofiyadan farq qiladi), muqatta’ (kesik), musajja’ (qofiyadosh), mutazod (qarama- qarshi), muvashshah (bezatilgan), mustaar (ko’chma ma’noli), muxalla’ (bo’rtmoq), mustaxiyot (o’zgarish), mustaviy (ravon), muzdavaj (juft), muvaana (parallel), zulqofiyatayn rajaz maqlub (qo’sh qofiyali maqtov she’ri) va Shunga o’xshashlar. Ammo, so’zning yuksak (va ta’sirchan) bo’lishini istasang, kinoya, istehzoli gapni (ko’p) so’zlama, mumkin qadar istioralarni ishlatgil. Madhda istiorani ishlatgil. Agar, g’azal yozmoqchi bo’lsang oson, ravon va latif so’zlar bilan yozg’il va mashhur qofiyalar bilan ziynatlagil, sovuq va yoqimsiz qofiyalarni ishlatmagil, oshiqona o’z ahvolingni va go’zal (yoqimli) so’zlaringni qo’ldan bermagil va yaxshi masallarni ham qo’ldan bermagil, shunday yozsang, yuqori tabaqa hamda oddiy xalqqa ma’lum bo’ladi va sening she’ring shuhrat topadi. Og’ir vaznda va aruzda she’r yozmagil, chunki aruz va og’ir vazn yoqimsiz qiliqli, sovuq (tabiatli), latif va nozik ma’nilardan mahrum bo’lgan odamlar uchun yaxshidir. Agar, biror kishi shunday she’rni talab qilsa, yozsang bo’ladi. Ammo, aruz, shoirlik, taxallus ilmini o’rganish bilan she’r (yozishni) o’rgangil. Agar, shoirlar orasida munozara bo’lsa, yo bir kishi sen bilan kashfiyot haqida bahslashib qolsa yoki seni imtihon qilib ko’rsa, engilib qolmagil, aruz doiralarini, ularning otlarini, doiralardan paydo bo’ladigan bahrlarning otlarini bilgil. Masalan, hazaj, ramal, hazaji makfuf, hazaji axrab, rajazi matviy, ramali majnun va mansuh, hafif, muzorei axrab, muqtazab, mutaqorib, qaribi axrab, mansuhi kabiri basit, madid, komil va vofir. Bularning monandini va bu bahrlarning barcha aruz va zarblarini bilib olgil. Madhiya, g’azal yo hajv yoki marsiya yozmoqchi bo’lsang, so’zni mukammal ishlatgil, so’zni notamom ishlatmagil. Nasrda ishlatilgan so’zni nazmda ishlatma, negaki nasr - raiyat, nazm podsho martabasidadir. Agar, bir narsa raiyatga loyiq bo’lmasa, podshoga ham loyiqemas. G’azalni go’zal va ravshan yozg’il, madh yozishda baquvvat va balandhimmat bo’l. Har bir odamga loyiq so’zni aytgil va har bir kishining qadriga qarab she’rni bilib yozg’il. Agar, odamda qahramonlik bo’lmasa, uni shijoatli, bahodir deb maqtamagil. Agar, odam beliga pichoq taqmagan bo’lsa, unga, qilich bilan sherni o’ldirasan, nayza bilan Besutun tog’ni teshasan, o’qni chumolining ko’zidan o’tkazasan, demagil. Har odamki, otga minmagan bo’lsa, unga sening oting Duldulga, Raxshga, Buroqqa o’xshaydi, demagil. Har bir odamga munosib so’zni aytgil. Ammo, shoir madh qilinuvchining tabiatini va unga qanday so’z ma’qul bo’lishini bilishi lozim. Uning xohishiga loyiq madh qilgil. Shundan keyin uning in’omidan ko’ngling xohlagancha ko’z tutgil va himmatingni past tutmagil, har bir masalada o’zingni banda va o’zgani xodim deb ko’p aytmagil, agar maqtagan kishing shu so’zga loyiq bo’lsa, aytgil. Hajv qilishni odat qilmagilki, yomon bo’ladi. Agar, she’rda yolg’on va mubolag’ani yaxshi desalar ham, yolg’onni haddan oshirib yubormagil, do’stlarning va xalqning baland martabali ekanini aytishni zarur deb bilgil. Ammo, g’azal va marsiyani bir xil uslubda, hajv va madhni ham bir xil uslubda yozmagil. Agar, hajv yozishni bilmasang, madhning teskarisini yozgilki, bu hajv bo’ladi, marsiya va g’azalni ham shunday qil. Har xil narsa yozmoqchi bo’lsang, o’z fikring bilan yozgil, boshqalarning so’zini takrorlama, agar boshqalarning so’zini takrorlasang, ko’ngling ochilmaydi, she’r maydoni senga keng bo’lmas va dastlabki she’r yozgan darajangda qolaverasan. Tabiating ochilib, shoirlikka qodir va mohir bo’lganingdan so’ng, agar biror erdan biror ajoyib ma’nili so’z eshitsang, sen shu so’zni ma’qul ko’rsang, bu so’zni boshqa o’rinda ishlatishni istasang (shunday so’zni ishlatdim deb), takabbur bo’lib ketmagil, lekin bu so’zni ishlatmagil, agar shunday so’zlar madhda ishlatilgan bo’lsa, sen hajvda ishlatsang (ma’qul bo’ladi), g’azalda bo’lsa, marsiyada ishlatgil, chunki kishi bu so’zni qaerda ishlatilganini bilmasin. Agar, maqtovchini talab qilsang, yoki bozor ishini qilsang, qovog’ing soliq, kiyiming iflos bo’lmasin, hamma vaqt chehrang ochiq bo’lsin, kulib turgin. Nodir hikoyalarni, kulgili so’zlarni yod ol, chunki maqtovchining oldida shoirning bundan boshqa chorasi yo’qdir. Foydalanilgan adabiyotlarDownload 54.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling