Tabiiyot-geografiya fakulteti


Oddiy o’rgamchak kana – Tetranychus urtical Kock


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/47
Sana08.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#239948
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Bog'liq
bog - mevazor zararkunandalarining bioekologik xususiyatlari

Oddiy o’rgamchak kana – Tetranychus urtical Kock.         

Kana juda mayda, erkagi urg’ochisiga nisbatan kichik. Yil davomida o’z tana 

rangini  o’zgartirib  turadi.  Yoz  mavsumida  kulrang  -  ko’k    bo’lib,  yon  tomonida 

kichik  dog’lar  bo’ladi,  yoz  oxiridan  bahorgacha  sarg’ish  –  qizil  rangda  bo’ladi. 

Tuxumlari  sharsimon  dastlab  tiniq  yaltiroq  yashil,  keyinchalik    o’ziga  xos 

dog’chali  bo’ladi.  Lichinkasi  oltioyoqli,    0,13  –  0,14  mm  kattalikda  bo’ladi. 

Nimfasi  voyaga  yetgan  kanaga  o’xshab    4  oyoqli,  lekin  hajmi  kichikligi  bilan 

farqlanadi.  Qishlovga  faqat  otalangan  urg’ochi  kiradi.  Ular  o’simlik  qoldiqlari 

orasida  qishlaydi.  Bahorda  harorat    +12

C    bo’lganda  qishlov  joyidan  chiqadi. 



Barglarning  ostki  tomoniga  joylashgan  kanalar,  barg  sharbati  bilan  oziqlanadi  va 


27 

 

quyuq  o’rgamchak  ipi  to’qib  shu  yerga  tuxum  qo’yadi.  Yozda  otalangan  tuxum 



bilan  birga  otalanmagan  tuxum  ham  qo’yiladi.  Otlanmagan  tuxumdan  erkak 

formalar,  otalangan  tuxumdan  erkak  va  urg’ochi  formalar  chiqadi.  Lichinkalar 

tashqi  muhit  omillariga  qarab    8  –  20  kirganda  voyaga  yetadi.  Vodiy  sharoitida 

o’rgamchak kana 15 dan ortiq avlod berib qishloq xo’jaligiga jiddiy zarar keltiradi. 

Urug’li o’simliklardan olmaga ko’proq zarar keltiradi. Zararkunanda bilan ko’proq 

yosh  olma  kurtaklari,  ildiz  bachkilar,  endi  mevaga  kirgan  yosh  olmalar  kuchli 

zararlanadi.  Zararlangan  o’simlik  organi  tabiiy  rangini  yo’qotib  qo’ng’ir  rangga 

kira boshlaydi, uchki qismidan quriy boshlab, o’rgamchak ipi bilan ifloslanadi.  

 


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling