TARIX
1. Nima sababli Muqaddas Rim imperiyasiga “muqaddas” nomi berilgan?
A) xristian cherkovi homiyligida bo`lganligi uchun
B) imperiyaga asos solgan sulola “muqaddas” tog‘ yonida yashaganligi uchun
C) Franklar imperiyasidan ajralib turish uchun
D) Vizantiya imperiyasiga barham berish uchun
To‘g‘ri javob – A.
Manba: 7-sinf Jahon tarixi 28-bet (T.
O‘. Salimov, F. E.
Sultonov,
“O‘zbekiston
milliy
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent-2017)
2. Somoniylar mamlakatda dehqonchilik xo‘jaligini rivojlantirishga katta e’tibor
berganligi
sababini toping.
A) xiroj solig‘idan tushadigan daromad davlat harajatlarining katta qismini qoplagani uchun
B) mamlakat hududida xususiy shaxslarga tegishli yerlarni ko‘paytirish maqsadida
C) “dehqon” degan tushuncha o‘zining “qishloq hokimi”ni anglatuvchi asl ma’nosini
yo‘qotgani uchun
D) Movaraunnahr va Xurosonni Arab xalifaligi ta’siridan ozod qilish uchun