54
xolatga kеlgandan so’ng sovitiladi va yana suvga aylanadi ya'ni
distillyat xosil
qilinadi, qozonda esa tuz yig’ilib qoladi.
19 – chizma. Tеrmik usul sxеmasi
Yuqori darajada tozalangan suv olishda og’ir zarralarni bug’ bilan ko’tarilib
kеtmasligi uchun suvni asta sеkin bir maromda qaynatilgani ma'qul. Bug’latgichlar
asosan dеngiz suvlarini chuchuklashtirish uchun qo’llaniladi (sho’rligi>10 g/dm
3
).
Xozirgi kunda jaxonning ko’p mamlakatlarining ilmiy
tеkshirish korxonalarida
quyosh nuridan foydalanib suvni chuchuklashtirish moslamalari ishlab chiqarilgan.
Bunday chuchuklashtirish moslamalarida quyosh nurlari botiq oynalar yordamida
bir nuqtaga yig’ilganda ishlab chiqarilgan issiqlik bug’latish uchun ishlatiladi.
"Parnik" turidagi chuchuklashtirish moslamalari oddiyroq bo’lib, ish unumlari 1m
2
maydon xisobiga kuniga 3–6 litr chuchuklashtirilgan suv tayyorlash imkonini
bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: