Tuxumdan ochib chiqan qurt o’rtacha bir soat davomida meva ichiga kirib
olish uchun qulay sharoit qidiradi. Vanihoyat uni topgach meva ichiga kiradi,
po’stlog’i ostida chuqurcha hosil qiladi. Keyinchalik urug’ uyasining ostidagi
31
tomir tuguncha orqali urug’ kamerasiga o’tadi. Olma mevaxo’rining birinchi
bo’g’in qurtlari to’yinish uchun 2 – 3 ta mevani zararlashi mumkin, 2 – 3
bo’g’inning qurtlari esa 70% bitta meva bilan qanoatlanadi. Umuman
mevaxo’rning qurtlik davri 20 – 30 kunda tugashi mumkin. Zarakunanda birinchi
va ikkinchi bo’g’in qurtlarining bir qismi g’umbaklanishdan oldin diapauzaga
(qishlovga) chiqib ketishi mumkin. O’rta Osiyo sharoitlarida olma mevaxo’ri bir
mavsumda uch martagacha bo’g’in berishi mumkin.
Olma mevaxo’ri har yili ham bir xilda rivojlanavermaydi. O’rtacha
(odatdagidek) rivojlangan yillar kuchli ko’payish yillari bilan o’zgarib turadi.
Olma mevaxo’rining zarari asoan mevani zaralashi, uning sifatini pasaytirib
hosildorlikni kamaytirishi bilan ifodalanadi. Turli yillarda iqlim sharoiti hamda
tabiiy kushandalarning ahamiyatiga qarab bu hasharotga qarshi kurashilmasa, u
urug’li meva daraxtlarining hosildorligini 30% dan 70% gcha kamaytirib yuborishi
mumkin.
Olmaga 10 turga mansub kemiruvchi va 3 turga mansub so‘ruvchi
zararkunandalar jiddiy ta’sir ko‘rsatadi .
Do'stlaringiz bilan baham: