Tabiiy va kimyoviy tolalar. Tabiiy tolalar jun,tabiiy ipak


Download 0.76 Mb.
bet3/3
Sana20.09.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1682244
1   2   3
Bog'liq
8va9

Jun tolalarining pishiqligi ularning yo`g`onligi va tuzilishiga bog`liq. Masalan, o`lik tola yo`g`on, lekin bo`sh bo`ladi. Ingichkaligi 20 mkm bulgan momiq tolalarning uzilish nagruzkasi 7 kH, ingichkaligi 50 mkm bug`lgan dag`al tolalarniki esa 30 kH gacha. Tolalarning nisbiy uzilish nagruzkasi 10,8—13,5 kH/teks. Ingichka jun dag`al jundan pishiqroq bo`ladi. Bunga sabab shuki, dag`al tolalarning o`zak qatlami asosan havo bilan to`lgan buo`ladi. Natijada tolalarning yo`g`onligi ortadi, lekin pishiqligi oshmaydi. Quruq tolalar uzilish paytida 40 % uzayadi. To`liq uzayishning ancha (7% gacha) ulushini qayishqok va yuqori elastik deformatsiyalar tashkil qiladi, shuning uchun jun buyumlar uncha gijimlanmaydi va ko`rinishini yaxshi saqlaydi. Mayin junli qo`y juni oq, bir oz sargish; dag`al va yarim dag`al jun kulrang, malla, qora rangda bo`lishi mumkin. Junning tovlanuvchanligi tangachalarning o`lchami va shakliga bog`liq bo`ladi. Zich yotgan yirik tangachalar junni ancha tovlantiradi. Mayda va tolalardan ko`chgan tangachalar uni xiralashtiradi. Bosiluvchanlik — bosish jarayonida junning kigizsimon to`shama hosil qilish xususiyati. Ingichka, qayishqoq, serburam junning bosiluvchanligi yukori bo`ladi. Normal sharoitda mayin junning namligi 18%, dag`al junniki — 15 %. Boshqa tolalarga nisbatan junning gigroskopikligi yuqori: u namni sekin shimib, sekin ketkazadi. Issiqlik va namlik ta‘sirida tola 60% gacha va undan ham ko`p uzayadigan bo`lib qoladi. Ho`llab dazmollaganda cho`ziluvchanligini o`zgartirish va kirishish xususiyatiga ega bo`lgani uchun junni dazmollab qisqartirish, chuzish, dekatirovka qilish mumkin. Kiyimni ximiyaviy tozalashda qo`llaniladigan barcha organik erituvchilar ta‘siriga jup yaxshi chidaydi. Jun amfoter xossalariga ega, ya‘ni kislotalar bilan ham, ishqorlar bilan ham ta‘sirlashishi mumkin. qaynatilganda jun o`yuvchi natriyning 2% li eritmasida erishi mumkin. Suyultirilgan (10 % gacha) kislotalar ta‘sirida junning pishiqligi birmuncha oshadi. Konsentratsiyalangan azot kislota ta‘sirida jun sargayadi, konsentratsiyalangan sulfat kislota ta‘sirida ko`mirga aylanadi. Quruq jun tolalari 110°C va undan yuqori temperaturada pishiqligini yo`qotadi. Junning yorurlikka chidamliligi o`simlik tolalarnikiga qaraganda yuqori. Quyosh nurlari 1120 soat mobaynida to`g`ri tushib turganda jun tolalarining pishiqligi 50 % pasayadi. 15 Jun yondirilganda tolalar bir – biriga yopishib qoladi, alangadan chiqarilganda yonishdan to`xtaydi, tolalarning uchlari dumaloqlanib, qorayib qoladi, kuygan pat hidi keladi. Tiklangan jun.To`qimachilik sanoatida, hayvonlardan qirqib olinadigan jundan tashqari, arzon movut gazlamalar tayyorlash uchun aralashma tarkibiga zavodda tayyorlangan va tiklangan jun qo`shish mumkin. Zavodda tayyorlangan jun — qoramol terisidan qirqib olingan jun. T i k l a n g a n jun — jun laxtaklar va eski jun buyumlarni titib, ya‘ni savab olingan jun. Tiklangan jun tolalari kalta va ko`p hollarda shikastlangan bo`ladi. Gazlama tarkibida tiklangan jun borligini bilish uchun uni oq qog`oz varag`i ustida burash keraq bunda tiklangan kalta jun tolalari qog`oz ustiga to`kiladi.
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling