2-amaliy mashg'ulot mavzu: Modellashtirish tushunchasi. Masalalarning matematik modellarini qurish
Download 80.42 Kb.
|
2а
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazar i y q i s m
2-AMALIY MASHG'ULOT Mavzu: Modellashtirish tushunchasi. Masalalarning matematik modellarini qurish. Ishdan maqsad: Modellashtirish haqida tushunchaga ega bo’lish va masalalarning matematik modellarini qurisni o'rganish. Nazariy qism: Modellashtirish uslubiyotiga ko’ra, tadqiqotlar haqiqiy ob`yektlarda (originalda) emas, balki ularning modellarida (nusxalarida) amalga oshiriladi. Originalning modeli uning kichraytirilgan fizik nusxasi (fizik modeli) yoki matematik tenglamalar sistemasi (matematik modeli) shaklida bo’lishi mumkin. Modellashtirishning asosiy maqsadi modeldagi izlanishlar asosida originalda kechadigan jarayonning ishchi holatlarini oldindan aniqlab berishga qaratilgan. Ishlab chiqarishga joriy etilayotgan jarayonlarning murakkabligi bu borada olib boriladigan tadqiqot-loyihalash ishlarini bajarilish muddatlarining cho’zilishiga sabab bo’lishi mumkin. Ushbu holat kutilgan natijalarni ma`naviy jihatdan eskirib qolish extimolini yuzaga keltiradi. Modellashtirish qonuniyatlaridan foydalanilganda esa yangi jarayonlar va qurilmalarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog’liq ishlarni bajarilish muddatlari sezilarli darajada qisqaradi. Modellashtirish jarayonida quyidagi asosiy shart-sharoitlarni bajarilishi talab etiladi: Modelda o’tkaziladigan tajribalar originaldagiga nisbatan qisqa vaqt ichida amalga oshirilishi, oddiy, qulay, arzon va xavfsiz bo’lishi lozim; Modeldagi tadqiqotlar muayyan algoritmlar yordamida o’tkazilishi kerak; Modelning tarkibi, tuzilishi va vazifasi modellashtirishdan ko’zlangan asosiy maqsadlarga uyg’un bo’lishi lozim, chunki hech bir model originalni aynan qaytarmaydi. Umuman olganda, texnologik jarayonlar modellarini yaratish paytida o’xshashlik shartlari va qoidalariga to’la rioya qilish lozim. Modellashtirish nazariyasi nuqtai nazaridan qaralganda modellashtirishning ikki uslubi (turi) mavjud: fizik modellashtirish; matematik modellashtirish. Download 80.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling