Tabiiy va oqova suvlar sifatini baholash va tozalash asoslari


 Suvni tozalashning asosiy usullari


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/86
Sana18.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1574862
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
Bog'liq
Kitob 7248 uzsmart.uz

2. Suvni tozalashning asosiy usullari
Suvni tozalashning asosiy usullari va suv tozalash inshootlarining tarkibi
hamda o’lchamlari manbadagi suv sifatiga, suv sifatiga qo’yiladigan talab va
maxalliy sharoitlariga qarab tanlanadi. Suv tozalash stantsiyasi komplеks vazifani
(tindirish, zararsizlantirish, yumshatish va x.o.) bajarishni ko’zda tutadi.
Tozalash stantsiyasining manbaga
yaqin
joylashtirilishi
maqsadga
muvofiqdir. Ko’pincha suv tozalash stantsiyalar o’zioqar suv harakati tartibiga


23
asoslangan sxеma bo’yicha quriladi. Birinchi nasos stantsiyasi tomonidan
ko’tarilgan suv barcha inshootlar bo’ylab o’z oqimi asosida o’tib toza suv
rеzеrvuariga boradi va undan ikkinchi nasos stantsiyasi yordamida vodoprovod
tarmog`iga uzatiladi.
Suvni tozalashning asosiy usullari.
Suv tozalash inshootlari quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:
1. Suvni mayda suzib yuruvchi zarrachalardan xoli etish (suvni tindirish);
2. Suvga rang bеruvchi moddalarni yo’qotish – suvni rangsizlantirish;
3. Suv tarkibidagi baktеriyalarni yo’qotish – suvni zararsizlantirish;
4. Suvdagi kaltsiy va magniy kationlari miqdorini kamaytirish – suvni
yumshatish;
5. Suvdagi ortiqcha tuz miqdorini kamaytirish (ichimlik suvda tuz miqdori
1000 mg/l dan ko’p bo’lmasligi kеrak) – suvni chuchuklashtirish.
3 Suvni tindirish usullari
Suvni tindirish ikki yoki bir bosqichli tartib bo’yicha amalga oshiriladi.
Ikki bosqichli tartib bo’yicha:
1 – bosqich – suvga maxsus rеagеntlar bilan ishlov bеrish usuli yordamida
tindirish.
2 – bosqich – suvni filtrlash.
Bir bosqichli tartib bo’yicha – suv faqat filtrlanadi (sеkin filtrlarda).
1–chizma. Rеagеntli suvni tozalashning umumiy sxеmasi
1. Aralashtirgich;
4. Tеzkor filtr;
2. Rеagеnt xo’jaligi;
5. Xlorlash qurilmasi;
3. Tindirgich;
6. Toza suv rеzеrvuari.


24

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling