Tabiiy va kimyoviy tolalar. Tabiiy tolalar jun,tabiiy ipak


Download 0.76 Mb.
bet1/3
Sana20.09.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1682244
  1   2   3
Bog'liq
8va9


Tabiiy va kimyoviy tolalar. Tabiiy tolalar - jun,tabiiy ipak
Reja:
1. Tolalar haqida ma’lumot.
2. Tabiiy tolalar.
3. Kimyoviy tolalar.
Tola deb, uzunligi ko‘ndalang kesimi o‘lchamidan katta bo‘lgan, ma’lum darajada egiluvchan, cho‘zilish va pishiqlik xossasiga hamda ingichkalikka ega bo‘lgan jism tushuniladi. Tolalar to‘qimachilik tarmog‘ining xomashyosi bo‘lgani uchun, ko‘p hollarda to‘qimachilik tolalari deb yuritiladi. Aytilganlarni inobatga olib, tolaga quyidagicha ta’rif beriladi: to‘qimachilik mahsulotlari deb ishlab chiqarishga yaroqli, chegaralangan uzunlikdagi, yumshoq, ingichka va ma’lum qayishqoqlik, pishiqlik, cho‘ziluvchanlik xususiyatlariga ega bo‘lgan jismga aytiladi. Tolalar tashqi tuzilishiga ko‘ra elementar va kompleks tolalarga bo‘linadi. Uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan yakka tolalar elementar tolalar deb ataladi. Uzunligi bo‘yicha bir qancha elementar tolalarning birikmasiga kompleks tola deyiladi. Tolalar kelib chiqishiga qarab tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadi. Tabiatdagi o‘simliklardan (paxta, zig‘ir, kanop va hokazolar), jonivorlardan (jun, ipak) va ma’danlardan (tosh paxta) olinadigan tolalar tabiiy tolalar deyiladi. Tabiatdagi mavjud bo‘lgan moddalarni yoki yuqori molekulali birikmalarni sintez qilish asosida olingan tolalar kimyoviy tolalar deyiladi. Kimyoviy tolalar ham, o‘z navbatida, ikki turga bo‘linadi: sun’iy tolalar va sintetik tolalar. Tabiatdagi mavjud bo‘lgan moddalarni kimyoviy usul bilan qayta ishlash asosida olinadigan tolalar sun’iy tolalar deyiladi. Yuqori molekulali birikmalarni kimyoviy usul bilan sintez qilish asosida olinadigan tolalar sintetik tolalar deyiladi. To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan tolalarni mukammal o‘zlashtirish uchun, uning tasniflanishi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Jadvalda to‘qimachilik tolalarining tasniflanishi keltirilgan.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tolalar ikki sinfga bo‘linadi – tabiiy va kimyoviy tolalar. Har ikki sinf ham ikkitadan kichik sinflarga bo‘linadi – organik va anorganik tolalar kichik sinflarga. Tabiiy tolalarning organik kichik sinfiga kiruvchi tolalar ikkita guruhga – o‘simliklardan va jonivorlardan olinuvchi tolalarga, anorganik kichik sinfiga kiruvchisi faqatgina bitta guruhga bo‘linadi. O‘simliklardan olinuvchi tolalar uchta guruhchaga bo‘linadi – urug‘idan, poyasidan va bargidan olinuvchi. Jonivorlardan olinuvchi tolalar ikkita guruhchaga bo‘linadi – teri ustidagi jun qatlamidan olinuvchi va tola ajratuvchi bezlardan ishlab chiqariladi. Tabiiy tolalarning urug‘idan olinuvchi guruhchasiga paxta tolasi, poyasidan olinuvchi guruhchasiga – kanop, zig‘ir, kunjut va penka tolalari, bargidan olinuvchi guruhchasiga – sizal, manilla, xeneken tolalari kiradi. Teri ustidagi jun qatlami guruhchasiga kiruvchi tolalarga tuya, echki, qo‘y junlari, tola ishlab chiqaruvchi guruhchasiga kiruvchi tolalarga tut, eman ipak qurti ipagi kiradi. Tabiiy tolalarning anorganik kichik sinfi, ma’danlardan olinadigan tola guruhi, tog‘ birikmalaridan ishlab chiqariladigan guruhchasiga kiruvchi tola – bu toshpaxtadir (asbest).
Kimyoviy tolalar ham xuddi tabiiy tolalar kabi organik va anorganik kichik sinfiga, sun’iy va sintetik guruhlarga tasniflanadi. Sun’iy tolalar guruhi gidrosellulozali, atsetilsellulozali va oksilli kibi guruhchaga hamda viskoza, atsetat, kazein va zein kabi turlarga tasniflanadi.
Sintetik tolalar guruhi ham, o‘z navbatida, getrozanjirli va karbozanjirli guruhchaga, undan poliamid (kapron), poliefir (lavsan), poliuretan (spandeks), poliakrilonitril (nitron), polivinilxlorid (xlorin), polivinilspirt (vinilon), poliolefinli (polietilen) kabi tola turlariga tasniflanadi. Kimyoviy tolalarning anorganik kichik sinfiga kiruvchi tolalar tosh va metall birikmalari guruhiga, silikatli va metalli guruhchaga, shishasimon va zarsimon tola kabi turlariga tasniflanadi.
Ipak, pilla tolasi — ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan tola; ipak qurtining ipak ajratuvchi ikkita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil boʻladigan tabiiy toʻqimachilik xomashyosi. Ipak - ipak qurti pillasini oʻrab turgan uzunasiga bir-biriga yopishmagan, seritsin (ipak yelimi) bilan qoplangan va yelimlangan ikki toladan iborat. Bu tolada 70—75% fibroin (oqsil modda), 20—25% seritsin, 2—3% turli mineral moddalar, 1 — 1,5% mum va yogʻlar bor. Ipak qurtining turiga qarab, pilla tolasining uzunligi 400—1500 m, ingichkaligini ifodalovchi koʻrsatkich — metrik nomeri (№) 2500—3500 yoki 0,4—0,3 teks boʻladi. Bitta pilladan olinadigan tola juda ingichka boʻlgani sababli sanoatda ishlatilmaydi. Pillakashlik fabrikasida pillani qaynatib, har bir pilladagi tola uchini topib, chuviladi. Tolalarning 5—10 tasi uzunasiga qoʻshib yigirilib, kalava holidagi xom ipak olinadi. Qaynatilgan pillaning hammasidan ipak chiqmaydi; pilla tolasining 10—15% gʻumbak bilan birga qoladi.[1]
Bu qoldiq pilla chiqindisidir. Ularni ham yigirib ipak olinadi. Nam Ipak tolasining pishiqligi 10—15% ga kamayadi. Ipak yaxshi elektr izolyatsiya materiali hisoblanadi. Ipak olish uchun katta mehnat sarf boʻladi. Shu sababli ipak qimmatbaho toʻqimachilik xomashyosiga kiradi. Ipakdan shoyi toʻqish, pishitilgan ip tayyorlash va texnika, aviatsiya, kosmonavtika, elektrotexnika maqsadlarida foydalaniladi (qarang Pillachilik).[2]
Paxta – g`o`za deb ataladigan o`simlik urug`i (chigitni) qoplab turadigan juda ingichka tolalar. Paxta to`qimachilik sanoatining muhim xom ashyosi hisoblanadi. Paxtaning chigitdan ajratilmagan tolalari chigitli paxta deb ataladi. CHigitli paxtaning 1 /3 qismini tola, 2 /3 qismini chigit tashkil etadi. Paxta tolasi chigit po`stlog`idan rivojlanadigan bitta o`simlik hujayrasidan iborat. (1-rasm) Tolalarning tuzilishi ularning pishganlik darajasiga bog`liq bo`ladi. Mikroskop ostiga qo`yib ko`rsaq pishmagan (o`lik) paxta tolalari yassi, lentasimon, yupqa devorli ekanligini va o`tasida keng kanal borligini ko`ramiz. Tolalar pishgan sari devorlariga sellyuza yig`iladi va devorlari qalinlashadi, kanali troyadi, tolalar buramdor bo`lib qoladi. Pishgan paxta tolalarining bo`ylama ko`rinishi spiralsimon buralgan yassi naychalardan iborat. Pishib o`tib ketgan tolalar o`rtasida ingichka kanali bor silindir shaklini oladi. Paxta tolalari kanalining bir tomoni ochiq bo`ladi.

Tolalarning pishiqligi ularning pishganlik darajasiga bog`liq. Pishiqlik bilan o`lchanadi. Normal pishgan tola uchun o`rtacha uzish kuchi 5 kH, nisbiy uzish kuchi 27—36 kH/teks, tolalarning uzilishidagi to`liq uzayishi 7—8%. To`liq uzayishning taxminan 50% ini plastik deformasiya tashkil qiladi. SHuning uchun ip gazlama ancha g`ijimlanuvchan bo`ladi. Tolalarning rangi oq, biroz sariq. Ba`zi g`o`za navlaridan to`q sariq sarg`ish va boshqa tabiiy rangdagi tolalar olinadi. Bunday tolalarning kutikulasi tarkibida bo`yovchi pigment bo`ladi. Paxtaning gigroskopikligi ancha yuqori. Paxtaning namligi namliq temperatura sharoitiga va ifloslanganlik darajasiga bog`liq. Normal sharoitda (temperatura 20oC va havoning nisbiy namligi 65%) pishgan tolalarning namligi 8—9% bo`ladi. Havoning nisbiy namligi oshgan sari paxtaning namligi ham oshadi va havoning namligi 100% bo`lganda 20% ga etadi. Paxta namni tez shimadi va ketkazadi, ya`ni tez quriydi. Paxta tolasi suvga botirilganda shishadi, shunda uzilishga
pishiqligi 15—17% oshadi. Paxtaga kislotava ishqorlar ta`sir etadi. Paxta kislotasiga chidamsiz. U hatto suyltirilgan kislotalar ta`sirida ham emirilada, kislotalari uzoq ta`sir qilib tugan ip 10 gazlama qurilgandan keyin pishiqligi shunchalik pasayib ketadiki, hatto papiros qog`ozidek yirtilib ketaverardi. Konsetrasiyalangan sul`far kislota tolani ko`mirga aylantiradi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling