Sharq uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. XIV asrning 2-yarmi va XVI asrda movaraunnahrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji


Abu Ali Ibn Sino tarbiya va ta’lim haqida


Download 54.65 Kb.
bet4/9
Sana07.03.2023
Hajmi54.65 Kb.
#1243931
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ikkinchi Renessans davrida pedagogik masalalar

Abu Ali Ibn Sino tarbiya va ta’lim haqida.


Tayanch iboralar: Sharqning buyuk siymosi, dunyoviy fan olimi, ajdodlarimiz xotirasi, e’zoz va ehtirom sari, boy ma’naviy-ma’rifiy meros.

Sharqning buyuk siymolaridan biri - qomusiy olim, mutafakkir, tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino (980-1037-yillar) bo'lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan, iste'dodli, xotirasi kuchli, zehni o'tkir bo'lganligidan o'z davrida ma'lum bo'lgan ilmlarni tez egallagan. U 16 yoshdayoq mashhur tabib - hakim bo'lib tanildi va keyinchalik "Olimlar boshlig'i", "Tabiblar podshohi" kabi eng buyuk nomlarga sazovor bo'ldi. Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, biroq bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib keigan. Uning, ayniqsa, "Tib qonunlari" asari XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, 800 yil davomida G'arb mamlakatlari universitetlarida asosiy qo'llanma bo'lib keigan va hozir ham bir qancha tibbiy o'quv yurtlarida o'rganiladi.


Dunyoviy fan olimlari bilan birga bu davrda islom ta'limoti va mafkurasining takomili yo'lida movarounnahrlik diniy ulamolarning xizmati katta bo'ldi. Zero, islom Arabistonda vujudga kelgan bo'lsa hamki u Movarounnahrda ravnaq topdi. Bu diyor allomalari o'z durdona asarlari bilan o'rta asrlarda Qur'on tafsiri hadisshunoslik, arab filologiyasi, fiqh (islom huquqshunosligi), kalom (islom falsafasi)

ilmlarining turli sohalari taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdilar. Qur'on mazmunini sharhlab, tafsirini bayon qiluvchilar bo'lmish mufassirlarning aksariyati (Imom al-Moturidiy, Imom Abu Lays as- Samarqandiy, Imom az-Zamaxshariy, Imom an-Nasah'y) ushbu diyor vakillari edi.
Hadis Islomda Qur'ondan keyingi muqaddas manba hisoblanib, Muhammad alayhissalomning diniy va axloqiy ko'rsatmalari, hikmatli so'zlaridan iboratdir. Hadislar to'plami sunna deb nom olgan bo'lib, islom dunyosida eng nufuzli deb e'tirof etilgan 6 ta ishonchli hadislar to'plami mualliflarining ham aksariyati O'rta Osiyolikdir. Shular ichida "Hadis ilmida amiralmo'minin" degan sharafli nomga sazovor bo'lgan buyuk muhaddis olim Imom al-Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" to’plami eng mo'tabari hisoblanadi. Bu davrda ushbu zaminda islom huquqi - shariat ancha rivoj topgan bo'lib.bu sohada ham movarounnahrlik allomalar boy meros qoldirganlar. Ayniqsa, bu borada Burhoniddin al-Marg'inoniyning "Hidoya" asari islorn olamida mashhur bo'ldi. Shuningdek, islom diniga asoslanuvchi musulmon olamida keng tarqalgan buyuk ta'limot - tasavvuf jamiyat ma'naviy hayoti rivojlanishida muhirn ahamiyat kasb etdi. Bu yerda yassaviya, naqshbandiya, kubraviya kabi turli sun’iylik tariqatlari shakllandiki, ular orqali insoniyat islom dinining ichki va tashqi go'zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Chunki, tasavvuf ta'limotining o'zagi - inson va uni ma'naviy jihatdan kamol toptirishdir.
Mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida ulug’ ajdodlarimiz xotirasiga yuksak ehtirom ko’rsatilib, ular qoldirgan boy madaniy va ma’naviy merosni o’rganish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Istiqlol yillarida xalqimizning ko’plab buyuk farzandlari nomlari bilan bog’liq qadamjolar obod etildi, yangi yodgorlik majmualari qad rostladi. Yosh avlodni ajdodlarga munosib vorislar sifatida tarbiyalash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi, bu xayrli ish davom etmoqda. Ayni kunlarda diyorimizda jahon ilm-fani xazinasiga bemisli hissa qo’shgan ulug’ bobomiz Abu Ali ibn Sinoning 1025 yillik yubileyi nishonlanib, qizg’in o’tdi. "Sihat-salomatlik yili" davlat dasturi doirasida o’tkazilgan mazkur tantanalarda "Ibn Sino" xalqaro jamg’armasi ham faol ishtirok etda. Jamg’arma raisi, tibbiyot fanlari doktori Shuhrat Ergashev bilan O’zA muxbirining suhbati ana shu

xususda bo’ldi.

  • Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino Mashriqda e’zoz va ehtirom bilan Shayx ur-rais - Shayxlarning raisi deb atalsa, Mag’ribda Avitsenna nomi bilan mashhur, - deydi Sh.Ergashev. - Ul zot milodiy 980 yilning avgust oyida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida dunyoga kelgan.

Ibn Sino, umri murakkab va sertashvish vaziyatlarda o’tganiga qaramay, ilm-fanning o’n ikki sohasi bo’yicha mislsiz yutuqlarni qo’lga kiritgan.
O’sha davrdagi mavjud siyosiy vaziyat buyuk vatandoshimiz boshiga ko’p sarson-sargardonliklar solgan. U Buxorodan Xorazmga ko’chadi, undan keyin Isfahon va Hamadon shaharlarida yashaydi.Alloma Xorazmda yashagan davrlarda Ma’mun akademiyasida ko’plab mashhur olimlar, ayniqsa, Abu Rayhon Beruniy bilan yaqin ilmiy-ijodiy hamkorlik qilgan. zining dunyoga mashhur "Tib qonunlari" va "Ash-Shifo" asarlari uchun zarur ma’lumotlar to’plagan. 1037 yilda 57 yoshda vafot etgan vatandoshimiz Hamadon shahriga dafn etilgan.
Ibn Sino faoliyati bilan shug’ullangan olimlar uning har lahzadan unumli foydalanganini alohida ta’kidlaydilar. Darhaqiqat, inson 57 yillik hayoti davomida 450 dan ortiq asar yozib, ilm-fanning ko’plab sohalarida o’chmas iz qoldirishi oson emas.

  • Buyuk vatandoshimiz qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni o’rganish va targ’ib etish, uning 1025 yillik yubileyini munosib nishonlash borasida siz rahbarlik qilayotgan jamg’arma qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

  • Ulug’ vatandoshimiz merosini chuqur o’rganish va targ’ib qilish, bu yo’nalishda ilmiy izlanishlar olib borish Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan jamg’armamizning asosiy vazifalaridandir. Ibn Sino kutubxonasi va muzeyi tashkil etildi. Jamg’armamiz tomonidan chop qilinayotgan "Ibn Sino - Avisenna" deb nomlanuvchi xalqaro jurnal alloma qoldirgan boy ma’naviy meros hamda sog’lom turmush tarzi konsepsiyasining faol targ’ibotchisi. Bu borada ulug’ yurtdoshimiz asarlarini hamda ularning ahamiyatini ochib berishga yo’naltirilgan qator risolalar ham jamg’arma ko’magi bilan nashr etildi.

Joriy yilning Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Sihat- salomatlik yili deb e’lon qilinishi hamda shu munosabat bilan ishlab

chiqilgan davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublikamizdagi barcha akademik litsey hamda kasb- hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlarida Ibn Sino nomi bilan ataluvchi salomatlik markazlari ochildi. Ular orqali jamg’armamiz vakillari doimiy ravishda yoshlarga sog’lom turmush tarzi falsafasini tushuntirmoqda, targ’ib qilayotir. Ana shu ezgu ishni amalga oshirish niyatida "Abu Ali ibn Sino" deb nomlangan gazetani chop etishni ham yo’lga qo’ydik.



  1. Download 54.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling