Sharq uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. XIV asrning 2-yarmi va XVI asrda movaraunnahrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji
Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otut turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari
Download 54.65 Kb.
|
Ikkinchi Renessans davrida pedagogik masalalar
Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otut turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari.Tayanch iboralar: Mahmud Qoshg’ariy, «Devonu lug’otut turk», hur fikrli g’oyalar, hunar sohiblarini e’zozlash. Mahmud ibn ul-Husayn Muhammadil Qoshg’ariy (XI asrda yashagan. Tug’ilgan va vafot etgan yili noma’lum) O’rta Osiyolik mashhur olim, turkshunoslik ilmi rivojiga katta hissa qo’shgan yirik mutafakkirdir. U Bolasog’unda tug’ildi, shu yerda tahsil ko’rdi. Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, Mahmud Qoshg’ariy ilmning turli sohalari, xususan, arab va turk tillari, fors adabiyoti bilan shug’ullanib, ularni puxta egallagan edi. Ayniqsa, Mahmud Qoshg’ariyning turkiy qabilalarning tillarini o’rganishdagi xizmati beqiyosdir. U til sohasida o’zining mashhur asarini yozishdan oldin o’sha davrda juda katta hududda yashagan turkiy xalqlarning tili, urf- odati, turmush tarzi, kasb-kori, og’zaki ijodi haqida bir necha yillar mobaynida chidam bilan material to’pladi, butun Movarounnahr, Xorazm, Buxoro, Farg’ona, Yuqori Chinni kezib chiqdi. Umuman olganda, Mahmud Qoshg’ariy turkiy tillarni o’rganishga bag’ishlangan 2 ta asar yozib qoldirgan. Shulardan biri «Javohirun- nahv fi lug’otit turk» (Turkiy tillarning nahv (sintaksis qoidalari) nomi bilan yuritilgan. Lekin bu asar shu vaqtgacha topilganicha yo’q. Uning bizgacha etib kelgan mashhur asari «Devonu lug’otit turk» («Turkiy so’zlar devoni») deb ataladi. Asar turli qabila va xalqlarning tili, leksikasi, fonetikasi, morfologiya va dialektologiyasi haqida juda ko’p boy material beradi. U ayniqsa, til tarixi bilan shug’ullanuvchi olimlar uchun qimmatbaho manba bo’lib xizmat qiladi. Mana shu asar orqali Markaziy Osiyo xalqlari o’z qadimgi avlod-ajdodlari, qabilalarining tillari to’g’risida muayyan tasavvurga ega bo’lishi mumkin. Lekin, ikkinchi tomondan, shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Devonu lug’otit turk» kitobi faqat lug’atshunosliq, tilshunoslikka bag’ishlangan asar bo’libgina qolmasdan, u o’sha davrdagi ijtimoiy- siyosiy hayot to’g’risida ham ma’lumot beradi. Unda XI asrda yashagan qabilalarning tarixi, sinfiy ziddiyatlar, qabilalararo kurash, mehnatkash xalqning zulm va istibdod va mavjud feodal tuzumi tartiblariga qarshi noroziligi o’z ifodasini topgan. Devonga kirgan hikmatli va ibratomuz gaplarda ta’lim-tarbiya, xulq-odob, ilm-fan to’g’risida hur fikrli g’oyalar mavjudki, bu hol Mahmud Qoshg’ariyni zamonasining ilg’or mutafakkiri bo’lganligidan dalolat beradi. Xususan, unda Mahmud Qoshg’ariy kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi, yomonlikni qoralaydi, ilm va hunar sohiblarini e’zozlaydi, ulardan ibrat olishga kishilarni chaqiradi. U jamiyatdagi illatlarga: fitna, tamagirlik, ig’vogarlik, mag’rurlik, boylik ketidan quvish, baxillik va boshqalarga qarshi chiqadi. Shuning uchun ham uning insonparvarlik ruhi sug’orilgan g’oyalari keyingi davrlarda ham Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy va falsafiy fikr taraqqiyotida muhim rol’ o’ynadi. Download 54.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling