Tabiiy va sentetik kauchuk. Polimerlarni olinishi va qishloq xo’jaligida ishlatilishi Kauchuk


Download 30.37 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi30.37 Kb.
#1041326
Bog'liq
CHIZIQLI,TO’LIQ DIFFERENSIALLI BIRINCHI TARTIBLI DIFFERENSIAL TENGLAMALAR


Tabiiy va sentetik kauchuk.Polimerlarni olinishi va qishloq xo’jaligida ishlatilishi
Kauchuk (tupi tilida "kau" — daraxt va "uchu" — oqmoq) — rezina va rezina buyumlari tayyorlashda ishlatiladigan elastik material. Tabiiy va sunʼiy (sintetik) xillarga boʻlinadi.
Tabiiy K. — asosan, braziliya geveya daraxtining sutsimon shirasi — lateks va kauchukli daraxtlardan olinadi. Olingan lateks kayta ishlanib, xom — texnik K. hosil qilinadi. Uning tarkibida 93—94% K., 2,4—2,9% oqsil, 0,3% kul, 0,3% kand moddalari va 2,5—3% smola bor. Toza tabiiy K. yuqori molekulali toʻyinmagan uglevodorod, tarkibi (S5N8)p. Mol. m. 150 mingdan 500 minggacha boradi, zanjirining uz. 10000—40000 A, koʻndalang kesimi 1,5—3 A gacha. Tabiiy K. molekulasining bu kattaligi va shakli uning eng muhim xususiyati elastikligini koʻrsatadi. Tabiiy K. yogʻ va aromatik uglevodorodlarda va ularning hosilalarida, mas, benzin, benzol, xloroformlarda erib, yopishqoq eritma yelim hosil qiladi. Tabiiy K. toʻyinmagan birikma boʻlgani uchun vodorod, galogenlar, oltingugurt va kislorod bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada uning eruvchanligi, mustahkamligi, elastikligi va b. fizik, mexanik xossalari oʻzgaradi. Xom K. oltingugurt bilan reaksiyaga kirishib yuqori sifatli rezinaga (qarang Vulkanizatsiya) aylanadi. Tabiiy K., odatda, amorf holatda boʻladi, lekin vaqt oʻtishi bilan kristallanishi mumkin. Yuqori elastikligi, suv va gaz oʻtkazmasligi, elektroizolyasion xususiyati va yemiruvchi muhitlarga chidamliligi tufayli K. texnika va turmushda koʻp ishlatiladi. Indoneziya, Malayziya, Tailand, Hindiston, Xitoy, Shri Lanka va Vyetnamda tabiiy K. koʻp ishlab chiqariladi. Sintetik K. — sunʼiy yoʻl bilan rezina olinadigan yuqori polimer material (elastomer). Sintetik K. turli birikmalarni polimerlab va sopolimerlab olinadi. Suyuq K.lar, ularning suvdagi dispersiyasi (sintetik latekslar), shuningdek, polimerlanish jarayonida yogʻ, qorakuya va b. toʻldiruvchilar qoʻllab olinadigan K. ham sintetik K.dir Baʼzi sintetik K.larni olishda uglevodorodlarning bifunksional hosilalarini polikondensatlash usuli qoʻllaniladi. Sintetik K. olish 2 asosiy jarayon: monomer (kauchogen)lar tayyorlash va ularni polimerlash yoki polikondensatlashdan iborat. Butadiyen, stirol, izopren, xlorpren, izobutilen, akrilonitril (vinil sianid) va b. kauchogenlar sifatida ishlatiladi.


1.1. Polimerlar qishloq xo’jaligi va suv xo’jaligida
Polimer materiallaridan qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoatining turli sohalarida foydalanish yil sayin ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligining turli sohalarida 30 dan ortiq polimerlardan olingan, besh mingdan ortiq mahsulot ishlatilmoqda. Qishloq xo’jaligi va bu bilan bog’liq bo’lgan sohalar uchun ishlatilayotgan polimer pardalarning salmog’i yil sayin ortib bormoqda. Keyingi yillarda sanoatda ishlab chiqarilayotgan pardalarning sifatini yaxshilashga ham e’tibor berilmoqda. Qishloq xo’jaligidagi polimer pardalarning ishlatilish sohalariga qarab ularning maxsus talablar qo’yilmoqda. Pardalar pishiq va tiniq bo’lib, quyosh nurini yaxshi o’tkazish va quyoshga chidamli bo’lishi kerak. Polietilen pardasi sanoatda qishloq xo’jaligida , turmushda eng ko’p ishlatiladigan mahsulotdir.
Ko’p yillardan beri foydalanib shisha bilan yopilgan issiqxona inshoatlarining ustuni polimer pardasi bilan berkitish ham samarali foyda bermoqda. Issiqxonada polimer pardasidan foydalanish tufayli mehnat unumdorligi oshdi, mablag’ kam sarflandi, mehnat sifati yaxshilandi, hosildorlik oshdi. Polimer pardalar namlikni o’tkazmaydi, ularni bu xususiyati havo namligi kam bo’lgan joylarda masalan, Toshkentda sitrus o’simliklari o’stirilgan juyak qatorlar bilan yopib qo’yilsa, havoning namligi yuqori darajada saqlanishi orqali sitrus o’simligidan yaxshi hosil olish mumkin. Polietilen pardasi ostida ekilgan yer satxiga yopilganda ikki barobar ko’p hosil olishga erishilgan. Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda polietilen pardasidan ham boshqa materiallardan ham keng foydalanilmoqda.
Bu materiallar suv satxi va suv usti sug’orish ishlarida, issiqxonalarni isitishda drinaj qurilishida, artizan quduqlarini kovlashda suv ta’minoti sistemalarida zaharli moddalar tashishda va boshqa texnologik jarayonlarda qo’llanilmoqda. Qishloq xo’jalik xodimlari ishni yengillashtirish maqsadida olimlarimiz yangidan yangi moddalarni sun’iy struktura hosil qiluvchi polimerlarni kashf etmoqdalar. Bu moddalarni mayda va quruq bo’lishi ularni qoplarda tashishga, yerlarga sepishga oson bo’lishi va suvda erimaydigan, aralashadigan bo’lishi kerak.
Umuman struktura hosil qiluvchi modda sepilgan yer sug’orilganda, yomg’ir yog’ib tuproq nomlanganda u modda suvda satxi bir necha marta kattalashib, tuproqning mayda zarrachalarini o’z sirtiga oladi. Namlik ketgach tuproqning mayda zarrachalari strukturasiz donachalari polimer modda satxi orqali o’zaro tutashib, strukturali tuproq hosil qiladi. Bunda polimer yelim rolini o’ynaydi, mayda zarralarni go’yo yelimlab yopishtiriladi. Bunday struktura beruvchi polimer moddalarning tuproqqa tas’ir etishi natijasida tuproqning agronomik strukturasi tubdan yaxshilanadi, hosildorlik oshadi. Bu sohada o’zbek olimlarining yutuqlari yildan-yilga oshib bormoqda. Masalan: akademik Axmedov K.S. tomonidan poliakrilonitrit asosida K-4 nomli suvda eruvchi polimer yaratilgan. Bu polimer strukturasini yaxshulashda ishlatiladi. [5].
Download 30.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling