(po’stloq osti, soxta belbog’, yashik, qop, xas-cho’plar osti, yer sathiga yaqin
30
tuproq) qishlab chiqadi. Baharda o’rtach o’n kunlik havo harorati 10
0
C dan oshishi
bilan qurtlar sekin – asta g’umbaklana boshlaydi. Bu jarayon cho’zilganligi sabali,
kapalak uchib chiqishi ham 1,5 – 2 oyga cho’ziladi. Olma mevaxo’rining sharotiga
moslashish qobiliyati yuqori, hatto ayrim qishlab qolgan (diapauzadagi) qurtlar
keyingi yilgacha qolib ketishi mumkin. Kapalaklar uchib chiqishi qurtlar
g’umbaklanganidan ikki – uch hafta keyin sodir bo’lishi mumkin. Bunda birinchi
bo’lib erkak zotlar paydo bo’ladi (Buliginskaya, 2000). Ular paydo paydo
bo’lgach, qo’shimcha oziqlanishni talab etadi, ikki – uch kundan keyin urg’ochilari
feremon modda ajrata boshlaydi va urchigach ikki – uch kundan keyin tuxum
qo’yishga kirishadi. Bu davr odatda olma qiyg’os gullab bo’lgan davrga to’g’ri
keladi. Kapalaklar o’rtacha 50 ta (ko’pi bilan 100 ta) tuxumni yakka – yakka qilib
yosh barg hamda meva nishonalariga qo’yadi. Mevaxo’r tuxumini ko’proq
daraxtning yuqori qismiga (48%), o’rtacha qismiga o’rtacha (32%) va ozrog’ini
ostki qismiga (20%) qo’yadi.
8-rasm. 9-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: