Tabiiy va iqtisodiy fanlar tavsifi


Tabiiy va iqtisodiy fanlarni


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/82
Sana03.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1153399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Географи ва иқтисодиёт

Tabiiy va iqtisodiy fanlarni 
o‘qitishda nafaqat ularning o‘zaro ichki, 
balki tashqi, 
ya’ni turdosh blok-modullar tarkibiga kiruvchi fanlar bilan 



umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi 
integratsiyasi ham katta ahamiyatga ega. Jumladan, quyidagi fan 
yo‘nalishlari bilan o‘zaro chambarchas aloqalari muhim hisoblanadi:
Ona tili va adabiyot
 
o‘quv predmetlari orqali shakllantiriladigan 
kompetensiyalar 
tabiiy 
va 
iqtisodiy 
fanlarni 
o‘qitishda 
o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishda, yozma va og‘zaki 
ravishda 
o‘z qarashlarini ravon bayon etish malakalarini hosil qilishda, ilmiy 
atamalarni 
to‘g‘ri qo‘llash hamda baxs-munozaralar jarayonida erkin 
muloqot qilishga 
o‘rgatishda muhim o‘rin tutadi. 
Matematika 
o‘quv predmetida o‘rgatiladigan malakalar tabiiy va 
iqtisodiy fanlar darslarida matematik 
o‘lchov va hisob-kitoblar bilan 
bog‘liq masalalarni yechish, laboratoriya va boshqa tajribalarni 
o‘tkazish jarayonida eng maqbul echim topa olish va to‘g‘ri qaror qabul 
qilish uchun ahamiyatlidir. 
Informatika va axborot texnologiyalari 
o‘quv predmeti yordamida 
tabiiy va iqtisodiy fanlarni 
o‘qitish jarayonining samaradorligini turli 
ko‘rinishdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter 
texnikasidan foydalanish orqali oshirishga ulkan imkoniyatlarni yaratadi. 
Tarix 
o‘quv predmeti tabiiy va iqtisodiy fanlar bilan ham bevosita 
bog‘langan. Ilm-fan yutuqlarining ishlab chiqarish sohalari, 
iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarining rivojlanishi va atrof-muhit 
holatiga 
ta’sirini ko‘rsatishda tarixiy ma’lumotlarning ahamiyati kattadir. 
Texnologiya 
o‘quv 
predmeti 
orqali 
tarkib 
toptirilgan 
kompetensiyalar tabiiy va iqtisodiy fanlarni 
o‘qitish jarayonida 
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning texnik ijodkorlik 
qobiliyatlarini 
rivojlantirish 
hamda 
ijodiy 
loyiha 
tayyorlash 
malakalarini hosil 
bo‘lishida yuqori kasbiy ahamiyatga ega hisoblanadi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling