1-mavzu: Sharq uyg‘onish davrida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti. Sharq Renessansi davri qomusiy olimlaridan Muhammad Al-Xorazmiy ва Abu Nasr Forobiyning pedagogika fani rivojiga qo‘shgan hissasi


 Sharq uyg‘onish davrida Markaziy osiyolik allomalarning ilmiy merosi


Download 350.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana28.12.2022
Hajmi350.15 Kb.
#1021707
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-ma\'ruza

 


2. Sharq uyg‘onish davrida Markaziy osiyolik allomalarning ilmiy merosi 
Ahmad al-Farg‘oniy (797-865) astronomiya, matematika, geografiya va 
boshqa ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan o‘zbek qomusiy olimi bo‘lib, 
Sharqda Al-Farg‘oniy, Yevropada Alfraganus (Alfraganus) taxalluslari bilan 
mashhurdir. Bizning davrimizgacha Ahmad al-Farg‘oniyning 7 asari saqlanib 
qolgan (lekin ular hozirgi zamon tillariga tarjima qilinmagan). Asarlarning
qo‘lyozmalari jahonning turli shaharlari - Berlin, Dushanbe, London, Parij,
Tehron, Toshkent, Mashhad, Patna, Rampur, Xalab va Qohiradagi yirik
kutubxonalarda saqlanmoqda. Al-Farg‘oniyning «Astronomiya asoslari haqidagi
kitob» asari o‘rta asr musulmon Sharqi mamlakatlaridagi, so‘ng Ispaniya orqali 
Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi. 
Abbosiy xalifa Abul Fazl Ja’far al-Mutavakkil (hukmronlik yillari 847-861)
buyrug‘iga binoan Nil daryosidagi suv sathini o‘lchaydigan inshoot barpo etish 
uchun Misrning Qohira yaqinidagi Fustat shahriga keladi. Ilmiy-texnik va
me’moriy jihatdan g‘oyat ulug‘vor bu qurilma Nil daryosining Sayyolat ul-
Rod mavzesida hozirga qadar saqlanib qolgan. Garchi Ahmad al-Farg‘oniy
haqida ma’lumotlar juda oz bo‘lsada, ammo o‘rta asrlarda sharq ilmiy 
dunyosida uning nomi mashhur bo‘lgan . 
Ming yil ilgari Markaziy Osiyoliklar erishgan intellektual yutuqlarni sanab
chiqishni qayerdan boshlashni bilish mushkul. Matematikada markaziy 
osiyoliklar birinchi bo‘lib, irratsional sonlarni qabul qilishgan, kub teng-
lamalarning turli shakllarini aniqlashgan, trigonometriyani kashf etishgan, o‘nlik 
sonlar tizimini va hind (G‘arbda “arab raqamlari” sifatida tan olingan) raqamlarini 
yanada takomillashtirishgan hamda boshqa o‘lkalarga tarqatishgan. Astronomiyada
ular yaqin asrlargacha tengi yo‘q aniqlik bilan Yerning diametrini o‘lchaganlar
hamda hayratlanarli darajadagi aniq astronomik jadvallarni tayyorlash uchun
Uyg‘onish davridan ancha avval bir necha yirik rasadxonalar qurganlar. Ximiya
sohasida esa Markaziy osiyoliklar reaksiyalarni qaytarishga, kristallizatsiyadan
kimyoviy tozalashning bir vositasi sifatida foydalanishgan, go‘yo Dmitriy
Mendeleyevning 1871 yilgi davriy jadvaliga poydevor yaratish maqsadida 
muayyan tortishkuchini o‘lchash va uni guruh elementlarida qo‘llash kabi 
yutuqlarga erishganlar. Ular xristomatik tarzda qadimiy tibbiy bilimlarga o‘z
hissalarini qo‘shdilar, farmakologiya asoslarini kengaytirdilar hamda barcha
bilimlarni G‘arb va Hindistonga uzatdilar. Texnologik yutuqlardan keyinchalik 
g‘arbiy yo‘nalishda Yaqin Sharqqa va Yevropaga hamda sharqiy yo‘nalishda
Xitoygacha tarqalgan shamol tegirmonlari va suvni ko‘tarish uchun gidravlik
mashinasozlikni ta’kidlash mumkin.
Xalifalik taxtiga Abbosiylar sulolasining kelishiga asosan Markaziy osiyoliklar 
muhim rol o‘ynagan. Bu omilni hisobga olsak, Markaziy osiyolik daholarning
Bag‘dodda misli ko‘rilmagan muhim roli tabiiy hol bo‘lib ko‘rinadi. 
Xalifalarning o‘zlari Sharqda joylashib qolgan etnik arablardan edi, ammo vaqt 
o‘tishi bilan arablar “mahalliy tus oldilar” hamda o‘zlari voyaga yetgan forsiy va 
turkiy dunyoga g‘arq bo‘ldilar. Bag‘dodda xalifalikda mujassamlashgan arab
dunyosi ilm-fan va ta’limining oltin davri emasmi? Xuddi shunday!
Oftalmologiyaning asoschisi ibn al-Hayzam (taxm. 965-1040) kabi yorqin arab


olimlari o‘tgan. Biroq, leypsiglik olim Xaynrix Shuter birinchilardan bo‘lib bir asr 
avval ko‘rsatganidek, o‘sha “arab olimlari”ning ko‘pi (aksariyati bo‘lmasa agar) 
aslida Markaziy Osiyodan kelib chiqqan forsiy yoki turkiylardan bo‘lgan. Buni
hozirgi O‘zbekiston-Turkmaniston sarhadlarida joylashgan Xorazm o‘lkasidan 
kelib chiqqan va shuning uchun “al-Xorazmiy” sharifini qabul qilgan matematik va
astronom Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy misolida ko‘rish mumkin. Uning
bir qator kashfiyotlaridan biri bo‘lgan algoritmlarda uning buzilgan shaklda 
bo‘lsa-da ismi aks etgan bo‘lib, bizning “algebra” atamamiz esa uning 
matematikadagi keng e’tirof etilgan asari sarlavhasidan olingan. Shunga o‘xshash 
tarzda, G‘arbda Alfarabius nomi bilan tanilgan va Aristotel etikasini o‘ziga xos 
tarzda tahlil qilishda G‘arb mutafakkirlaridan ilg‘orlab ketgan Abu Nasr al-
Forobiy (873-950) arab emas, balki hozirgi Qozog‘iston hududidan kelib chiqqan 
turkiy olim edi. 
“Bayt ul-hikma”da ilmiy faoliyat olib borgan Abu Bakr Muhammad ibn 
Zakariyo ar-Roziy (865-925) - sharqning qomusiy olimi, tabib va 
mutafakkiridir. O‘rta asr Yevropasida lotincha Razes nomi bilan tanilib, tabobat
sohasida o‘z davrining Galeni deb sanalgan. Shuningdek, ximiya, botanika,
matematika, astronomiya, mantiq va falsafa kabi fanlarni chuqur o‘rgangan, 
adabiyot va musiqa bilan ham shug‘ullangan. Roziy bir qancha vaqt Ray va Bag‘dod 
shifoxonalarini boshqargan. Roziyning tabobatga oid asarlaridan 36 tasi bizgacha
yetib kelgan. Roziy o‘z davri tabobatini diagnostika va davolashning yangi
usullari bilan boyitdi, jarrohlikda birinchi bo‘lib ketgut (qo‘y ichagidan
tayyorlangan ip) ishlatdi. Qizamiq va chechakni samarali davoladi, tibbiyotda 
birinchilardan bo‘lib kasallikka qarshi emlash (vaksina) usulini amalga oshirdi. VII
asrda arab qo‘shinlari bilan kelgan islom biz hozirda “qiyosiy dinshunoslik” va 
“falsafiy tahlil” deb ataydigan sohalarda yetarli darajada “ekspert” bo‘lgan aholiga 
duch keldi. Ko‘p Markaziy Osiyoliklar islomni qabul qildilar, boshqalari esa
madaniy to‘lqin mavji bosilmagunga qadar qabul qilishdan bosh tortdilar. Qaysi
dinga e’tiqod qilishlaridan qat’i nazar, Markaziy osiyoliklar mohir tizimga
soluvchi va tahlilchi bo‘lib chiqdilar.
Ulardan biri Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870) payg‘ambar 
Muhammad (a.s.)ning hadislarini to‘pladi, tahlil qildi hamda Qur’ondan keyin
ikkinchi eng muqaddas kitob hisoblanmish to‘plamni yaratdi. Dunyoviy fikrlar
ham mintaqa bo‘ylab to‘siqsiz sayohat qilib yurdi. Astronom al-Xorazmiy
hind raqamlari (hamda “0”) va boshqa raqamlardan foydalanishni qiyoslab kitob
yozgan bo‘lsa, o‘zga olimlar hind geometriyasi, astronomiyasi va hatto taqvim
tizimlarida foydali g‘oyalarni izlab chuqur tadqiq qildilar. Bundan oldinroq 
Markaziy osiyoliklar turli alifbolarni (masalan, Suriya va Hindiston yozuvlarini)
sinovdan o‘tkazdilar. Bir qator mahalliy tillar payg‘ambar Iso (a.s.) gapirgan
arama (aramey) tili alifbosini qabul qilib olishdi. Dunyoning har qanday boshqa 
burchagida intellektual jihatdan bundan-da “bag‘rikeng” mintaqani tasavvur qilish 
mushkul. 
Markaziy Osiyoda IX-XII asrlarda ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar 
natijasida markazlargan davlatlar tashkil topdi. Mintaqada shakllangan siyosiy 
va iqtisodiy barqarorlik ilmu-fan va madaniyatning gullab-yashnashiga qulay


sharoit yaratdi. Bu davrda somoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar, xorazmshohlar 
saroylarida ilm ahlini yig‘ish va ularga homiylik qilish odat tusiga kirgan edi.
1004-1017 yillar Xorazmshohlar davrida faoliyat ko‘rsatgan “Majlisi-
ulamo” (Xorazm Ma’mun akademiyasi) sharqona akademiyaning misli ko‘rilmagan 
salohiyatini namoyon qilgan. Unda barcha davrlarning buyuk qomusiy olimlari 
bo‘lmish Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino boshchiligida 200 dan ortiq 
olimu fuzalolar ilmiy ijod bilan mashg‘ul bo‘lishgan. 1004 yilda Urganchga
Abu Rayhon Beruniy (973-1048), 1005 yilda esa Abu Ali ibn Sino (980-1037) 
keladi va shu bilan Xorazm Ma’mun akademiyasi to‘liq o‘z takomiliga yetadi. Abu
Rayhon Beruniy Xorazm Ma’mun akademiyasining rahnamosi sifatida faoliyat 
yuritgan. Akademiyadagi olimlar matematika, falsafa, tarix, tilshunoslik, ximiya,
adabiyot, musiqa, geografiya, geodeziya, topografiya, mexanika singari turli fan
sohalari bilan shug‘ullanib, bu ilmlarning kelajakdagi taraqqiyotiga zamin 
hozirladilar. Milodning 998 yilida bir-biridan 200 mil uzoqlikda, hozirgi 
O‘zbekiston va Turkmaniston hududlarida istiqomat qiluvchi ikki yigit o‘zaro 
yozishmaga kirishdi. XXI asr laboratoriyalarida qo‘llaniladigan so‘z tortishuvi bilan 
ular bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan 18 masala borasida 
munozara olib bordilar.
Yulduzlar orasida quyosh tizimiga o‘xshash o‘zga tizimlar ham mavjudmi yoki 
biz bu koinotda tanhomizmi, deya savol qo‘yishardi ular. Yevropada mazkur masala 
keyingi 500 yil ichida ochiq qoldi, biroq bu ikki yigitga biz koinotda yolg‘iz 
emasligimiz ravshan edi. Ular yana – yer bir butun (yaxlit) va tugal shaklda 
yaratilganmi yoki u vaqt mobaynida evolyutsion tarzda taraqqiy etganmi, degan 
savollar bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Yosh olimlar shunday xulosaga kelishdi: vaqt 
davomiy, uning na boshi va na oxiri bor. Boshqacha aytganda, ular yaratilganlik 
nazariyasi (kreatsionizm)ni rad etib, evolyutsion geologiyani va hattoki, 
darvinizm asoslarini Darvindan qariyb ming yil oldinroq ilgari surishdi. Xolbuki, bu 
kabi qarashlarning barchasi ham islom, ham o‘rta asrlar nasroniy dinida bid’at 
sanalgan. Ming yil avval amalga oshirilgan mazkur yozishmalar ilm-fan tarixida
kamdan-kam uchraydigan kelajakka dadillik bilan qaraydigan intilishlar edi. Biz 
bu haqda saqlanib qolgan hamda ming yillar osha qayta nashr etilgan 
qo‘lyozmalarning bir necha nusxasi tufayligina bilamiz.
Yevropada Avitsenna nomi bilan tanilgan, o‘z faoliyatida 450 dan ortiq asar 
yozgan qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino ta’limotlari bugun ham o‘z ahamiyatini 
saqlab qolmoqda. Ibn Sinoning tibbiyotga oid 43 asar yozgani bizga ma’lum. Abu 
Ali ibn Sinoning ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan Leonardo da Vinchi,
Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko‘plab olimlar uning asarlarini o‘qib, 
hayratlangan. Ibn Sinoning 1024 yilda yozilgan besh tomdan iborat “Tib qonunlari”
asari 36 marta nashr qilingan. Asar XII asrdayoq kremonlik Gerard tomonidan lotin 
tiliga tarjima qilingan, Yevropada XV asrda chop etilgan dastlabki kitoblardan biri 
bo‘lgan va qit’adagi yetakchi universitetlarda qariyb 500 yil davomida tibbiyotdan
darslik sifatida o‘qitilgan. Ibn Sino nafaqat tib ilmi, balki falsafa, astronomiya,
kimyo, fizika, geografiya, musiqa va adabiyot sohalarida ham keng ijod qilgan. 
Beruniy butun dunyoga mashhur bo‘lgan 5 metrli globusini yaratgach, u Yer 
sharining 3/5 qismi hali hisobga olinmaganini aniqlagan. F.Starr o‘zining


“Bugungi tarix” risolasida “Beruniyning ish uslublari aynan bugungi kun 
uslublariga nihoyatda o‘xshashligi bilan kishini hayratga soladi, ularni ilmiy 
tadqiqotning bid’atparast va xurofiy o‘rta asr - dunyosi qa’ridan eshitilgan sokin,
ehtiroslardan xoli ovoziga qiyoslash mumkin”- deb yozadi. Beruniyning turli 
fanlardagi ijodi va muvaffaqiyati uning tom ma’noda cheksiz bilim sohibi ekanligini 
ko‘rsatdi va uning nomini mangulikka muhrladi.Abu Rayhon Beruniy to‘g‘risida 
yirik nemis sharqshunosi Karl Eduard Zaxau shunday degan: “Dunyoda tog‘lar
ko‘p, lekin ular orasida shunchalik yuksak bir cho‘qqi borki, bu cho‘qqini
insoniyat hech qachon zabt etolmaydi. Bu – Beruniydir”. Abu Rayhon Beruniy 
faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan, amerikalik fan tarixchisi J.Sarton XI asrni
“Beruniy asri” deb ta’riflaydi. Frederik Starr: “ Ibn Sino va Beruniy-bu ikki nodir 
aql sohiblari antik dunyo va Yevropadagi Uyg‘onish davri o‘rtasidagi eng buyuk ilm 
darg‘alari qatorida turadi. Bahs-munozaraga moyil bo‘lgan mazkur daholarni
bugun ko‘pchilik arab millatiga mansub deb biladi (agar, umuman, bilsa). Buni 
tushunsa bo‘ladi, chunki bu ikki olim ham arab va fors tillarida ijod qilgan. Biroq 
ingliz tilida yozgan yapon millatiga mansub inson ingliz bo‘lolmagani singari, arab 
tilida yozgan Markaziy Osiyolik odam ham arab bo‘lolmaydi. Aslida, ular 
matematika, astronomiya, tibbiyot, geologiya, tilshunoslik, siyosatshunoslik,
she’riyat,arxitektura, amaliy texnologiya kabi sohalarda hozirgi kunda biz
Markaziy Osiyo deb atayotgan hududda yashab ijod etgan etnik jihatdan forsiy va 
turkiy daholardan tashkil topgan “yulduzlar turkumi”dandir. 800-1100 yillar orasida 
Markaziy Osiyolik bu olim, san’atshunos va mutafakkirlar pleyadasi mintaqani 
dunyoning intellektual markaziga aylantirdilar. Ularning ta’sir doirasi Sharqiy 
Osiyo va Hindistondan Yevropa va Yaqin Sharqqacha taralgan edi. 

Download 350.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling