Tabiiy va suniy omillar tasirida inson organizmida sodir boladigon fiziologik korsatkichlar
Bolalarda ikkinchi signal tizimining rivojiga tasir etuvchi omillar
Download 1.35 Mb.
|
G‘ulomova Azizaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Bolalarda ikkinchi signal tizimining rivojiga tasir etuvchi omillarOdamda birinchi va ikkinchi signal sistemasi, hayvonlarda esa faqat birinchi signal sistemasi mavjud. Odamning oliy nerv faoliyati o’ziga xos anglash, abstrakt fikrlash; so’zlash qobiliyatiga ega. Odam oliy nerv faoliya-tining taraqqiyoti natijasida voqyelikning ikkinchi signal sistemasi vujudga kelgan. Ikkinchi signal sistemasi so’zlardan iborat bo’lib, predmetlarning ayrim belgilarini farq qilish va ularni umumlashtirish, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni vujudga keltirish hususiyatiga ega. Tashqi muhitning ko’rish, eshitish, hid sezish, ovqat ta’mini bilish kabi sezgi organlari orqali qabul qilinadigan ta’sirlari birinchi signal siste-masi bo’lib, ular odam va yuksak hayvonlarda deyarli o’xshash. Bu sezgi organlari orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning ta’siri miyaning shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi. Odamning yuksak hayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda og’zaki va yozma nutqning rivojlanganligidir. Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib, shartli refleks hosil qiladi. Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog’lashning yangi shakllari paydo bo’ladi. «Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, - deb yozgan edi I.P.Pavlov, - odam bosqichiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qo’shimcha qo’shildi». Bu qo’shimcha odamda nutq paydo bo’lishi va yangi signal sistemasi vujudga kelishidan iborat bo’ldi. Organik dunyo taraq- qiyotining shu bosqichida muhit bilan aloqa bog’lashning yangi faqat odamgagina xos bo’lgan ikkinchi signal sistemasi qaror topdi. «Homo sapens» oilasi paydo bo’lguncha hayvonlar, deb yozgan edi I.P.Pavlov - atrofdagi dunyoning hayvonlardagi xilma-xil reseptor mexanizmlarga ta’sir etadigan va markaziy nerv tizimining tegishli hujayralariga yetib boradigan turliagentlaridan kelib chiquvchi bevosita ta’surotlari orqaligina o’sha dunyo bilan aloqa qilar edi. Bu taa’ssurotlar tashqi obyektlarning birdan bir signallari edi. Odamda ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signali-talaf-fuz etiladigan, eshitiladigan, ko’riladigan so’zlar ko’rinishda paydo bo’lib, rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga etdi. Odamda so’z alohida ahamiyat kasb etdi. So’z, deb yozadi I.P.Pavlov, birinchi signallarning signali bo’lib, voqyelikning faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasini tashkil etdi. Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o’zaro mahkam bog’langan bo’lib, bir-biriga doim ta’sir ko’rsatib turadi. So’zning signal sifatidagi ahamiyati bir-biri bilan qo’shilib keladigan oddiy tovushlar bilan emas, balki so’zning lug’aviy ma’nosi bilan bog’liqdir. It va yuqori darajali hayvonlarda so’zga yoki jumlaga javoban shartli refleks hosil qilish mumkin, lekin hayvonlarda bu narsa so’zning lug’aviy ma’nosiga bog’liq bo’lmasdan, bir-biri bilan qo’shilib kelgan muayyan tovushlarga bog’liq bo’ladi. Tovushlarning qo’shilib kelishi jihatidan bir-biriga o’xshash so’zlar tanlab olinadigan bo’lsa, u holda it bunday so’zlarga, signal ma’nosi garchi boshqacha bo’lsa ham, bir xil reaksiya bilan javob beraveradi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling