86
uchun o’g’it sifatida ishlatsa bo’ladigan fosfor, azot, kaliy va boshqa ingridiеntlar
mavjud.
Kommunal–ro’zg’or va sanoat oqova suvlarni
tozalashninng zamonaviy
usullari bir vaqtning o’zida ikkita masalani:
birinchidan aholi punkti va suv
xavzalarining sanitar jihatdan sog’lomlashtirish,
daryolarda
baliqchilikni
rivojlantirish;
ikkinchidan oqova suv tarkibidagi foydali moddalarni utilizatsiya qilish kabi
muxim masalalarni yеchadi.
Tozalash stantsiyalarida hosil bo’lgan cho’kmalar suvsizlantirilib, ishlov
bеrilgandan so’ng qishloq xo’jaligida minеral o’g’it sifatida ishlatiladi.
Tеrmik
ishlov bеrilgandan so’ng esa cho’kmalar uzoq masofalarga tashishga qulay bo’lib
qoladi. Cho’kmaning achishi jarayonida hosil bo’lgan mеtan gazi yuqori kaloriyali
yoqilg’i yoki ballonlarga joylashtirilgandan so’ng avtomashinalar uchun yonilg’i
sifatida ishlatsa bo’ladi. Aeratsiya stantsiyasidagi faol cho’kmadan chorva uchun
juda foydali bo’lgan B
12
vitamini olinadi.
Turli sanoat oqova suvlar tarkibida nеft, fеnol, og’ir mеtall tuzlari (mis,
xrom, rux va x.k.) kabi sanitar jixatdan zararli moddalar bo’ladi.
Bunday
moddalarni oqova suv tarkibidan ajratib olish,
suvni tozalash bilan birga, mazkur
moddalardan xalq xo’jaligida unumli foydalanish ham mumkin. Oqova suvlardan
foydalanishda nafaqat uning
tarkibidagi moddalardan, balki tozalangan suvni
korxonalarning o’zida qayta ishlatish yo’llari orqali ham ishlatish mumkin. Bu yo’l
ayniqsa suv rеsurslari tanqis bo’lgan hududlar uchun juda zarur hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: