Sharq uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. XIV asrning 2-yarmi va XVI asrda movaraunnahrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji
Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar
Download 54.65 Kb.
|
Ikkinchi Renessans davrida pedagogik masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahmad Yugnakiy
Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar.Tayanch iboralar: Ahmad Yugnakiy, yaxshilik urug’ini sepish, bilimli bo’lish, to’ralar va amaldorlar hatti-harakati. Ahmad Yugnakiy o’zining «Hibat ul-haqoyiq» nomli axloqiy- nasixatomuz dostoni bilan mashhur bo’lgan, XII asr va XIII asrning birinchi yarmida yashagan mutafakkir edi. U hozirgi Samarqand yaqinidagi Yugnak shahrida tug’ilgan. Ahmad Yugnakiyning turkiy tilda yozilgan «Hibat ul-haqoyiq» dostoni turkiy xalqlarning nodir adabiy yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Doston Markaziy Osiyoga mo’g’ullar istilosigacha bo’lgan davrda yozilgan. Ahmad Yugnakiy tasavvuricha, Xudo insonning taqdirini, uning xulq-atvorini va butun hayotiy faoliyatini belgilab beruvchi birdan bir hokimdir. (Ahmad Yugnakiy. «Hibat ul haqoyiq», T., G’.G’ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1971, 156-b.) Lekin, u ayni choqda dunyoviy hayotning ma’nosi va go’zalligini inkor etmaydi va ijtimoiy hayotning xususiyatlari haqida o’z fikriga ega edi. Yugnakiy o’z dostonida dunyoning bevafoligi, o’tkinchiligi haqida gapiradi: dunyo uning nazarida karvon faqat ozgina fursatga to’xtab o’tiladigan rabotdir. Shu sababli, deb ta’kidlaydi u, bu dunyodagi rohat-farog’atga intilish befoyda, uni deb azob-uqubat chekishga arzimaydi, chunki «sen bugun ko’rib turgan boylik ertaga g’oyib bo’ladi, sen o’zimniki deb bilgan buyumlar, boshqalarga qolib ketadi»(O’sha asar, 40-41 betlar). Mutafakkir faqat «yaxshilik urug’ini sepish» uchungina yashashni maslahat beradi. Uning fikricha, inson bilan bilimni bir-biridan ajratib bo’lmaydi, faqat bilimli kishigina kamol topishi mumkin: Olim odam qimmatbaho dinordir, Nodon, joxil odam - qimmatsiz soxta puldir. Xo’sh, qanday qilib olim nodon bilan tenglashuvi mumkin? Olim ayol-er, joxil erkak-xotindir. Shu boisdan u o’qish va bilim ortirishni masalahat beradi, chunki «Er bilim-suyak uchun xuddi ilikdek, erning chiroyi ham uning aqlidadir». (Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq., 40-41 betlar). Ahmad Yugnakiy bilan Yusuf Xos Hojibning bilim olish haqidagi fikrlari o’rtasida tafovut mavjud. Ahmad Yugnakiy bilimli bo’lish avvalo kambag’allar uchun muhim va g’oyat ulkan ahamiyat kasb etadi, deb hisoblaydi. Yusuf Xos Hojib esa bilimni faqat imtiyozli kishilar olishi mumkin, avom xalq bilim olishga moyil emas, uning uchun muhimi to’q bo’lishdir, deb o’ylaydi. (Yusuf Xos Hojib, «Qutadg’u bilig», 247 bet). Yugnakiy esa, Shunday deb ta’kidlaydi: «Mol-mulksiz kishi uchun bilim bitmas-tuganmas mulkdir, kambag’al uchun bilim xatosiz hisobdir». (Ahmad Yugnakiy, «Hibatul-haqoyiq», 46-bet) U har bir kishi izzat va hurmat qozonishga intilishi lozim, lekin bularni faqat halol mehnat, bilim va aql madadi bilangina qo’lga kiritish mumkin, deydi. Ahmad Yugnakiy, arkoni davlatning muloyimligi va sahovatiga umid bog’lash yaramaydi, deb uqtiradi. U to’ralar va amaldorlar hatti- harakatiga alohida e’tibor beradi. U bunday kishilarga baland martabaga erishgach, gerdayib ketmaslikni, kamtar va mehribon bo’lishni maslahat beradi. Download 54.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling