Tabiiy va iqtisodiy fanlar tavsifi


O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi


Download 329.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana11.01.2023
Hajmi329.73 Kb.
#1088234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Fizika 7-sinf dastur 05.04.2022 63768

O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirishda umuminsoniy 
fazilatlariga ega bo‘lish, Vatanni sevish, huquqiy, iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lish, 
yangiliklarga intilish va o‘zlashtirgan nazariy bilimlari asosida mustaqil qaror qabul 
qilishga, jamiyatda ro‘y berayotgan progressiv va innovatsion o‘zgarishlardan 
xabardor bo‘lish hamda ulardan kundalik hayotda foydalana olishga o‘rgatish zarur. 
Ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishda fuqarolik 
burch, ijtimoiy va siyosiy rivojlanish, favqulodda vaziyatlar, ekologik muammolar 
haqida bilimlarga ega bo‘lish hamda badiiy va san’at asarlarini tushunish hamda 
ularni asrashda tashkilotchilik xislatlarini rivojlantirishdan iborat. 
3.2. FIZIKA FANI BO‘YICHA O‘QUVCHILAR FAOLIYATI 
NATIJALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 
ILMIY XABARDORLIK KOMPETENSIYASI 
 
FIZIK KATTALIKLAR VA XBS BIRLIKLARI 
IXK1. Fizik tushuncha va atamalarni tushunish; 
IXK2. Fizikaga doir jarayon, nazariy qonun va qonuniyatlar mohiyatini 
anglash; 
IXK3. Fizik kattaliklar, formulalar va birliklardan (XBS) dan foydalanish;
IXK4. Fizik hodisalar orasidagi o‘xshashlik va farqlarni ajratish; 
IXK5. Turli ma’lumotlarni (formula, grafik, jadval) ilmiy talqin qilish; 
IXK6. Klassik va zamonaviy fizika ta’limotlarini farqlash; 
IXK7. Olamning fizik manzarasi tushuntirish. 
AMALIY KOMPETENSIYA
 
AK1. Fizikaga doir nazariy qonun va qonuniyatlardan amaliyotda foydalanish; 
AK2. fizik formulalar va birliklar ustida amallar bajarish; 
AK3. fizikaga doir masalalarni yechish; 



AK4. matematik modellashtirish usullaridan foydalanish; 
AK5. tajriba va tadqiqotlarni o‘tkazish, xulosalar chiqarish, tahlil qilish
natijalarni turli usullarda tasvirlash; 
AK6. laboratoriya jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish; 
AK7. tajribalarning hayotiy ahamiyatini izohlovchi modellarni yasash.

Download 329.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling