2. Oqsillarga konsentrlangan nitrat kislota ta‟sir ettirilganda oqsillar sariq ranga kiradi. Bu reaksiya ksantoprotein reaksiyasi deyiladi va oqsillarda aromatik va geteroyadroli sikllar borligini isbotlaydi. Sariq rangning hosil bo‟lishi sikllarni nitrolanishini borishi va aminokislota qoldiqlarida nitrobirikmalarning hosil bo‟lishi bilan tushuntiriladi. 3. Millon reaksiyasi: oqsillarga Millon reaktivi Hg(NO3)2 va Hg2(NO3)2 larni suyultirilgan nitrat kislotadagi HNO2 aralashmasi bo`lgan eritmalari ta‟sir ettirilganda qizil – qo’n’gir rang yuzaga keladi, bu simobni nitrit tuzlari hosil bo`lishi bilan shartlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |